Ahmad Shomlu (1925, Hamadon - 2000, Eron) - XX asr Eron adabiyotining zabardast shoirlaridan biri[1].

Ahmad Shomlu
Tavalludi 12-dekabr 1925-yil
Vafoti 23-iyul 2000-yil(2000-07-23)
(74 yoshda)
Eron
Ijod qilgan tillari Fors tili
Fuqaroligi Pahlaviylar va Eron

Hayoti

tahrir

Ahmad Shomlu 1925-yil dunyoga kelgan. Uning ilk she'rlari 16 yoshidanoq matbuotda e'lon qilingan. Shoirning birinchi she'riy to'plami "Unutilgan qo'shiqlar" ("Ohanghoi faromushshuda") 1947-yil nashrdan chiqqan. Bu kitobda uning mumtoz she'riy janrlar, Nimo Yushij uslubida yozilgan she'rlari hamda oq she'rlari (qofiyasiz) joy olgan. Shomlu Garsia Lorka, Lui Aragon, Pol Elyuar, Gor Syulorko, Vladimir Mayakovskiy asarlarini tarjima qilib, o'zining she'riy dunyosini boyitdi. 1958 - yili nashrdan chiqqan "Toza havo" ("Havoi toza") degan kitobida Nimoning iste'dodli izdoshlaridan biri ekanligini ko'rsatdi. U Eronda oq she'r boshlovchisi nomini olgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. „1999 ĺrs Stig Dagermanpristagare Ahmad Shamlou“. Dagerman.se. 2010-yil 11-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 9-avgust.
  2. Dastgheib, Abdolali (2006) The Poet of Love and Dawn, Critical Review of poems by Ahmad Shamlou. Amitis Publishers, Tehran, Iran. ISBN 964-8787-10-7. (Persian title: شاعرعشق و سپیده دمان ).

  NODES