Avstriya-Vengriya imperiyasi

Markaziy Yevropadagi Imperiya (1867–1918)

Avstriya-Vengriya imperiyasi – Avstriya va Vengriyaning hukmron sinflari oʻrtasidagi bitim asosida 1867-yilda Avstriya imperiyasini qayta tuzish natijasida tashkil topgan dualistik (birlashgan ikki davlatli) monarxiya. Bu monarxiya: Avstriya (Sis-leytaniya) va Vengriya qirolligi (Transleytaniya)dan tashkil topdi. Avstriya tarkibiga Chexiya, Moraviya, Galitsiya, Bukovina va boshqa yerlar, Vengriya qirolligiga Slovakiya, Xorvatiya, Transilvaniya va boshqa yerlar kirdi. Oʻsha yili yangi konstitutsiya qabul qilindi. Avstriya-Vengriya imperiyasi hokimiyatini Avstriya imperatori boshqardi (u Ven-griya qiroli degan unvonga ham ega edi). Imperator hokimiyati rasman Avstriyada reyxstag, Vengriyada seym tomonidan cheklandi. Butun imperiya boʻyicha uch ministrlik: 1) tashqi ishlar; 2) harbiy va dengiz; 3) moliya ministrliklari tashkil etildi. Harbiy va dengiz hamda moliya ministrliklari imperiyaning har ikki qismida ham mavjud edi. Boshqa ministrliklar Avstriyada ham, Vengriyada ham mustaqil ish yuritgan. 1867-yil bitimiga binoan, Vengriya oʻz parlamentiga, ministrliklariga, siyosiy va ma’muriy muxtoriyatga ega boʻldi. Birinchi jahon urushida Avstriya-Vengriya imperiyasining magʻlubiyati va milliy ozodlik kurashlari natijasida 1918-yilning oxirida Avstriya-Vengriya imperiyasi parchalanib ketdi. Avstriya-Vengriya imperiyasi oʻrnida Avstriya, Vengriya, Chexoslovakiya davlatlari tuzildi, hududning bir qismi esa Yugoslaviya, Ruminiya va Polsha tarkibiga kiritildi[2].

Avstriya-Vengriya imperiyasi
nemischa: Österreich-Ungarn
veng.: Ausztria-Magyarország

Imperiya

15-mart 1867-yil — 12-noyabr 1918-yil


Fuqarolik bayroği Avstriya-Vengriya gerbi
Shiori
lotincha: Viribus Unitis
(«Birlashgan harakat»)
hamda
lotincha: Indivisibiliter ac Inseparabiliter
(«Boʻlinmas va ajralmas»)
Madhiya
nemischa: Gott erhalte, Gott beschütze
(«Боже, храни, Боже, защищай»)

Avstriya-Vengriya 19081918-yillarda
Poytaxti Vena, Budapesht
Til(lar)i nemis, venger
Dini katolik,
provaslav, kalvinizm, yahudiylik, lyuteranlik va islom (1908-yildan keyin)[1]
Pul birligi gulden, krona (1892-yildan)
Maydoni 676 615 km²
Aholisi 52 749 900 kishi
Boshqaruv shakli qoʻshhokimlik
Sulola Gabsburg-Lotaringlar

Avstriya Imperatori, Vengriya apostol qiroli, Bogemiya qiroli va b.
 - 1848-1916 Frants Iosif I
 - 1916-1918 Karl I
Avstriya Vazir-Prezidenti
 -  Fridrix fon Beyst
Oʻtmishdagilar:
Vorislar:
Avstriya Imperiyasi
German Avstriyasi
Vengriya Demokratik Respublikasi
Italiya Qirolligi (1861—1946)
Birinchi Chexslovakiya Respublikasi
Sloven, xorvat va serblar davlati
Polsha Respublikasi (1918—1939)
Ruminiya Qirolligi
GʻUXR
Gutsul Respublikasi
Komancha Respublikasi
Baranya-Bayya Serb-Venger Respublikasi
Lemklar Rus Xalq Respublikasi
Tarnobjeg Respublikasi

Manbalar

tahrir
  1. „История государства Габсбургов: Австрийское дворянство 1806—1919 гг. Декрет императора Иосифа II от 1781 г. «Право веротерпимости» (nemischa: Toleranzpatent )“ (deadlink). 2020-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-iyun.(Wayback Machine saytida 2020-09-27 sanasida arxivlangan)
  2. "Avstriya-Vengriya imperiyasi" OʻzME. A-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



Imperiya aholisi asosan buysundirilgan slavyanlar xalqi tashkil etgan

  NODES
Done 1
see 1