Hayotxon Ortiqboyeva
Hayotxon Ortiqboyeva (1946-yil 10-oktyabr Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston — 2025-yil 10-yanvar) – Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi (2004–2009), shuningdek, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boʻlimi mas’ul rahbari[1][2].
Hayotxon Ortiqboyeva | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1946-yil 10-oktyabr Sirdaryo viloyati, Oʻzbekiston |
Vafoti | 2025-yil 10-yanvar |
Millati | Oʻzbek |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi |
Taʼlim | Toshkent davlat pedagogika universiteti |
Kasbi | Senator |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirHayotxon Ortiqboyeva 1946-yining 10-oktyabrda Sirdaryo viloyati Guliston tumanining Yulduz qishlogʻida dehqonlar oilasida tugʻilgan. Maktabni bitirgach 1964–1969-yillarda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining tarix fakultetida oʻqigan. Dastlat, ish faoliyatini maktabda oʻqituvchilikdan boshlagan. Keyinchalik bogʻcha mudirasi, 1979–1989-yillarda „Sirdaryo haqiqati“ gazetasida boʻlim mudiri, bosh muharrir oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1989–1990-yilda „Guliston yangiliklari“ (ruscha: Гулистанские новости) gazetasida bosh muharrir lavozimida ishlagan.
1991-yildan Oʻzbekiston Xalq demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati Kengashi raisining mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari lavozimida, 1998-yildan boshlab Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Sirdaryo viloyati boʻlimining rahbari sifatida ish olib borgan[3]. 2002– 2005-yillarda Sirdaryo viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbarining oʻrinbosari vazifasida ish olib borgan[4].
Ortiqboyeva 1989-yildan beri Xalq deputatlari Sirdaryo viloyat Kengashi deputati sifatida, 2004–2009-yillarda esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzosi boʻlib faoliyat yuritgan[1][5].
Ortiqboyevaning „Koʻklam ertaklari“, „Feruza oqshomlar“, „Humolari qaytgan yurt“, „Koʻklam ertaklari“, „Oy qoʻngan ayvon“ „Humolari qaytgan yurt“, „Ne baxt bu diydor“, „Oy qoʻngan ayvon“ sheʼriy toʻplamlari nashr etilgan. Shuningdek, respublika va viloyat gazeta va jurnallarida doimiy tarzda sheʼrlari, hikoyalari, publitsistik maqolalari chop qilingan.
Hayotxon Ortiqboyeva 2025-yil 10-yanvarda vafot etgan[6].
Mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Konstitutsiyaviy islohotlar bo‘yicha kengash tarkibi tasdiqlandi“ (2022-yil 20-may). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
- ↑ https://teletype.in/@yosh_kitobxon_kitoblari_bot/lIxQGj8DJ Manba sanasi: 2020-yil 21-avgust. „Yosh kitobxon“ kitoblari
- ↑ „Senat shakllantirildi. Ilk majlis sanasi ham belgilandi“ (2020-yil 18-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
- ↑ „Hayotxon Ortiqboyeva haqida ma'lumot“.
- ↑ „IBRATLI HAYOT YO‘LI“ (2023-yil 6-mart). Qaraldi: 2024-yil 6-avgust.
- ↑ „Ўзбекистонда хизмат кўрсатган маданият ходими Ҳаётхон Ортиқбоева вафот этди“. platina.uz. Qaraldi: 10-yanvar 2025-yil.