Fransuz Polineziyasi (fr.Polynésie française, tait.Pōrīnetia farāni) — Tinch okeanining janubiy markazida joylashgan Fransiyaning chet eldagi hamjamiyati va tashkil etgan mamlakati. Gʻarbda Kuk orollari suvlari bilan, shimoli-gʻarbda - Kiribati Respublikasi bilan, shimolda, sharqda va janubda - neytral Tinch okeani suvlari bilan, janubi-sharqda - Pitkern suvlari bilan chegaradosh.

Fransuz Polineziyasi
fr.Polynésie française
tait.Pōrīnetia farāni
Shior«Tahiti Nui Māre'are'a»
«Buyuk Taiti oltin tuman»
Madhiya: «Ia Ora 'O Tahiti Nui»
«Senga Assalom buyuk Taiti»
Location of Fransuz Polineziyasi
Poytaxt Papaete
Eng katta shahar Papaete
Rasmiy til(lar) Fransuzcha
Hukumat Kengaytirilgan parlament qaramligi
• Prezident
Emmanuel Makron
• Fransuz Polineziyasi prezidenti
Eduard Frich
• Protektorat eʼlon qilindi
1842-yil 9-sentyabr
• Hududiy maqomi
1946-yil 27-oktyabr
• Hamjamiyatlik maqomi
2003-yil 28-mart
• Mamlakat maqomi (nominal nomi)
2004-yil 27-fevral
Maydon
• Butun
4 167 km2 (175-oʻrin)
• Suv (%)
12
Aholi
• 2022-yilgi roʻyxat
278 786 kishi (181-oʻrin)
• Zichlik 79/km2
YIM (nominal) 2019-yil roʻyxati
• Butun
6.01 milliard AQSh dollari
• Jon boshiga
21,615 ming AQSh dollari
Pul birligi Fransuz Tinch okeani franki (XPF)
Vaqt mintaqasi UTC−10:00,
UTC−09:30 (Markiz orollari),
UTC−09:00 (Gambiyer orollari)
Qisqartma PF,
FR-PF
Telefon prefiksi +689
Internet domeni .pf

Geografik joylashuvi va tabiati

tahrir

Fransuz Polineziyasi — Okeaniyada, Tinch okeanining sharqiy qismida joylashgan. Fransuz Polineziyasi bir-biridan uzoq masofada joylashgan, jami 130 ta oroldan iborat, 5 arxipelagdan tashkil topgan. Ularning bir qismi vulqonlar natijasida paydo boʻlgan, bir qismi esa marjon orollari hisoblanadi. Orollarning shamol yoʻlidagi yonbagʻirlari doim yashil oʻrmonlar, shamoldan panadagi joylari esa qoyalardan iborat.

Iqlimi - ekvatorial, tropik passatli. Foydali qazilmalardan fosfat va kobalt konlariga ega. Oʻsimlik dunyosi orollarnikiga xos. Pandanus, kokos, non daraxti, palma oʻsadi. Vodiylari tropik oʻrmonlar bilan band. Hayvonot dunyosi sudralib yuruvchilar va qushlarga boy. Bu yerda albatros, chayka, toʻti, bulbul, kabutar va boshqalar koʻp tarqalgan.

Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari

tahrir

Fransuz Polineziyasi — Fransiyaning dengizorti uyushmasi. Hudud boshqaruvini oliy komissar amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyati rais boshchiligidagi hukumatga tegishli. Qonun chiqaruvchi organ xududiy Assambleya (41 deputat). Maʼmuriy-hududiy ji- xatdan 5 okrugga boʻlinadi. Siyosiy partiyalari: Sotsialistik partiya, Polineziya ittifoqi, Polineziya respublikasi uchun birlashuv.

Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari

tahrir

Iqtisodining asosini chet-ellik turistlarga xizmat koʻrsatish, shuningdek, gavhar eksporti tashkil etadi. XX asrning 80-yillarida orollarda fosfat va kobalt konlari ochildi. YAIM da qishlok xoʻjaligining ulushi kam, maxsulotlarining asosiy qismini mayda xoʻjaliklar beradi. Vanil, ananas, banan yetishtiriladi. Baliqchilik rivojlangan. 2010-yilda YAIM miqdori 4718 mln (aholi jon boshiga - 16000) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Fransiya, AQSH. Asosiy dengiz porti – Papaete (Taiti orolida).

Tarixi

tahrir

Taxminan 2000-yil oldin bu orollarga odamlar dastlab Samoa arxipelagidan suzib kelishgan. 1495-yil yevropaliklar (ispaniyalik Mendanya) tomonidan Fransuz Polineziyasi orollari tarkibiga kiruvchi Markiz orollari kashf etildi. Yevropaliklar dastlab XІІІ asrda kelib oʻrnashishganlar. XIX asrning 40-yillarida orollarning asosiy qismini Fransiya bosib oldi va oʻz nazoratini oʻrnatdi. 1885-yildan 1958-yilgacha bosib olingan hududlar Fransuz Okeaniyasi deb nomlandi. 1958-yili mamlakat Fransiyaning dengizorti xududi maqomini oldi. Polineziya fransuz gubernatori tomonidan 1977-yilning martigacha boshqarildi, keyin ichki oʻz-oʻzini boshqaruv huquqini qoʻlga kiritdi, gubernator oliy komissarga almashtirildi. 1996-yilda Polineziya Fransiyaning muxtor hududi maqomini oldi. Fransiya orollar ustidan toʻla nazoratni oʻzida ushlab qoldi. 2004-yili dengizorti uyushmasi maqomini oldi.

  NODES
INTERN 1