Ataman“ (ruscha: Атаман) — „Kino“ sovet rok musiqa guruhi ijro etgan qoʻshiq. „Ataman“ guruhning soʻnggi qoʻshigʻi boʻlib, xonanda Viktor Soy uni oʻlimidan bir necha oy oldin ikki kassetali magnitofonga gitara joʻrligida yozib olgan. Yozuv 20 yildan oshiq vaqt mobaynida xonandaning yaqin qiz doʻsti Nataliya Razlogovada saqlangan.

„Ataman“
„Kino“ qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2018
Yozib olingan 1990 (demo)
2012 (toʻliq aranjirovka)
Davomiyligi 4:12 (stereo versiya)
3:00 (akustik versiya)
4:12 (aranjirovka bilan)
Leybl Maschina Records
Matn muallif(lar)i Viktor Soy
Bastakor(lar) Viktor Soy

Qoʻshiq ilk bor 2012-yil „Tsoy — Kino“ hujjatli filmida guruh aʼzolari Yuriy Kasparyan, Georgiy Guryanov, Igor Tixomirov va „Leningrad“ guruhi gitarachisi Igor Vdovinlar ijrosida yangragan[1]. 2018-yil „Maschina Records“ mustaqil leybli qoʻshiqning uch xil versiyasini singl oʻlaroq chiqargan.

Kassetani Soy oʻzi uchun yozib olgan boʻlgan. Unga kiritilgan qoʻshiqlarni 1990-yilning yozida Latviyada joylashgan portastudiyada yozib olishgan. Oʻsha yilning kuzida esa guruhning qolgan aʼzolari qoʻshiqlarni aranjirovka qilgan. Material studiyaga yuborilganda „Ataman“ qoʻshigʻi nuqsonli boʻlgani uchun chetlatilgan, qolgan kompozitsiyalar esa pirovardida „Chyorniy albom“ albomiga kiritilgan.

Uzoq yillar davomida albomga kiritilgan taronalar hamda „Ataman“ qoʻshigʻining akustik versiyasi Razlogovada boʻlgan. Razlogova kassetani kutilmaganda topib olib, guruh barabanchisi Guryanovga bergan. Shuningdek, Razlogova Soyning oʻgʻli Aleksandr Soy bilan uchrashib, ashulani yozib olishga ruxsat soʻragan. Soy oʻlimining 30 yilligi munosabati bilan „Doping-pong“ rus art-guruhi „Ataman“ qoʻshigʻi uchun multiplikatsion klip hozirlagan.

Lirik jihatdan „Ataman“ qoʻshigʻida „Zvezda po imeni solnse“ albomiga kiritilgan „Aprel“ hamda „Chyorniy albom“ga kiritilgan „Kukushka“ qoʻshiqlaridagi mavzular davom etadi[2]. Qoʻshiq matnidan Soy umrining soʻnggi yillarida slavyan va rus madaniyatiga qiziqa boshlaganini xulosa qilish mumkin. „Ataman“ Soyning „xudo“ (ruscha: бог) soʻzi ochiqchasiga ishlatilgan yagona qoʻshigʻidir.

Manbalar

tahrir
  1. „И все-таки Цой жив“. В день рождения Виктора Цоя покажут документальную ленту о создании одной из его последних песен. Комсомольская правда (2014-yil 21-iyun). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-sentyabr.
  2. Борис Барабанов. „Неслучившаяся жизнь атамана“. Коммерсантъ (2012.21.06). 2021-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 27-avgust.

Havolalar

tahrir
  NODES