Gotlar — milodning boshlarida yashagan sharqiy german qabilalaridan biri. Tarixchi Iordan (6-asr) asarida G.ning asl vatani Skandinaviya boʻlib, keyinchalik Boltiq dengizi boʻylari, Vislaning quyi oqimidagi yerlarda yashaganligi koʻrsatilgan. 2-asr oxirida janubi-sharqqa siljib, 3-asr boshlarida Shim. Qora dengiz boʻylarida oʻrnashib qolishgan. Bu yerda ular yerli skif va sarmat qabilalari bilan aralashganlar. 238 y.dan boshlab G. boshqa qabilalar bilan ittifoq tuzib, Rim imperiyasi, Bolqon, Kichik Osiyo yarim orollariga qarbiy yurishlar uyushtirishgan, 271 yilda G. Rim imperiyasining Dakiya viloyatini bosib oladi. Qora dengiz boʻyidagi va Rim imperiyasidagi shaharlarning rivojlangan madaniyati G. madaniyatining oʻsishiga katta taʼsir koʻrsatadi. G. shu davrda vestgotlar (hoz. Moldova va Ruminiyaning sharqiy tomonlaridagi yerlarda yashaydigan), ostgotlar (Shim. Kora dengiz boʻyi, Dnestrning sharqiy tomonlarida yashovchi) guruhlarga boʻlingan. 4-asr oʻrtalarida vestgotlar orasida xristianlik tarqala boshladi. 4-asrning 70-y.larida gunnlar G.ning yerlariga hujum qilishib, 375 yilda vestgot, ostgot hamda ularga qoʻshni dasht qabilalari ittifoqini tor-mor etishadi. Shundan soʻng vestgot va ostgotlarning tarixi alohida-alohida izdan ketadi.

Ad:. Iordan. O proisxojdenii i deyaniyax getov, M., 1960.

Adabiyotlar

tahrir
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES