Detroit
Detroit — AQShdagi shahar, Michigan shtatida. Detroit daryosi boʻyida, Guron va Eri koʻllari oraligʻida joylashgan. Aholisi 951,2 ming kishi (2000; shahar atrofi bilan 4,6 mln. kishi). D.ga 1701 yilda fransuzlar asos solgan. 1760 yilda inglizlar bosib olgan. 18-asr oxiridan AQSH tarkibida. 1802 yilda shahar statusini olgan. Mamlakatning muhim transport yoʻllari tuguni va yirik moliya markazi. Buyuk koʻllar sohilidagi port. Avtomobilsozlikning dunyodagi eng yirik markazlaridan ("General Motors", "Kraysler", "Ford" korxonalarining boshqaruv organlari, asosiy korxonalari va ilmiy tashkilotlari shu yerda). Sanoatining boshqa tarmoklari ham avtomobilsozlik bilan bogʻlangan: qora metallurgiya, metallsozlik, kimyo, stanok-jihozlar i.ch., rezina, oyna-shisha. Kemasozlik, neftni qayta ishlash, oziq-ovqat, harbiy sanoat korxonalari mavjud. Un-tlar, muzeylar, sanʼat instituti va b. bor.
Detroit | |
---|---|
shahar | |
42°19′54″N 83°2′51″W / 42.33167°N 83.04750°W | |
Mamlakat | AQSh |
shtat | Michigan |
okrug | Ueyn |
Hukumat | |
• Mer | Maykl Daggan |
Asos solingan | 1701 |
Maydon | 370.2 km2 (142.9 kv mi) |
Markazi balandligi | 183 m m |
Rasmiy til(lar)i | ingliz |
Aholisi (2013) |
681 090[1] |
Zichligi | 1669,6 kishi/km2 |
Telefon kodi | +1 313 |
Pochta indeks(lar)i | 48201 |
|
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Population and Household Estimates for Southeast Michigan“ (en) (deadlink). Southeast Michigan Council of Governments (SEMCOG) (2013). 2013-yil 26-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-fevral.