Hasharotlar (lotincha: Insécta) – boʻgʻimoyoqli umurtqasiz hayvonlar sinfi. Yer sharida 1,5 mln.ga yaqin turi maʼlum. Turlarining koʻpligi va shakllarining xilma-xilligi jihatidan biosferada 1-oʻrinni egallaydi. Hasharot sinfi oyoqdumlilar, qoʻshdumlilar, qoʻngʻizlar, tuyaboʻyinlar, toʻrqanotlilar, kapalaklar, burgalar, termitlar, qandalalar kabi 34 turkumga boʻlinadi. Tanasining uzunligi 0,2 mm – 33 sm, odatda tashqi skeletni tashkil qiluvchi zich kutikula bilan qoplangan. Tanasi bosh, koʻkrak va qorin qismlardan iborat. Boshida bir juft murakkab koʻz va koʻzchalari, bir juft moʻylovlari (hid tuyish va sezgi orga-ni) hamda ogʻiz apparati joylashgan. Ogʻiz apparati yuqori lab, yuqori va pastki juft jagʻlardan tashkil topgan. Kemiruvchi ogʻiz apparati barcha toʻgʻriqanotlilar, qoʻngʻizlar, chumolilar va boshqalarga xos. Soʻruvchi hashoratlarda esa xartum bor. Gulshira bilan oziqlanuvchi asalaritr xartumida kemiruvchilarning asosiy belgilari saqlangan, kapalaklarda xartum spiralsimon buraladigan naydan iborat; pashshalarda u faqat soʻrishga emas, balki qattiq ozuqani qirishga ham moslashgan. Qandalalar, oʻsimlik bitlari, tripslar, koksidlar, qon soʻruvchi chivinlar va boshqa sanchib soʻruvchi ogʻiz apparati yordamida oʻsimliklarning hujayra shirasi hamda hayvon qonini soʻrib oziqlanadi. Koʻkrak qismi old, oʻrta va orqa koʻkraklarga boʻlinadi. Har bir skelet halqasi yelka (us-tidan), koʻkrak (pastki tomondan), plevralardan (biqindan) tashkil topgan. Koʻkrakning har bir boʻgʻimi (segmenti)da bir juft oyoqlari joylashgan. Oyoqlar toscha, koʻst, son, boldir va 2 tirnoqpi boʻgʻimlarga boʻlingan panjalardan tuzilgan; qanotli hasharotlarning oʻrta va orqa koʻkraklarida bir juftdan qanotlar bor. Urgʻochisi qornining uchida 11 boʻgʻimdan iborat tuxum qoʻygich, erkaklarida esa bir juft oʻsimtalar mavjud. Ovqat hazm qilish yoʻli ozuqani mexanik hamda kimyoviy qayta ishlaydigan ichaklardan tashkil topgan. Hasharotlarning individual rivojlanishi bir necha bosqichli (fazali) toʻliq yoki chala oʻzgarish (metamorfoz) bilan kechadi. Chala oʻzgarish bilan rivojlanish 3 faza (bosqich)da: tuxum, lichinka (imagoga oʻxshash) va voyaga yetgan hasharot – imago orqali amalga oshadi. Toʻliq oʻzgarish bilan rivojlanishda esa lichinka (odatda chuvalchangsimon) bilan imago oraligʻida /umbaklik davri ham kuzatiladi. Hasharotlarning hayot sikli boʻgʻin (avlod)lar soni, mavsumiy dinamikaning oʻziga xosligi va diapauza xususiyatlari bilan belgilanadi.

Tabiatda hasharotlar turli-tuman va katta ahamiyatga ega. Ular butun quruqlikni egallagan; ayniqsa sernam subtropik yerlarda koʻp tarqalgan. Koʻpchiligi yerda, qator turlari suvda yashaydi, baʼzilarining hayoti tuproq bilan bogʻliq. Hasharotlar xilma-xil mahsulotlar bilan oziqlanib, tabiatda moddalar alma-shinuvida ishtirok etadi. Hasharotlarning juda koʻp turlari oʻsimliklar zarar-kunandalari; hayvonlar va odamlarga zarar keltiradi. Oʻsimliklarni chang-latish, zararkunanda hasharot va begona oʻtlarni yoʻqotishda ham hasharotlarning roli katta (qarang Entomofaglar); foydali hasharotlardan asalari, ipak qurtlar, lak beruvchi chervetslar qimmat-baho mahsulot beradi; ayrimlari ovlanadigan hayvonlar uchun ozuqa manbai. Hashoratlar xilma-xilligi va ularning olamini entomologiya fani, foydali hasharotlardan amaliyotda foydalanish va zararkunanda hasharotlarlarga qarshi kurash usullarini qishloq xoʻjaligi entomologiyasi fani oʻrganadi.

Adabiyotlar

tahrir
  • Vrednne i poleznne nasekomne xlopchatnika i drugix selskoxozyaystvennnx kultur Oʻzbekistana. T., 1977; Selsko-xozyaystvennaya entomologiya. M., 1983; murodov S. A., Umumiy entomologiya kursi, T., 1986.




  NODES
chat 1
iOS 1
os 20