Asbest (yunoncha: asbestos -iyuvchan va ingichka (0,5 mkm gacha) tolalarga ajralish xususiyatiga ega boʻlgan tolasimon minerallar nomi. Ikki guruhga — serpentinlarga (xrizotil-as-best) va amfibollarga (amfibol-asbest) boʻlinadi. Xrizotil-asbest (butun dunyoda olinadi) sanoatda muhim ahamiyatga ega. Bu mineral oʻtda kuymaslik (erish temperaturasi 1500°), tovush va elektr energiyasini oʻtkazmaslik xususiyatlariga ega. Sanoatda qoʻllanishi jihatidan A. 3 turga boʻlinadi: 1) tolalari 8 mm dan uzun bulgan A. (toʻqimachilik asbesti); gazlamalar tayyorlash uchun ishlatiladi. Bunday gazlamalardan oʻtga chidamli kiy-imlar, teatr pzrdalari, brezent hamda avtomobil tormoz lentalari, filtr va boshqa asborezina buyumlar ishlanadi; 2) to-lalarining uz. 2 mm dan 8 mm gacha boʻlgan A.; asbotsement buyumlar, shifer, kanalizatsiya, suv, neft, gaz quvurlari, asbest kartoni, qogʻoz, issiqlik va elektr izolyatsiyalari tayyorlash uchun ishlatiladi; 3) tolalarning uz. 0,2 mm dan 2 mm gacha boʻlgan

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES