Buxoro arki

Buxorodagi qadimiy shaharsozlik yodgorligi

Buxoro arki — Oʻzbekistonning Buxoro shahridagi qadimiy ark; atrofidagi maydon sathidan qariyb 20 metr balandlikda koʻtarilgan va taxminan 4 gektar maydonni egallagan monumental qal’a. Qalʼa Buxoroning eng qadimiy meʼmoriy va arxeologik yodgorligi hisoblanadi. Bu qal’a tepalikni tashkil etgan koʻp asrlik vayronagarchilik qatlamlariga ega shaharning eng qadimiy qismi hisoblanadi.

Buxoro arki
Umumiy maʼlumot
Turi ark
Shahar Buxoro
Mamlakat O'zbekiston
Koordinatalar 39/46/40/N/64/24/39/E
Balandligi 20
Bino atrofidagi yerlar 4 ga
Dizayn va konstruksiya
Quruvchi Siyovush
Vebsayt
http://bukhara-museum.narod.ru/
Buxoro arki Vikiomborda

O‘z vaqtida Registon maydoni ustida qad ko‘targan Ark buyuklik, qudrat va o‘tib bo‘lmaslik timsoli bo‘lgan. Ark devorlaridan birida bir vaqtlar Buxoro amirligidagi qudrat ramzi bo‘lgan katta charm qamchi osilgan.

Buxoro arki va uning oldidagi bozor. 1890-yillar
Arkning orqa yon tomonidan koʻrinishi
Arkning orqa yon tomonidan koʻrinishi
Buxoro arkining yon tomonidan koʻrinishi
Buxoro arkining yon tomonidan koʻrinishi
Arkning 1902-yildagi koʻrinishi
Arkning 1902-yildagi koʻrinishi
Buxoro arkining 1907-yildagi koʻrinishi
Buxoro arkining 1907-yildagi koʻrinishi

Tarixi

tahrir

Ark dastlab milloddan avvalgi I asrda qurilgan. Arablar istilosiga qadar arkda shahar hokimlari — buxorxudotlar yashagan. Somoniylar davrida (IX—X asrlar) qayta qurilib devor va burjlar bilan mustahkamlangan. Qoraxoniylar davrida (XI—XII asrlar) va moʻgʻullar bosqinchiligi vaqtida (XIII asr) ark bir necha bor vayron qilingan.

Hozirgi qiyofasi asosan Shayboniylar sulolasi davri (XVI asr)da shakllangan.

1990-yilda arxeologlar tomonidan olib borilgan qazish ishlari natijasida Amir mehmonxonasi hisoblangan xonaqoh va uning atrofidagi hujralarning poydevorlari, hovli ichkarisidagi supa, toshnov, tazar, sandal va yaxxonalar ochildi. Hammom tuzilish jihatdan murakkabligi yer osti tazarlari umumiy bir tarmoqqa boʻysundirilganligi, shahar tashqarisidagi zahkashga qadar choʻzilganligi, toʻrt tomonidagi gulax (oʻtxona)lari doimiy ravishda bir xil issiqlik berib turishi, yaxxonada muzni to kech kuzgacha saqlay bilishganligi aniqlandi.

Buxoroning 2500-yilligi munosabati bilan ark ichkarisidagi taxt joylashgan hovli taʼmirlanib, oʻz holiga keltirildi. Ark devorlari yangilandi. „Goʻriyon“ darvozasi qayta tiklandi va boshqa obodonlashtirish ishlari olib borildi. Yer sathidan 2,5-3 m chuqurlikda gumbazsimon yer osti yoʻli borligi aniqlangan. Arkda Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi joylashgan.

Arxeologik qazishmalar va qayta tiklash ishlari

tahrir

Buxoro Xalq Sovet Respublikasi davrida Arkning gʻarbiy devori qayta tiklangan[1]. Aleksandr Semyonov Ark tarixini yozishni maqsad qilgan „Tarix jamiyati“ deb nomlangan komissiya tuzilgani haqida xabar beradi[2].

1970—1980-yillarda Arkda qisman arxeologik tadqiqotlar olib borilgan. Keng qamrovli arxeologik qazishmalar, ayniqsa, Arkning janubiy qismida va unga tutash hududlarda haligacha olib borilmagan. Arxeologlarning fikricha, aynan ular Buxoroning haqiqiy yoshi haqida aniqroq maʼlumot berib, Narshaxiyning Buxoroning yoshi X asrda 3000 yil bo‘lganligi haqidagi afsonaviy maʼlumotlarini rad etadi yoki tasdiqlaydi.

1970—1974-yillarda Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Yahyo Gʻulomov boshchiligida tashkil etilgan maxsus arxeologik guruh tomonidan Arkda yirik statsionar qazishmalar olib borilgan. Qal’ada 120x100 m maydonda XVI—XX asr boshlariga oid ustki qatlamlar qazilgan.

1979—1980-yillarda Buxoro arkini arxeologik oʻrganish tarixida birinchi marta stratigrafik chuqur (6x6 metr) materik qatlamiga chuqurroq borish imkonini berdi. Bu yerdagi madaniy qatlamlarning qalinligi 20 metrdan oshdi va bu qiymatning uchdan bir qismi yer ostida boʻlgan. 13-15,5 metr, shuningdek, 16,5-18,5 metr chuqurlikda ikkita kuchli sinch devor qoldiqlari topilgan, ushbu ashyolar Arkning qadimgi mudofaa inshootlari tizimining bir qismi boʻlganligi taxmin qilingan. Birinchi devor 2,5-3 metr balandlikda saqlanib qolgan va u yerda eramizning IV—V asrlariga oid sopol material topilgan, ikkinchisi — 2-2,5 metr balandlikda — miloddan avvalgi IV—III asrlarga toʻgʻri keladi. Shubhasiz, bular Buxoroning qadimiy qal’a devori xarobalari bo‘lib, shahar shakllanishining eng muhim qismlaridan biri bo‘lgan.

Ark qal’asi devorlarining toʻliq stratigrafik kesmasi ham amalga oshirildi. Arkning shimoliy qal’a devorining stratigrafik qismida E. G. Nekrasova tomonidan olingan arxeologik maʼlumotlarga koʻra, uning eng qadimgi devori balandligi 0,9-1,0 metr, qalinligi 0,7-0,75 metr boʻlgan bir necha qatlamli paxsa va paxsa bloklaridan iborat boʻlgan. Uning eng kengi 7,5 metr, eng kichigi 2,75 metr.

Buxoroning 2500 yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida (1990—2016) Arkni qayta tiklash ishlari olib borilgan .

Meʼmorchiligi

tahrir

Balandligi 20 m cha boʻlgan tepalik ustiga qurilgan arkning maydoni 4 ga, tarhi koʻpburchakli. Turli davrlarda devorlari tosh, pishiq va xom gʻisht, paxsalar bilan mustahkamlangan. Oʻpirilib tushgan joylari dastlab xom gishtdan, keyin pishiq gʻishtdan taʼmir etilgan.

Koʻtarila boruvchi yoʻl orqali gʻarbdagi ulkan darvozadan (16-asr) ichkariga kiriladi (sharq tomonida ham ilgari darvoza boʻlgan). Darvozaxona peshtoqining ikki yon tomonidagi „guldasta“ va ular oraligʻidagi 3 qavatli bino yaxshi saqlangan. Ark ichkarisiga olib kiradigan uzun dalonyoʻlakning chap devorida 12 va oʻng devorida 13 taxmontokcha qilingan. Chap tomonidagi tokchalarning baʼzilarida obxonaga kiriladigan eshiklar bor. Guldasta (burj)lar tagida zax va dim yertoʻlalar boʻlgan.

Dalonning oʻng tomonidagi oʻrta tokchasida afsonaviy qahramon Siyovush ruhiga Navroʻz bayramida chiroqlar yoqilgan. Amir sayisxona (otxona)siga ham shu yerdagi zinadan kirilgan. Dalondan chiqaverishda toʻpchi boshi (saroy qoʻriqchilari boshligʻi)ning mahkamasi, shu yerdagi ayvon tagida yertoʻla boʻlgan (bu binolar buzilib ketgan). Undan sal narida (gʻarbiy devor burchagida) peshayvonli jome masjid (saroy masjidi) qurilgan (18-asr oxiri). Masjid derazalari panjarali, devorlarining ichki tomonidagi naqshlar orasiga Qur’on oyatlari bitilgan. Peshayvon shipi murakkab girihdar bilan bezatilgan.

Arkning shimoliy-gʻarbiy burchagida toʻpchi boshining uyi va taʼmir ishlari ustidan nazorat qiluvchi kishi turadigan xona boʻlgan. Masjidning sharq tomonida lar oqova suv quvurlarining qoldiqlari. Arkning gʻarbiy devoridan boshqa hamma devorlari, burchaklardagi minoralar buzilib ketgan. Darvozasi oldidagi Registon maydonida koʻpgina imoratlar boʻlgan. Uning gʻarbiy devoriga qaragan peshayvonga zambaraklar qoʻyilgan.

Ark darvozasining chap tomonida lashkarboshi mehmonxonasi, shimolida esa qurolyarogʻlar tuzatiladigan ustaxona va aslahaxona (qoʻrxona) boʻlgan. Arkning shimoliy-sharqidagi „Childuxtaron“ maqbarasi, janubiy-gʻarbda „Battol Gʻoziy xonaqohi“, xos hammom qoldiqlari saqlangan.

Ark muzeyining eksponatlari

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

tahrir
  1. Андреев 1972, s. 18.
  2. Алимова 1997, s. 81—93.



  NODES
os 29