Farmatsiya (yunoncha: pharmakeia – dori; dori ishlatish) – dori vositalari va tibbiy buyumlar yaratish boʻyicha izlanishlar, tadqiqotlar, shuningdek, ularni ishlab chiqarish, tayyorlash, sifatini nazorat qilish, standartlash usullari, davlat roʻyxatidan oʻtkazish, saqlash, ular haqida axborot berish, dorixona va davolash muassasalariga yetkazib berish va sotish kabi vazifalarni oʻz ichiga oladigan ilmiy-amaliy faoliyatlar majmui. XVIII asrga kelib farmatsiya fan sifatida shakllandi. Farmatsiya farmakologiya bilan birga dorivor moddalar haqidagi fanni tashkil etadi. Farmatsiyaga farmatsevtik kimyo, dori turlari va dorivor preparatlar texnologiyasi, farmakognoziya, farmatsiyani tashkil etish va uning iqtisodiy, sud kimyosi kabi ixtisoslik fanlari kiradi. Dorilar taʼsiri, dori turlari, ularni qabul qilish usullari, tayyorlash texnologiyasi va boshqa omillar taʼsirini farmatsiyaning bioformatsiya yoʻnalishi oʻrganadi.




  NODES