Fleyta (nem. Flote) — puflama musiqa cholgʻu asbobi. Obnus va boshqa daraxt yogʻochi (dastlab yogʻochdan, hozirda — asosan metall) dan yasaladi. Boshcha (puflanadigan ogʻzi va tiqini bilan) hamda 2 asosiy boʻgʻindan (chalgʻich teshiklari bn) iborat. 1830-yillarda nemis sozandasi, soz ustasi va kompozitor T. Byom tomonidan takomillashtirilgan zamonaviy fleyta klapanli mexanizm bilan jihozlangan. Xromatik tovushkatorga ega. Diapazoni (3 oktavadan oshiq — h yoki s1 — s4 yoki ye4) va ijro imkoniyatlari kengligi tufayli hozirda simfonik va puflama sozlar orkestrlari, turli ansambllar tarkibida hamda yakkanavoz soz sifatida keng qoʻllanadi. Oʻzbekiston davlat konservatoriyasida, musikiy kollej va litseylarda fleyta sinflari mavjud. Ijrochi va hstozlardan H.Isoqov, R. Yunusov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar A. Malkeyev, A. Karagadayev, A. Sayfullayev va boshqa mashhur.



  NODES
musik 1
os 12