IndeyslarAmerikaning tub aholisi (eskimoslar va aleutlardan tashqari). Umumiy soni 35 mln. kishi (1990yillar oʻrtalari). Eng yirik xalqlari — kechua, aymara, atsteklar, mayya, guarani, araukanlar va b. Qitʼani kashf etgan Kolumb bu yerni Osiyoning bir boʻlagi — Hindiston, aholini esa hin-dular deb oʻylagan. Kolumbning xatosi aniqlangandan keyin ham qita Vest-Indiya (Gʻarbiy Hindiston), tub aholi Amerika I.i deb nomlanib kelingan. Amerika qitasini yevropaliklar tomonidan oʻzlashtirilishi natijasida koʻplab qabilalar butunlay yoxud qisman qirib tashlangan, boshqa rayonlarga siqib chiqarilgan. AQSH va Kanadada maxsus ajratilgan joy (rezervatsiya) larda yashashadi. Boliviya va Gvatemala aholisining koʻpchilik qismini tashkil qiladi. Yevropaliklar bilan aralashish natijasida metislashib ke-tishgan (k,. Metislar). Tili — indeys tillari, shuningdek, I.ning salmoqli qismi ispan (Lotin Amerikasi) va ingliz (Shim. Amerika) tillarida ham soʻzlashadi. I. antropologik jihatdan mongoloid irqqa mansub, lekin Osiyo mongoloidlaridan burunning choʻziqligi va koʻz qisiqligining yoʻqligi bilan farq qiladi. I. hozir 90 ga yaqin qabila va qabila uyushmalaridan iborat. Dindorlari —xristian katoliklar, protestantlar, shuningdek, sinkretik (aralash) dinlar va anʼanaviy diniy eʼtiqodlar ham mavjud.

I. Amerika qitʼasiga bundan 20—30 ming yillar ilgari Shim.sharqiy Osiyodan koʻchib oʻtganlari haqida arxe-ologik dalillar mavjud. Oʻsha vaqtlarda Amerika Alyaska orqali Osiyo bilan tutash edi, 10—6 ming yilliklarga kelib, tabiiy geografik sharoitning oʻzgarishi natijasida Osiyo Amerika qitʼasidan ajralib ketgan. Buni I. tilida koʻplab qad. turkiy tilga xos soʻzlar va atamalar saqlanib qolganligi ham isbotlaydi.

I. geografik yashash sharoitlariga qarab dehqonchilik, temirchilik, ovchilik bilan shugʻullanadi. Ularning koʻpchiligi xristian boʻlsalarda, to-temistik va animistik tasavvurlar kuchli saqlanib qolgan. Lotin Ameri-kasidagi koʻpgina qabilalar mustamla-kachilar tomonidan qirib tashlandi. Ularning ayrimlari oʻzlarining urf-odatlarini saqlab keldi. Meksikanlar, gvatemallar, paragvaylar, perularning millat boʻlib shakllanishida I. asosiy komponentlardan biri boʻlgan. Ayrim mamlakatlarda (mas, AQShda) I. amerikanlarga singib bormoqda. I. jahon xalqlari madaniyatiga muqim hissa qoʻshgan. Koʻpgina xalqlar kartoshka, mais, kungaboqar, kakao, tamaki yetishtirishni I.dan oʻrgangan.

Sanʼati. Markaziy Amerikada va And viloyatida yevropaliklar istilo-sigacha nafis sanʼat yaxshi rivojlangan edi, lekin istilochilar uning ta-raqqiyotini toʻxtatib qoʻydi. Ibtidoiy jamoa tuzumi sharoitidagi koʻpgina urugʻlarning sanʼati turmush va moddiy i.ch. bilan uzviy bogʻlangan edi. Unda ovchilar, baliqchilar va dehqonlarning mifologik tasavvurlari oʻz aksini topdi. I.ning boshpanasi ayvon, qub-ba va gumbaz shaklidagi Chaylalardan iborat boʻlgan. I. oʻymakorlik, kashtachilik, toʻqimachilik bilan shugʻullanadi. Turli urugʻlar orasida parranda patlaridan, keramika va yogʻochdan har xil buyumlar, figuralar tayyorlash sanʼati rivojlangan. Meksika, Boliviya, Gvatemala, Peru, Ekvadorda u mustamlakachilik davri va yangi zamon xalq sanʼati uchun zamin boʻldi.

Li.: Knorozov Yu. V., Pismennost indeysev mayya, M. — L., 1963; Karimullin A. G., Indeysi Ameriki i drevniye tyurki, M., 1996.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  NODES