Gayana, Gayana Kooperativ Respublikasi (Inglizcha: Cooperative Republic of Guyana) — Janubiy Amerikaning shimoliy-sharqidagi davlat. Maydoni 214 969 km2. Aholisi 817 607 km2.Jorjtaun- Gayana poytaxti va ayni paytda mamlakatning eng yirik shahri. Shimolda Atlantika okeani janub va janubiy-g'arbda Braziliya, g'arbda Venesuela, sharqda Surinam bilan chegaradosh. Maydoni 214 969 km2(83 000 sq milya)[14] Janubiy Amerikaning materik qismidagi hududi boʻyicha Urugvay va Surinamdan uchinchi eng kichik suveren davlat. Janubiy Amerikadagi aholisi soni boʻyicha Surinamdan keyin; u ham Yer yuzidagi eng kam aholi zich joylashgan mamlakatlardan biridir. Mamlakatning rasmiy tili ingliz, garchi aholining katta qismi ingliz va mahalliy tillarda ikki tilda gaplashsa ham. U turli xil tabiiy yashash joylariga va juda yuqori biologik xilma-xil. Mamlakat, shuningdek, dunyodagi eng katta tropik o'rmon bo'lgan Amazon tropik o'rmonining yarmiga teng.

Gayana
ShiorOne people, one nation, one destiny
Madhiya: Dear Land of Guyana, of Rivers and Plains
Location of Gayana
Poytaxt Jorjtaun
Rasmiy til(lar) Inglizcha
Hukumat Yarim-Prezidentlik Davlat
• Prezident
David Granger
Moses Nagamootoo
Mustaqillik (Birlashgan Qirollikdan)
• Sana
26-may, 1966
Maydon
• Butun
214,970 km2 (83-oʻrin)
• Suv (%)
8.4
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
765,283 (161-oʻrin)
• Zichlik 3/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$2,895 mil. (172-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$3,783
Pul birligi Gayana dollari (GYD)
Vaqt mintaqasi UTC–4
• Yoz (DST)
UTC–4
Qisqartma GY
Telefon prefiksi 592
Internet domeni .gy

Davu024)umi

tahrir

Gayana— Jorjtaun tarkibidagi respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1978 yil iyuddagi referendumda qabul qilingan va 1980 yil 6 oktyabrdan kuchga kirgan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident. U umumiy toʻgri ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatta saylanadi. Konun chiqaruvchi hokimiyatni bir palatali parlament — Millat majlisi amalga oshiradi. Ijroiya hokimiyat prezident va bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi ixtiyorida. Vazirlar mahkamasi Millat majlisi oldida javobgardir.

Tabiati

tahrir

Atlantika sohili pastlik boʻlgani uchun dengiz toʻlqini paytida qirgʻoqdagi yerlarni suv bosadi. Shimoliy va shimoli-sharqi botqoq bosgan payettekislikdan, markazi va janubiy Gviana yassitogʻligidan iborat (Ro-rayma togʻi bal. 2772 m). Gayanada oltin, niobiy (kolumbit), marganes, olmos, boksit konlari bor. Iqlimi subekvatorial, issiq va sernam. Oʻrtacha oylik temperatura Jorjtaunda 26—28°, yillik yogʻin 2230 mm. Daryolari koʻp. Yiriklari — Essekibo va Koranteyn. Hududining 85% ga yaqini doimiy yashil nam oʻrmonlar bilan qoplangan. Shimoli-gʻarb, shimoliy va Shimoli-sharqda savannalar. Kayetur milliy bogʻi tashki l etilgan.

Aholisining 54% hindistonliklar, 36% afrikaliklar. Negrlar, duragaylar, mulatlar, xitoylar, indeyslar ham yashaidi. Davlat tili — ingliz tili. Diniy eʼtiqodiga koʻra koʻpchilik aholi protestantlar boʻlib, katoliklar, musulmonlar, hindular ham bor. Shahar aholisi — 31%. Yirik shaharlari: Jorjtaun, Bartika va b.

Tarixi

tahrir

Qadimda Gayana hududida indeyslar yashagan. Gayanani birinchi boʻlib ispanlar kashf etgan (1499). 16-asr oxirlarida inglizlar Gayana qirgʻoqlariga kelganlar. Keyinroq golland savdogarlari Essekibo, Demerara va Berbis daryolari boʻyiga kelib joylashib, bu yerlarni oʻzlashtira boshladilar. Ular Afrikadan keltirilgan negr qullar yordamida plantatsiya xoʻjaliklari barpo etdilar. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida Gayanaga egalik qilish uchun Buyuk Britaniya, Gollandiya va Fransiya oʻrtasida kurash boʻlib turdi. 1814 yilgi Angliya-Gollandiya sulhiga binoan Gayana Buyuk Britaniya ixtiyoriga oʻtdi va 1831 yildan Britaniya Gvianasi deb ataladigan boʻldi. 1834 yilda quldorlik bekor qilindi. 1838 yildan boshqa mamlakatlardan, ayniqsa Hindiston va Xitoydan arzon ish kuchi keltiriddi. Gayana aholisi milliy-ozodlik uchun kurashdi. Bu kurash Ikkinchi jahon urushidan keyin keskin tuye oldi. 1953 yilda Britaniya Gvianasi mehnatkashlari ichki oʻzini oʻzi boshqarishni kengaytirishga erishdi. 1966 yil 26 mayda Britaniya Gvianasi mustaqil davlat deb eʼlon qilindi va u Gayana deb nomlandi. 1970 yildan Gayana—respublika. Oʻsha yildan BMT aʼzosi. 1992 yil 8 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini tan olgan. Milliy bayrami: Respublika kuni -23 fevral (1970).

Siyosiy partiyalari va kasaba uyushmasi

tahrir

Xalq taraqqiyparvar partiyasi, hukmron partiya, 1950 yil tuzilgan; Xalq milliy kongressi, muxolifatdagi partiya, 1955 yil tashkil etilgan; "Birlashgan kuch", muxolifatdagi partiya, 1960 yil tuzilgan; Mehnatkashlar ittifoqi, muxolifatdagi partiya, 1977 yil tashkil etilgan. Gayana kasaba uyushmalari kongressi, 1940 yilda asos solingan.

Xoʻjaligi

tahrir

Iqgisodiyotining asosi — qishloq xoʻjaligi va konchilik sanoati. Yalpi ichki mahsulotda qishloq xoʻjaligi va baliqchilik 40,1% (shu jumladan qand-shakar ishlab chiqarish 28,4%), sanoat 16,1% (shu jumladan konchilik 11,7%)ni tashkil etadi. Okean sohilida, Demerara va Berbis daryolari vodiylarida dehqonchilik qilinadi. Asosiy ekinlari: shakarqamish va sholi. Kokos palmasi, kofe, kakao, sitrus mevalari, ananas, maniok, batat va b. ham yetishtiriladi. Qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi. Yaylovlarda koʻproq koramol boqiladi. Daryo va dengizlarda baliq ovlanadi.

Sanoatidagi rivojlanish foydali qazilmalar, avvalo boksit, shuningdek oltin, olmos, marganes qazib olish bilan bogʻliq. Iqgisodiyotning asosiy tarmoqlari davlat nazoratiga olingan. Elektr energetikada issiqlik elektr stansiyalari ustun. Bir yilda 219 mln. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Ishlab chiqarish sanoati zaif rivojlangan. Asosiy tarmoqlari: qand-shakar, pivo, tamaki, yogʻochsozlik. Gayana romi jahonga mashhur. Temir yo'l uz. — 88 km, avtomobil yoʻllari uzunligi— 7,2 ming km. Asosiy portlari: Jorjtaun, Nyu-Amsterdam. Chetga qand-shakar, boksit, sholi, olmos, rom, yogoch-taxta, oziq-ovqat mahsulotlari, alyuminiy oksidi chiqaradi. Chetdan turli mashinalar, neft mahsulotlari, transport vositalari, qurilish materiallari, sut mahsulotlari, un va gazlama oladi. Buyuk Britaniya, AQSH, Kanada bilan savdo qila-di. Pul birligi — Gayana dollari.

Madaniyati

tahrir

6—14 yoshdagi bolalar uchun majburiy oʻqish yoʻlga qoʻyilgan. Taʼlimning hamma turlari — bepul. 6 yillik boshlangʻich, 7 yillik oʻrta maktablar, hunar-texnika bilim yurtlari, 2 kollej bor. Oʻqituvchilar Jorjtaundagi pedagogika kollejida va 2 oʻquv markazida tayyorlanadi. Ilmiy markazlari: Gayana jamiyati, Amerika axborot markazi, Gayana xalqaro munosabatlar instituti va b. Jorjtaun universiteti, Milliy kutubxona, Gayana muzeyi mavjud. Gayanada nashr etiladigan yirik gazeta va jurnallar: "Voys of leybor" ("Mehnat sadosi", gazeta, 1980 yildan), "Gayana kronikl" ("Gayana axboroti, kundalik gazeta, 1881 yildan), "Mirror" ("Koʻzgu", haftalik gazeta, 1962 yildan), "Nyu neyshn" ("Yangi millat", haftalik gazeta, 1955 yildan), "Sander" ("Momaqaldiroq", har chorakda chiqadigan jurnal, 1950 yildan), "Sandi kronikl" ("Yakshanba axboroti", haftanoma, 1881 yildan). Gayana ijtimoiy aloqalar agentligi hukumat axborot xizmati boʻlib, u 1989 yilda tuzilgan. "Gayana brodkasting korporeyshn" hukumat radioeshittirish xizmati 1979 yilda tashkil etilgan. "Gayana televijn" hukumat telexizmati 1993 yilda tuzilgan.

Adabiyoti

tahrir

Adabiyoti ingliz tilida. Folklorni Gayana tub joy aholisi — indeyslar yaratgan, keyinchalik shakarqamish plantatsiyalarida ishlatish uchun keltirilgan negrlar va hindlar ham bu jarayonga qoʻshilgan. Yozma adabiyot 19-asrda paydo boʻldi: "Kolonist" taxallusli muallifning "Demeraradagi tungi oʻylar" lirik sheʼrlar toʻplami, qullikdan faryod chekkan S. Oliveraning sheʼrlari, T. Donning "Moʻminlarning qalb izhori" toʻplami va b. A. Seymur "Gviana ustida bulut" dostonida asosiy tarixiy davrlarni tasvirlagan. Milliy ozodlik kurashi kuchaygan paytda M. Karterning joʻshqin sheʼriyati katta ahamiyat kasb etdi. Keyingi vaqtlarda nasr rivojlanmoqda.

Mustamlaka davrining qiyinchiliklariga qaramay, professional sanʼat rivojlandi, u indeys va negr anʼanalarini oʻzida mujassamlashtirdi. Yogʻoch oʻymakorligi, naqshinkorlik, ramziy tasvirlar namunalari mavjud. Gayanadagi meʼmoriy inshootlar asosan yogʻochdan yasalgan boʻlib, ularning uslubi har xil (ispancha, gollandcha, inglizcha uslublar taʼsiri seziladi). Turar joylar, odatga kura, baland gʻishtin tirgaklar ustiga kebracho, bambuk, palma yogʻochlaridan bir qavatli qilib qurilgan. Jorjtaunda dunyodagi eng katta yogoch cherkov (meʼmori A. Blomfild) savlat toʻkib turibdi. 1945 yildan soʻng mamlakat poytaxtida zamonaviy binolar qurildi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Gayana" OʻzME. G-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES
Intern 1
OOP 2
os 45