Alkogolizm — tibbiyot nuqtai nazaridan spirtli ichimliklarni mudom ichaverish oqibatida roʻy beradigan surunkali kasallik; ashaddiy ichkilikbozlik. Keng maʼnoda — spirtli ichimliklarni meʼyoridan ortiq ichishning kishilar sogʻligʻi va mehnat qobiliyatiga, maʼnaviy va maishiy hayotiga, shuningdek jamiyat farovonligiga yetkazadigan zararlari majmui. Alkogolizm individual va ijtimoiy hayotning hamma shakllariga taʼsir koʻrsatadi. Ichkilik taʼsirida odamlar jamiyat va davlat oldida mas’uliyat sezish hissini yoʻqotib qoʻyadi, bezorilik va qonunni buzishga aloqador boshqa xatti-harakatlarni qilishi mumkin. Alkogolizm ishlab chiqarishga zarar yetkazadi, mehnat intizomining buzilishi va unumdorligining pasayishi, odamlarning xastalanib qolishi va hatto bevaqt halok boʻlishiga olib keladi. Mastlikda odamning muvozanatni yaxshi saqlay olmasligi, diqqati chalgʻib, atrofdagi vaziyatni aniq bila olmasligi baxtsiz hodisalarga sabab boʻladi.

Alkogolizm
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
Ixtisos psychiatry[*], medical toxicology[*], psixologiya, vocational rehabilitation[*], Narkologiya[*]
OMIM 103780
MedlinePlus 000944
eMedicine article/285913/{{{eMedicineTopic}}}
MeSH D000437

Alkogolizm odam organizmidagi hamma sistemalar va aʼzolar faoliyatiga putur yetkazadi. Ichkilikboz odam oʻzi ichayotgan ichkilik miqdorini bilmay qoʻyadi, markaziy va periferik nerv sistemasi faoliyati buzilib (psixik kasalliklar, nevritlar va boshqa paydo boʻladi), ichki aʼzolar funksiyasi izdan chiqadi. Ichkilikning zaharli taʼsiri moddalar almashinuvi, ayniqsa vitaminlar almashinuvining buzilishiga olib keladi. Ichkilikboz odam qoʻl barmoqlari, koʻz qovoqlari, til uchining titrab turishi, shuningdek har kuni bajarib yurgan odatdagi ishini bajara olmay qolishi mumkin. Koʻp ichadigan odamda koʻz xiralashib, baʼzan quloq ham ogʻir tortib qoladi. Ichkilikning meʼdaga taʼsiri natijasida shu aʼzoning barcha funksiyalari buziladi. Ichkilik ayniqsa jigarga zararli taʼsir koʻrsatib, jigar sirrozi yuzaga keladi. Alkogolizm pankreatit, qand kasalligi, stenokardiya va miokard infarkti kasalliklariga ham sabab boʻladi. Ichkilik ichki sekretsiya bezlari va birinchi galda jinsiy bezlarga zarar qiladi, mijoz susayib, jinsiy zaiflik paydo boʻladi[1]. Ayollar ichkilik taʼsirida tez soʻlib qoladi, pushti susayib, homiladorlik vaqtida har xil asoratlar koʻproq uchraydi. Mudom ichib yurish kishining barvaqt qarib, nogiron boʻlib qolishiga olib keladi. Alkogolizmning oldini olish. alkogolizm belgilari paydo boʻlganda, ichkilikbozni narkologiya shifoxonalariga yotqizib, uzoq vaqt davomida narkolog vrach kuzatuvida muntazam davolanishni tashkil qilish kerak.

Klinik manzarasi

tahrir

Mastlikning quyidagi turlari mavjud:

I. Oddiy mastlik holati boʻlib, uning 3 darajasi bor.

1. Yengil darajasida kayfiyatning koʻtarilishi, tetiklik, mamnunlik, shirin xayollar paydo boʻladi. Bunda nutqning baland boʻlishi, tezlashishi, imo-ishoralarning jonlanishi, harakatda aniqlikning yoʻqolishi bilan xarakterlidir. Bu darajadagi ichgan odamlar bajarayotgan ishning hajmi, sifati pasayadi. Vegetativ belgilardan yuzning qizarishi yoki oqarishi, jinsiy maylning oshishi namoyon boʻladi. Mastlikning yengil darajasida barcha voqealar bemorning xotirasida saqlanib qoladi.

2. Oʻrtacha ogʻir darajasi — bunda, koʻtarinki kayfiyat, jahldorlik, tajanglik, xafachilik boʻlib turadi. Mast kishi oʻz qobiliyatini yuqori baholaydi, oʻzoʻzini tanqid qilish pasayadi, harakatning chuqurroq buzilishi, ataksiya va dizartriya namoyon boʻladi. Fikrlashning susayishi, nutqning sekinlashuvi, bir soʻzni qayta-qayta takrorlashi paydo boʻladi. Bemorning diqqat eʼtibori pasayadi.

3. Mastlikning ogʻir darajasi — bunda, karaxtlik belgilari paydo boʻlib koma holatiga tushadi. Bunda bemorlarda muvozanat buziladi, mushaklar atoniyasi, amimiya, dizartriya belgilari namoyon boʻladi. Bemorlarda bosh ogʻriq, bosh aylanish, koʻngil aynish, qusish, nafas olish va yurak qontomir faoliyatida oʻzgarishlar boʻladi. Natijada, qoʻloyoqlarning sovuq qotishi, koʻkarib qolishi, haroratning pasayishi, tutqanoq xurujlari paydo boʻlib, ixtiyorsiz tagiga siyib yuborish va axlat chiqishi kuzatiladi. Mastlik holatining bu darajasida kishi xotirasi butunlay saqlanmaydi.

II. Oddiy mastlikning oʻzgargan turi

tahrir

Bu, asoratli mastlik boʻlib, bunda ruhiy buzilishlar kuchayib yoki pasayib ketadi. Oddiy mastlikning quyidagi oʻzgargan turi mavjud.

1. Eksploziv turi — mastlikka xos baland kayfiyat kamroq boʻlib, qisqa vaqt boʻladigan jahldorlik, norozilik bilan almashinib turadi.

2. Disforik turi — bunda, ruhiy taranglik, gʻamginlik, jahldorlik, tushkunlikka tushish, atrofdagi kishilarga xavf solish paydo boʻladi.

3. Isterik turida harakatning buzilishi boʻlib, qoʻllarini qiyshaytirib, bezovtalanadi, bunda oʻziga yengil jarohat yetkazishi mumkin. Bemorda

isterik tutqanoq xuruji paydo boʻlishi mumkin.

4. Depressiv turi-kayfiyatning pasayishi boʻlib, bemorlar koʻpincha, yigʻlaydilar, gʻamginlik, bezovtalanish, oʻziga suiqasd qilish fikrlari paydo boʻladi.

5. Somnolensiya turi— qisqa vaqt koʻtarinki kayfiyatdan soʻng, uyqu kelishi va uxlab qolish mumkin.

6. Epileptoid turida epilepsiya xuruji va harakat koʻzgʻalishlari kuzatiladi.

7. Paranoid turi—bunda, harakat va nutq qoʻzgʻalishi kuchayib, atrofdagi kishilarni haqorat qiladi, urush va janjal qiladi.

III. Kasallikka xos mastlik

tahrir

Kasallikka xos mastlik oʻta oʻtkir oʻtkinchi psixoz boʻlib, spirtli ichimlik ichish natijasida paydo boʻladi. Hushning qorongʻilashuvi, uyquga ketish, ruhiy yoki jismoniy toliqish bilan kechadi. Bu holat erkaklarda boʻlib, qaltis harakatlar bilan oʻtadi va toʻliq amneziya bilan tugaydi. Alkogolni tez-tez isteʼmol qilish natijasida, odam unga oʻrganib qoladi va surunkali alkogol kasalligiga olib keladi. Surunkali alkogol kasalligining quyidagi bosqichlari mavjud:

1. Asosiy belgisi ichkilikka xos moyillik (intilish) boʻlib, oddiy ichikilikbozlikdan kasallikka oʻtishdan dalolat beradi. Birlamchi ichkilikka moyillik faqat ichkilik ichish bilan oʻtadigan marosim paytida paydo boʻladi. Bemorlar ichkilik ichish maqsadida, bunday marosimlarni oʻylab topadilar va tezlatadilar. Oʻzlari esa jonlanib ketadilar. Hamma ishlarni tashlab, ichkilik ichishga shoshiladilar, agar bemorlar oldida toʻsiqlar paydo boʻlsa, ularning ruhiyati, kayfiyati pasayib jahllanadilar,

qoniqarsiz boʻlib qoladilar. Birinchi bosqichda bemorlar mast boʻlishlari uchun ichkilik miqdorini 2—3 barobar oshirib ichadilar. Ichkilikka chidamlilikning oshishi qayt qilishning yoʻqolishi bilan kuzatiladi va mastlik holatiga olib keladi. Bemorlar bu mastlik holatidagi voqealarni xotirada saqlab qolmaydilar (giyohvand amneziya.)

2. Kasallikning birinchi bosqichdagi belgilarning kuchayishi bilan abstinent belgi (bosh ogʻriq) paydo boʻladi. Bunda bemorda mastlik tugashi bilan behollik va vegetativ oʻzgarishlar kuzatiladi. Bosh ogʻriq, bosh aylanish, yurak urishi, yuz va koʻz olmasining qizarishi, tinka qurishi, lanjlik paydo boʻlishi bilan davom etadi. Bu holat kechayu kunduz paydo boʻladi. Agar bemor ozgina ichsa, uning ahvoli yaxshilanadi. Alkogolizm rivojlanib borsa, abstinent holati ham ogʻirlashib boradi.

Bunda vegetativ oʻzgarishlar bilan birga somatik oʻzgarishlar ham qoʻshiladi. Bularga yurak qon tomir urishining buzilishi, ishtahaning kamayishi, ich

buzilishi, qayt qilish, qorindagi ogʻriqlar. Asab — ruhiy sohasida esa butun tanada titroq, xavotirlik, vasvasalar, oʻz-oʻzini ayblash, jahldorlik, koʻrolmaslik, yomon tush koʻrishlar, gallutsinatsiyalar paydo boʻladi. Abstinent holati 2—5 kun davom etib, bemorlar ertalabdan bosh ogʻriq uchun ichadilar. Bunda bemorni ichkilik ichishdan toʻxtatib boʻlmaydi. Ichkilikka boʻlgan chidamlilik bir necha yil davom etadi. Bemorlarda mastlik holati oʻzgaradi, eyforiya davri qisqarib, psixopatsimon holatlar uchraydi. Ichkilikbozlikning doimiy turida bemorlar har kuni hafta, oylar, yillar davomida koʻp ichadilar. Ichkiliklar orasi qisqa boʻladi. Ichkilikbozlikning davriy turida yolgʻon surunkali ichish bir necha kundan bir necha haftagacha davom etadi. Alkogolizmning ikkinchi bosqichida somatik kardiamiopatiya, jigarning yogʻ bosishi, gastrit va ijtimoiy (oila buzilishi, ish almashtirish) oqibatlar kuchli boʻladi.

3. Ichkilikka boʻlgan chidamlilikning kamayishi kasallikning 3- bosqichga oʻtishini bildiradi. Bunda bemorlar oz-ozdan kun boʻyi ichadi. Bir necha haftadan bir necha oyga choʻziladi. Ichkilikning birinchi kuni koʻp ichib, oxirgi kunlari esa ichkilikka chidamlilik kamayib boradi. Jismoniy oʻzgarishlar yuzaga kelib, butunlay ichmay qoʻyadilar. Bemorlar uyatsiz, sharm-hayosiz, urishqoq, yolgʻonchi boʻlib qoladilar. Bunda gepatit, yurakdagi oʻzgarishlar tuzalmaydigan darajaga keladi. Kasallikning kechishi ichkilik ichgandan uning ikkinchi bosqichi boshlanguncha, 6—7 yil vaqt oʻtadi. Bu tez rivojlangan turi hisoblanadi. Oʻrta rivojlangan turi 7—15 yilgacha, astasekin rivojlangan davrida 15 yildan koʻproq vaqt oʻtadi.

Davosi

tahrir

Surunkali alkogolizm uch bosqichda davolanadi: 1. Zararsizlantirish (dezintoksikatsion terapiya); umumiy davolash 40% 20 ml glukoza bilan 5% 5,0 askorbin kislotasi tomir ichiga 15 kun, unitiol 5% 3—5 ml 6—10 marta mushak orasiga; tiosulfat natriy 30% 15—20 ml 10—15 marta tomir ichiga; natriy xlor 0,9% 1—2 litr tomir ichiga tomchilatib yuboriladi; gemodez, reopoligukin 400,0 ml tomir ichiga 4—5 kun, magneziy sulfat 25% 5—10,0 ml eritmasiga 40% glukoza qoʻshib, tomir ichiga 14 kungacha beriladi. Vitamin B 1 1000 mg, B6 100 mg, nikotin kislota katta dozada beriladi. Abstinent holatlarda va surunkali davrlarda qoʻllanadi. Abstinent holatida vegetativ astenik asab oʻzgarishlarida nootrop dorilar, fenazepam 1—2 mg, seduksen 0,5% 2—4 ml, pirroksin 1—3 ml 2—6 marta qilinadi.

Ruhiy oʻzgarishlarda aminazin, tizersin, galoperidol, teralin, melleril, depressiyada amitriptilin buyuriladi. Ikkinchi bosqichda davolash kasallikka, ichkilikka moyillikni bartaraf etish, bunda psixoterapiya usullari ham qoʻllanadi. Ichkilikka boʻlgan moyillikni bartaraf etish uchun psixotrop dorilar masalan , karbiden 90—150 mg,

neuleptil 30 mg, meleril 150 mg, teralen, etaperazin, pirogenal 250—1500 mpd buyuriladi. Spirtli ichimlikka jirkanchlik hissini uygʻotish maqsadida shartli reflekslarni keltirib chiqarish uchun apomorfinning yangi tayyorlanganidan 0,5% 0,2—1,0 ml gacha teri ostiga yuboriladi. Dori taʼsirida qayt qilish refleksi kuchayadi. Bemorga 30—50 ml spirt ichish tavsiya etiladi. Qayt qilishni kuchaytirish maqsadida qoʻshimcha emitin 0,05 mg, ipekakuana 0,25—0,5 mg, mis kuporasi eritmasini 0,5—0,75 mg 150 ml distillangan suvda eritib, ichish buyuriladi. Bemor organizmida ichkilikka nisbatan chidamsizlik hissi uygʻotiladi. Bunda teturam (antabus) dorisini 0,125—0,5 g dan har kuni 30 kun davomida beriladi. Dorining taʼsirini mustahkamlash maqsadida teturam — alkogol sinamasi qoʻyiladi. Bu sinama oʻtkazishdan 3—4 kun oldin teturam 1,0 g gacha oshirib boriladi. Bemor ichgandan soʻng, behushlik, yurak sohasidagi ogʻriq, qon bosimning oshishi, tutqanoq xurujlari kuzatiladi. Bu oʻzgarishlarning oldini olish maqsadida, sinov oldidan bemorlarga 8,4% bikorbanat natriy, 10% kalsiy xlor eritmasini 10%

glukozada aralashtirib, tomir ichiga yuboriladi. Bemorlarga ichkilikka qarshi chidamsizlikni keltirib chiqarish uchun metronidazol (trixopol) 1000—2000

mg har kuni, 3—4 hafta davomida; furazolidon 300—800 mg 10 kun davomida; siamid 50—100 mg 5—6 kun, nikotin kislota 100—400 mg 3—4 hafta davomida berib boriladi. Bu usulni uzoq muddat qoʻllash moʻljallanganda, mushak ichiga esperal va radeter dorilarini jarrohlik yoʻli bilan kiritiladi. Uchinchi bosqichda davolash—natijalarni barqaror qilish, kasallik qaytalanishining oldini olish usullaridir. Bunga psixoterapiya usullari, psixotrop dorilari qoʻllanadi. Kasallik qayta avj olishining oldini olish uchun teturam 0,25—0,75 g, trixopol 0,75—1 g, nikotin kislotasi har kuni 1—3 oy davomida berib boriladi. 1—2 oy oʻtgach, bu kurs yana qaytariladi.

Alkogol psixozi

tahrir

Alkogol psixozi yoki ichkilik jonsarakligi oʻtkir, toʻsatdan boshlanadigan, bemorning oʻzi va atrofdagilar uchun xavfli kasallikdir. Boshning shikastlanishi, yuqumli kasalliklar, uzoq uyqusizlik, ogʻir ruhiy kechinmalar uning paydo boʻlishiga olib keladi. Kasallikdan oldin uyquning buzilishi, bemorning vahimali tushlar koʻrib chiqishi. Koʻproq erkaklarda uchraydi. Buning kelib chiqishida miya toʻqimalari ichkilik taʼsirida zaharlanadi. Unda moddalar almashinuvi buziladi. Alkogol psixozi, asosan, abstinent holatida boshlanadi. Alkogol psixozning klinik manzarasi deliriy, gallutsinozlar, vasvasalar, ensefalopatiya koʻrinishida boʻladi. Bundan tashqari,

psixozlarning aralash va oʻzgargan turlari kuzatiladi.

Alkogol deliriy

tahrir

Alkogol deliriy (oq alahlash) turi uch bosqichda boʻladi:

1. Emotsional va harakatlar hayajonlanish, koʻp gapirish, fikrlar va soʻzlarning koʻpayishi, imo-ishoralarning kuchayishi, oʻta sezuvchanlik, kayfiyatning tez oʻzgarishi, uyqusizlik va vegetativ oʻzgarishlar paydo boʻladi.

2. Yuqoridagi oʻzgarishlarga koʻrish illuziyasi va gallutsinatsiyalari qoʻshiladi.

3. Tashqi hodisalarga vaqt va joyga boʻlgan moʻljallarning yoʻqolishi qoʻshiladi. Deliriy psixozdagi bemorlarda gallutsinatsiyalar hosil qilish, masalan, bemor yumuq

koʻzlari ustiga barmoq bilan sekin bosib, ularga har xil koʻrinish gapirilganda, ularda koʻrish gallutsinatsiyasi paydo qilish mumkin. Bemor toza qogʻozda har xil yozuvlarni koʻrishi mumkin yoki uzib qoʻyilgan telefon bilan gaplashadi. Deliriyda har doim titroq, gandiraklash, yurakning tez urishi, koʻp terlash holatlari kuzatiladi. Alkogolli deliriy 2—8 kun davom etadi va chuqur uyqu bilan tugallanadi. Deliriyning quyidagi turlari bor:

1. Gipnogagik turda uyqu oldidan bemor koʻzlarini yumganda, sahnasimon koʻrish gallutsinatsiyalari paydo boʻladi va bemor koʻzini ochsa, bu holat

yoʻqoladi.

2. Deliriysiz — deliriy (qaltirash alomati) butun tanada titroq boʻlib, bezovtalik, oʻzini yoʻqotish, harakatlanish, qayoqqadir chopish holatlari kuzatiladi.

3. Aralash turida sahnasimon koʻrish gallutsinatsiyalari, vasvasa gʻoyalari va soʻz, eshitish holatlari kuzatiladi.

Alkogolli gallutsinozlar

tahrir

Kasallik kechishi oʻtkir, oʻrtacha oʻtkir va surunkali turlarga boʻlinadi. Oʻtkir turi bir necha soatdan bir necha haftagacha yoki 1 oygacha davom etadi. Bu birdan boshlanib, kechqurun yoki tunda uyqusizlik, eshitish gallutsinozlari kuzatiladi. Oʻrtacha ogʻirlikdagi turi bir oydan olti oygacha choʻziladi va eshitish gallutsinozlari

boʻladi. Surunkali turi olti oydan oshib ketadi. Bunda eshitish gallutsinozlari doimiy boʻlib, bemorlar bu ovozlar bilan bahslashadilar, urishadilar,

keyinchalik bu ovozlarga koʻnikib qoladilar. Oʻzlari tinchlanib, keyinchalik ish qobiliyatni tiklab oladilar.

Alkogolli vasvasali psixoz

tahrir

Alkogolli vasvasali psixozning quyidagi turlari mavjud:

1. Alkogolli paranoid (taʼqib qilish vasvasasi)—bunda, bemorda bosh ogʻriq kuchayadi, bezovtalanish, hayajon, qoʻrqish, harakat qoʻzgʻaluvchanligi namoyon

boʻladi. Bemorga har qanday kishi taʼqibchi boʻlib tuyuladi. Tez orada koʻrish va eshitish illuziyalari paydo boʻladi. Bemorlar taʼqibchilardan qochishi yoki oʻzlariga jarohat yetkazishi mumkin. Kechga borib esa delirioz belgilar, eshitish gallutsinatsiyalari paydo boʻladi.

2. Rashk vasvasalari koʻproq erkaklarda uchraydi. Bemorlarda oʻz xotini oʻynash topib olgandek, fikrlar paydo boʻladi. Ular, koʻpincha, dalil va ashyolar qidirib, xotinlarining orqasidan kuzatib, kiyimlarini tekshirib yuradilar. Bemorlar oʻz xotinlariga nisbatan tan jarohati yetkazishlari mumkin.

Alkogolli ensefalopatiya

tahrir

Bunda, oʻtkir ruhiy oʻzgarishlar, somatik (terining oqarib qolishi, koʻz oqining sargʻayishi, haroratning koʻtarilishi, yurakning tez urishi, qon bosimning pasayishi, hushdan ketish, jigarning kattalashishi) va asab tizimidagi (titroq, gandiraklash, mushaklar tortishi yoki boʻshashi, nistagm, koʻrishning pasayishi, patologik reflekslarining paydo boʻlishi, ensa mushagining qotishi) oʻzgarishlar kuzatiladi. Karsakov psixozi surunkali alkogol psixozida kuzatiladi. Bunda xotiraning pasayishi, joyni, vaqtni, atrof-muhitni bemorlar bilmaydi, konfabulatsiya va polinevritga xos belgilar paydo boʻladi. Oʻtmishda boʻlib oʻtgan voqealar

esda boʻladi, kasbga, mehnatga boʻlgan qobiliyat saqlanib qoladi. Alkogol falaji koʻproq erkaklarda uchraydi. Ruhiy oʻzgarishlar, fikrlash, bilimlar,

oʻz-oʻziga tanqidiy qarashlar kamayadi. Eyforiya, hazillar, oʻziga ishonish kuchi yuqori boʻladi, xotira buzilishlari kuzatiladi.

Davosi

tahrir

Alkogolli psixoz zaharlanish bosqichida bemorlarni davolashda gemodez, reopoligukin 400,0 ml 2 mahal kuniga, 5% 400,0 ml glukoza eritmasini tomir ichiga tomchilatib quyish buyuriladi. 30% 10,0 ml natriy tiosulfat, 5% 5—10,0 ml unitiol, 10% 10,0 ml kalsiy xlor, 25% 10,0 ml magneziy sulfat dorilari tavsiya etiladi. Bemor koʻzgʻalganda, seduksen, GOMK; alkogolli vasvasalar, galyusinasiyalarda aminazin, galoperidol oʻrtacha dozada, bular hamma vaqt vitaminlar bilan birga beriladi. Miya shishganda mannit, laziks hamda kokarbaksilaza, askorbin kislotasi, eufillin yaxshi yordam beradi. Jigar zararlanganda, metionin, essensial 3—4 mahal buyuriladi. Alkogolli ensefalopatiyada vitaminlar, pirasetam, aminazin, ensefabol, asefenlar bilan birga bosh miyada qon aylanishini yaxshilovchi dorilar—kavinton, stugeron yoki sinnarizin, sermion buyuriladi. Alkogolizmga qarshi davolashni psixoz tugagandan bir necha oydan keyin boshlash mumkin[2].

Manbalar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent, 2000-yil. 
  2. X. Q. Shodmonov, X. Sh. Eshmurodov O. T. Tursunova. ASAB VA RUHIY KASALLIKLAR. «Bilim» nashriyoti, 2004. 
  NODES
iOS 2
os 66