Chikago — AQShning Illinois shtatida joylashgan shahar. Aholisi 2,696,555 kishi (2021). AQShning yirik transport yoʻllari chorrahasi. Michigan koʻlining janubiy-gʻarbiy sohilidagi port, koʻlga Chikago daryosi (Buyuk koʻllardan Missisipi daryosiga boriladigan suv yoʻli) quyilish yerida joylashgan. Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Dunyoda eng yirik temir yoʻl uzeli. Iqtisodiy ahamiyati boʻyicha Ch. mamlakatda NyuYorkdan keyin 2oʻrinda turadi. Mamlakatning savdo, moliya, ilmiy va madaniy markazlaridan biri. Yetakchi tarmogʻi — ogʻir sanoat (xususan, metallsozlik), shuningdek, qora va rangli metallurgiya, mashinasozlikning turli sohalari rivojlangan. Radioelektronika va elektrotexnika (telefontelegraf apparatlari, maishiy elektrtexnikasi, radio va televizorlar ishlab chiqarishning muxim markazi), avtomobilsozlik, priborsozlik, aviatsiya sanoati korxonalari mavjud. Turli sanoat jihozlari, metall konstruksiyalar, kuvurlar, temir yoʻl vagonlari va lokomotivlar va boshqa ishlab chiqariladi. Chikago — mamlakatning kimyo, neftni qayta ishlash, qogʻoz, poligrafiya, oziq-ovqat sanoatlarining yirik markazlaridan biri. Metropoliten qurilgan. universitetlar, Badiiy int, tabiat tarixi, fan va sanoat muzeylari bor. Shahar oʻrnida 1803-yilgacha qishloq boʻlgan, 1833-yildan shahar maqomiga ega.




  NODES
Done 1
see 1