Jabroil – islomda toʻrt bosh farishtadan biri (Mikoil, Isrofil, Azroil bilan birga). Diniy aqidaga koʻra, Alloh irodasini paygʻambarlarga yetkazib, vahiy keltiruvchi (xabar beruvchi), samoviy ofatlarni yer yuzida ijro qiluvchi farishta; barcha paygʻambarlarga xudo tarafidan keladigan vahiylar farishtalar ulugʻi Jabroil (as) orqali keladi. Jabroil Allohning irodasi bilan Muhammad (sav)ga Qurʼon oyatlarini yetqazib bergan. Qurʼoni karimda Jabroil „muqaddas ruh“, „olijanob elchi“ nomi bilan tilga olinadi.

Jabroil xristianlikda Gavriil nomi bilan maʼlum.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES
os 8