Ikonografiya (yun. eikon — tasvir, obraz va ... grafiya) — tasviriy sanʼatda biror shaxs yoki syujetli koʻrinishni tasvirlashda belgilangan qatʼiy tartib, qoida. I. qoidalari qadimda sanʼat bilan diniy urf-odatlar, marosimlarning munosabatlari zaminida yuzaga kelgan hamda u shaxs va lavhalarni tanib olishni yengilla-tishga va ularni tasvirlash qoidalarini maʼlum diniy qarashlar bilan kelishishga yoʻnaltirilgan (maye., xristian sanʼatida Momohavo, Iso, "bayramlar" I.si). Sanʼatning yangi maz-munlar bilan boyib borishi tufayli I. qoidalari asta-sekin oʻzgarib bordi va murakkablashdi.

I.— sanʼatshunoslikda biror shaxs yoki syujetli koʻrinishni tasvirlashda belgilangan tipologik belgilar va kridalar tasnifi va tizimi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES