Erkin Xoʻjayev

oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor

Erkin Normatovich Xoʻjayev (1939-yil 27-iyun, Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik iqtisodchi olim, iqtisodiyot fanlari nomzodi (1969), professor (1992).

Erkin Normatovich Xoʻjayev
Tavalludi 10-iyul 1938-yil (1938-07-10) (86 yosh)
Samarqand, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi iqtisodchi olim
Sohasi iqtisodiyot
Taʼlimi Samarqand davlat universiteti
Ilmiy darajasi iqtisodiyot fanlari nomzodi
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Erkin Xoʻjayev 1939-yil 27-iyunda tugʻilgan[1]. 1962-yilda Samarqand davlat universitetini tugatgan. 1957—1958-yillarda Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi ishchisi, 1962—1964-yillarda Samarqand tibbiyot instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi oʻqituvchisi, 1964—1966-yillarda Samarqand shahar yoshlar uyushmasining birinchi kotibi, 1966—1976-yillarda Samarqand davlat universiteti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi aspiranti, oʻqituvchisi, dotsenti, 1976—1990-yillarda Samarqand qishloq xoʻjaligi instituti „Siyosiy iqtisod“ kafedrasi mudiri, dotsenti, 1990—1994-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi aʼzosi va iqtisodiy islohotlar, byudjet siyosati va mahalliy oʻzini oʻzi boshqarish qoʻmitasi raisi, 1992—1994-yillarda Samarqand kooperativ instituti rektori, 1994-1996-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining Eron Islom Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi[2][3], 1996—2004-yillarda Samarqand kooperativ instituti „Moliya va kredit“ kafedrasi professori vazifasida faoliyat koʻrsatgan . 2004-yildan Samarqand iqtisodiyot va servis instituti „Moliya va sugʻurta xizmatlari“ kafedrasi professori[1]. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tadbirkorlik uyushmasining birinchi prezidenti (1991-1995), Oʻzbekiston-Eron doʻstlik jamiyatining vitse-prezidenti (1990-1996) sifatida ham faoliyat olib borgan[1].

Ilmiy faoliyati

tahrir

Erkin Xoʻjayev 120 dan ilmiy ishlar muallifi. Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining faxriy professori (1992). Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining muxbir aʼzosi (1993)[1][4].

Unvona va mukofotlari

tahrir
  • „Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan iqtisodchi“ faxriy unovni (1989);
  • „Oliy taʼlim aʼlochisi“ koʻkrak nishoni;
  • „Xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni;
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil“ esdalik nishoni (2011);
  • „Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligiga 30 yil“ esdalik nishoni (2021);
  • „Oʻzbekiston Konstitutsiyasiga 30 yil“ esdalik nishoni (2022)[1].

Manbalar

tahrir
  NODES
innovation 1