Christoph Willibald Gluck

(Glyuk Xristof Villibalddan yoʻnaltirildi)

Christoph Willibald Gluck (1714.2.7, Erasbax, Bavariya — 1787.15.11, Vena) — avstriya kompozitori, musiqiy klassitsizmning yirik vakili. 1752 yildan asosan Venada yashab, saroy operasida dirijyor va kompozitor boʻlgan. Vena klassik maktabining ilk opera islohotchisi sifatida "Orfey va Evridika" (1762), "Alsesta" (1767), "Ifigeniya Tavridada" (1779) kabi 100 dan ortiq operalarini yaratdi. Bularning eng yetuklari gʻoyaviy va badiiy mazmundor, ifodaviy vositalari xilma-xil boʻlib, qahramonlarning kuchli his-tuygʻulari, matonatli xulqiy fazilatlari bilan ajralib turadi. G. ariya, ansambl va balet lavhalarini izchil musiqa rivojiga boʻysundirdi, ularni yirik sahnalarga birlashtirib, operaning musiqiydramatik keskinligini kuchaytirdi, saroy spektakllariga xos dabdabali yuzaki tomoshalarga barham berdi. G. fransuz hajviy opera janrida ham ijod qilgan. "Soxta choʻri" (1758), "Aldangan qozi" (1761), "Nogahon uchrashuv yoki "Makka hojilari" (1764) va b. asarlarida Sharq mavzularini ekzotik tarzda aks ettirgan.

Christoph Willibald Gluck
Tavalludi 2-iyul 1714[1]
Vafoti 15-noyabr 1787[1]
Fuqaroligi Kingdom of Bohemia[2] va Archduchy of Austria[3]

Manbalar

tahrir

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  • Levik B. V., Chet el musiqasi tarixi (maxsus muharrir T. Gʻafurbekov), T., 1984.


  NODES
os 11