Baptizm
Baptizm (yun. baptizo — suv bilan choʻqin-tirish) — protestant yo'nalishlaridan biri. Baptistlar fikricha, bolalar yoshligida emas, balki dinga nisbatan ongli munosabatda boʻlgandagina choʻqin-tirilishi, diniy eʼtiqodda erkinlik boʻlishi lozim. Iso Masihga ishonganlarning hammasini xudo xalos etadi. Baptizm ruhoniylarning dinga ishonuvchilar bilan xudo oʻrtasidagi vositachiligini rad etadi, xristianlikda muqaddas hisoblanadigan avliyolar, ikonalar, sirli marosimlar va kichik bayramlarni tan olmaydi, faqat Iso Masih nomi bilan bogʻliq boʻlgan bayramlarni, shuningdek baʼzi maxsus bayramlarni tan oladi. Bibliyani diniy taʼlimotning yagona manbai deb hisoblaydi, unga qatʼiy rioya qilishga chaqiradi.
Baptizmning dastlabki jamoasi 1609-yilda Gollandiyada ingliz muhojirlari orasida vujudga keldi. 1612-yilda Angliyada, 1639-yilda Shim. Amerikada paydo boʻldi. 19-asrda Yevropa, Osiyo, Afrikada, Lotin Amerikasidagi mustamlaka va qaram mamlakatlarda keng tarqaldi. Baptizm Rossiyaga 19- a.ning 60- yillarida Germaniyadan kirib kelgan. 1905-yilda Jahon baptistlari ittifoqi tuzildi, uning markazi AQShda. Jahondagi baptistlar soni 31 mln.dan ortiq. Oʻzbekistonda baptistlarning roʻyxatga olingan 14 ta jamoasi bor (1998).
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |