Elektr stansiyasielektr energiyasi ishlab chiqarish uchun moʻljallangan uskunalar, jihozlar va apparatlar, buning uchun zarur inshootlar va binolar majmui; elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxona hisoblanadi. Energiya manbalariga qarab, issiqlik elektr stansiyalari (Issiqlik elektr stansiya, bugʻ turbinali, gaz turbinali, dizelli), gidroelektr stansiya, shamol elektr stansiyasi, gidroakkumulyatsiyalovchi elektr stansiyasi, koʻtarilish suv elektr stansiyasi va magnitogidrodinamik generatorli stansiyalarga boʻlinadi. Atom elektr stansiyasi, geotermal (yer issiqligidan foydalanuvchi) elektr stansiyalari va gelioenergetika stansiyalari (qarang Geliotexnsha) issiqlik elektr stansiyasi jumlasiga kiradi.

Elektr stansiyasi

Geotermal Elektr stansiyasi yer ostidagi issiqlikni elektr energiyasiga aylantiradigan bugʻ turbinali Elektr stansiyasidir. Vulkanli hududlarda 2000–3000 m yer ostidagi suvlarning temperaturasi 100° dan yuqori boʻladi (qarang Geotermal resurslar). Geotermal Elektr stansiyasida suvbugʻ aralashmasi yer sirtiga chiqarilib, separator qurilmasiga beriladi va suvdan bugʻ ajratiladi. Bugʻ turbinaga, issiq suv isteʼmolchilarga beriladi. Bunday st-yalar Rossiya, Italiya, Yangi Zelandiya, AQSH va Yaponiyada ishlatiladi.

Issiqlik Elektr stansiyasi elektr energetikaning asosi hisoblanadi. Birinchi qudratli elektr st-ya birlamchi energiya manbalari yaqiniga qurish va ishlab chiqarilgan elektr energiyasini uzoq isteʼmolchilarga faqat uch fazali oʻzgaruvchan tok asosidagina uzatish mumkin. Shunday elektr stansiyalarning birinchisi 1891-yil M. O. Dolivo-Dobrovolʼskiy tomonidan Laufen shahri (Germaniya)da qurilgan. U suv turbinasining quvvati 300 o.k.ga teng gidroelektr stansiya boʻlgan. Oʻzbekistonda XX asr 10-yillarida barcha elektr stansiyalarning umumiy quvvati 3000 kVt dan oshiqroq edi. 1920—30-yillarda Toshkent, Buxoro, Samarqand va boshqalar shaharlarda yirik dizel elektr stansiyalari qurildi. Oʻzbekistonda qurilgan birinchi gidroelektr stansiya — Boʻzsuv 1 1926-yil 1-mayda ishga tushirilgan. Keyinchalik birinketin GESlar va Issiqlik elektr stansiyalari qurilgan.

Oʻzbekistonda 20 ta issiqlik va 27 ta gidroelektr stansiyalari bor; ular yiliga 52 mlrd. kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi (2005).

Yana qarang

tahrir




  NODES