Franklin D. Roosevelt

(Franklin Ruzveltdan yoʻnaltirildi)

Franklin Delano Roosevelt (talaffuzi: Franklin Delano Ruzvelt; 1882-yil 30-yanvar, Xayd Park, Nyu York — 1945-yil 12-aprel, Uorl Springs, Jorjiya) — AQSHning 32-prezidenti (1933-1945). Demokratlar partiyasidan (4 marta prezidentlikka saylangan).

Franklin D. Roosevelt
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 30-yanvar 1882-yil
Xayd Park, Nyu York, AQSh
Vafoti 12-aprel 1945-yil(1945-04-12)
(63 yoshda)
Jorjiya, AQSh
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Imzosi

Hayoti

tahrir

Franklin Delano Roosevelt 1882-yil 30-yanvarda tugʻilgan. Garvard va Kolumbiya universitetlarini tugatgan. Nyu York shtati gubernatori (1928-yildan), huquqshunos. Ruzvelt ijtimoiy sohada mehnatkash omma manfaatini koʻzlab bir necha islohotlar oʻtkazgan ("Yangi kurs"). Ikkinchi jahon urushi boshlangach, fashistlar Germaniyasiga qarshi boʻlgan Buyuk Britaniya, Fransiya va SSSRni qoʻllab-quvvatlash (1941 y. iyundan) tarafdori, gitlerchilarga qarshi koalitsiyani tuzishda muhim hissa qoʻshgan. BMTni tuzishga va urushdan keyingi xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir




  NODES