Kamerun (ing. Cameroon, frans. Sategoip), Kamerun Respublikasi (ing. Republic of Cameroon, frans. République du Cameroun) — Markaziy Afrikadagi davlat. BMT aʼzosi Gʻarbda Atlantika okeanining Biafra qoʻltigʻi bilan tutash. Maydon 475,4 ming km2, aholisi 28,2 mln. kishi (2023). Poytaxti Yaoundé shahri. Maʼmuriy jihatdan 10 viloyat (province)ra boʻlinadi.

Kamerun Respublikasi
ShiorPaix, Travail, Patrie
(Fransuzcha: Peace, Work, Fatherland)
Madhiya: Chant de Ralliement
(Rallying Song)
Location of Kamerun
Poytaxt Yaunde
Rasmiy til(lar) Fransuz tili
Ingliz tili
Hukumat Prezidentlik Respublika
• Prezident
Paul Biya
Philémon Yang
Mustaqillik (BMT vasiylikdagi Fransiya ma'muriyatidan)
• Sana
1-yanvar 1960
Maydon
• Butun
475,440 km2 (53-oʻrin)
• Suv (%)
0.57
Aholi
• 2002-yilgi roʻyxat
16,380,005 (59-oʻrin)
• Zichlik 34/km2
YIM (XQT) 2005-yil roʻyxati
• Butun
AQSh$31,770 mil. (93-oʻrin)
• Jon boshiga
AQSh$1,940
Pul birligi CFA Franc (XAF)
Qisqartma CM
Telefon prefiksi 237
Internet domeni .cm

Davlat tuzumi

tahrir

Kamerun — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1972-yil 2 iyundan kuchga kirgan, unga 1995-yilda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi -prezident (1982-yildan Pol Biyya). U umumiy, toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 7 yilga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — bir palatali parlament (Milliy majlis). Ijroiya hokimiyatni prezident va hukumat amalga oshiradi.

Tabiati

tahrir

Kamerun ekvatorial va shimoliy subekvatorial mintaqalarda joylashgan. Yer yuzasi shim.ga tomon pasayib boradigan yassitogʻlik (1500–2000 m). Kamerun markazida Adamaua platosi bor (eng baland joyi 3008 m). Biafra qoʻltigʻi sohilida Kamerun vulkanik massivi (4070 m) ajratib turadigan pasttekislikning kengligi 150 km cha. Qazilma boyliklari: temir rudasi, oltin, boksit, qalay, titan, neft, tabiiy gaz.

Iqlimi janubida ekvatorial, nam iqlim. Oʻrtacha temperatura fevral yoki martda 24— 28°, iyulyo avgustda 22°—24°. Yillikyogʻin ichki hududlarda 1500–2000 mm, sohilda 3000 mm dan ortiq (Kamerun massivining gʻarbiy va janubi-gʻarbiy yon bagʻirlarida — 10000 mm gacha). Kamerunning boshqa qismida iqlim — ekvatorial-mussonli, seryomgʻir, qishi quruq. Oʻrtacha temperaturaa 19°—24°, shimolida 26°—33°. Yillik yogʻin 500 mm gacha. Daryolari koʻp va sersuv, ostonali, gidroenergiyaga boy. Koʻplarida kema qatnay olmaydi. Hududining ʻ/, qismiga yaqini oʻrmon. Janubiydagi qizgʻish-sariq ferralit tuproqda doim yashil oʻrmonlar, sohilda mangra chakalakzorlari bor. Qimmatbaho yogʻoch beradigan daraxtlar (qizil, temir daraxt va b.) koʻp. Shimolidagi qizil-qoʻngʻir va qora tropik tuproklarda savanna oʻsimliklari oʻsadi. Oʻrmonlari daraxtlarda yashaydigan hayvonlar (maymunlar va b.), fil, suv aygʻiri, timsoh, ilon, qushlar va turli hasharotlarga boy. Qoʻtos, karkidon, kiyik, jirafa, arslon, gepard va b. koʻp. Hay-vonlarni saqlab qolish uchun Benue, Bubanjida, Vaza milliy bogʻlari va Bafia, Ja, Duala-Edea, Kampo qoʻriqxonalari barpo etilgan.

Aholisining koʻpchiligi bantu (duala, balundu, basa va boshqa), sharqiy bantoid (bamileke, bamum, tikar va b.) til oilalariga mansub. Rasmiy tillar — fransuz va ingliz tillari. Aholisining 45% qad. diniy eʼtiqodni saqlagan, 35% qismidan ortigʻi xristian (asosan, katolik), 20% sunniy musulmon. Aholining 41 % shaharlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Duala, Yaunde, Bafusam, Morva, Garva va boshqa.

Tarixi

tahrir

Kamerun hududidan oʻrta va yuqori paleolit davriga oid tosh qurollar topilgan. Kamerunda dastlab pigmeylar yashab, ovchilik, chorvachilik va ibtidoiy dehqonchilik bilan shugʻullangan. 16-asrning 2-yarmidan Kamerunga portugallar, gollandlar, 18-asr boshlaridan ingliz, fransuz, nemis, amerika din daʼvatkorlari (missionerlar) va savdogarlari kela boshladi. Ular kamerunliklarga tuz, gazmol, idish-tovoq, mis quymasi, spirtli ichimliklar olib kelib sotishgan. Yevropaliklar Kamerundan fil suyagi, palma moyi, murch va boshqa olib ketgan. 17— 18-asrlarda Shimoliy Kamerunda Mandora sultonligi tashkil topdi. 18-asr oxiri va 19-asr boshlarida fulbe koʻchmanchilari Shimoliy va Markaziy Kamerunda bir necha musulmon davlatlarini tuzdilar. 18-asrda Markaziy Kamerunda shakllangan Bamum davlati fulbelarga qarshi kurashdi. 18—19-asrlarda Markaziy va Janubiy Kamerunda yana bir qancha davlatlar paydo boʻldi.

20-asr boshlarida Germaniya Kamerunning shimoliy va markaziy qismlariga hukmronlik qila boshladi. Birinchi jahon urushi davrida ingliz-fransuz qoʻshinlari Kamerun hududini Germaniyadan tortib oldi (1916). Sharqiy Kamerun Fransiya, Gʻarbiy Kamerun Buyuk Britaniya nazoratiga oʻtdi. Mahalliy aholining ommaviy tashkiloti — Nigeriya va Kamerun Milliy kengashi (1944) hamda Kamerun xalklari ittifoqi partiyasi rahbarligida Kamerun xalqi mustaqillik uchun kurash boshladi.

Nihoyat, 1960-yil 1 yanvarda Sharqiy Kamerun mustaqilligi eʼlon qilinib, 13 no-yab.dan Kamerun Respublikasi deb yuritila boshladi. 1961-yil 1 oktabrda Gʻarbiy Kamerunning Kamerun Respublikasiga birlashuvi natijasida Kamerun Federativ Respublikasi (KFR) tuzildi. Mamlakat iqtisodiyotini koʻtarish choralari koʻrildi: yagona pul va oʻlchov birligi qabul qilindi; barcha siyosiy partiyalar Kamerun milliy ittifoqiga birlashtirildi. Ittifoqning 1-sʼyezdida KFRni rivojlantirish dasturi qabul qilindi. 1972-yil 20 maydagi referendum natijasida KFR Kamerun Birlashgan Respublikasi deb ataldi. 1984-yil 25 yanvardan boshlab Kamerun Respublikasi deb ataladigan boʻldi. Kamerun — 1960-yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 20 may — respublika eʼlon qilingan kun (1972).

Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari

tahrir

Respublikani himoya qilish harakati, 1991-yilda tuzilgan; Kamerun xalqi demokratik birlashmasi, 1966-yilda asos solingan; Demokratiya va taraqqiyot uchun milliy ittifoq, 1991-yilda tuzilgan; Ijtimoiy demokratik front, 1990-yilda asos solingan; Kamerun xalqlari ittifoqi, 1991-yildan oshkora ishlay boshlagan. Kamerun mehnatkashlari kasaba uyushmasi tashkiloti, 1972-yilda tuzilgan, Afrika kasaba uyushmalari birligi tashkilotiga kiradi.

Xoʻjaligi

tahrir

Kamerun — agrar mamlakat. Markaziy Afrika mintaqasida iqtisodiy koʻrsatkichlari jihatidan oʻrtacha daromadli mamlakatlar guruhiga kiradi. 1980—90-yillarda yalpi ichki mahsulotning oʻrtacha yillik oʻsish surʼatlari 7%ni tashkil etdi. Sanoat ildamroq rivojlanishi tufayli yalpi ichki mahsulot tarkibi oʻzgardi: sanoatning solishtirma salmogʻi 44%, qishloq xoʻjaligi salmogʻi 24% boʻldi.

Sanoati

tahrir

Kamerunda neft qazib oladigan va uni kayta ishlaydigan, alyuminiy, charmpoyabzal, toʻqimachilik va yogʻochsozlik sanoati korxonalari bor. Qimmatli nav yogʻoch (temir yogʻoch, qizil yogʻoch) eksport qilishda Kamerun dunyoda 6-oʻrinda turadi. Mustaqillik yillarida mamlakat oʻzini oziq-ovqat bilan toʻla taʼminlabgina qolmay, chetga ham sota boshladi. Elektr energiyaning yarmiga yaqini suv kuchi va yarmidan koʻprogʻi yoqilgʻi yordamida hosil qilinadi (yiliga oʻrtacha 2,6 mlrd. kVtsoat ).

Qishloq xoʻjaligining yetakchi tarmogʻi — dehqonchilik. Ekinzorlarning 50% dan koʻprogʻi oziq-ovqat ekinlari, 30% eksportbop ekinlar bilan band. Asosiy oziq-ovqat ekinlari: tariq, oq joʻxori, makkajoʻxori, sholi, maniok, yams, makabo, taro, banan, yer yongʻoq, sabzavot, shakarqamish, dukkaklilar. Kakao, kofe, kauchuk, tamaki, paxta, choy, moyli palma va b. ham yetishtiriladi. Kamerun shimoliy va gʻarbida koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi chorvachilik muhim rol oʻynaydi. Qoramol, qoʻy, echki, choʻchqa, parranda boqiladi. Ichki suv havzalari va Biafra qoʻltigʻida turli baliqlar ovlanadi.

Transporti

tahrir

Mamlakat ichkarisida tashiladigan yuklarning 70% temir yoʻl transportiga toʻgʻri keladi. Temir yoʻlning uzunligi 1175 km, avtomobil yoʻllarining uzunligi — 65 ming km. Asosiy dengiz porti — Duala, daryo porti — Garva, xalqaro aeroportlar — Yaunde, Duala, Garvada.

Kamerun chetga neft, yogʻoch, paxta tolasi, kauchuk, banan, yer yongʻoq, moyli palma mahsulotlari va b. chiqaradi. Chetdan mashina va asbob-uskuna, keng isteʼmol mollari, yoqilgʻi hamda moylash materiallari va b. oladi. Savdo-sotiqdagi asosiy mijozlari: Niderlandiya, Fransiya, AQSH, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Ispaniya. Pul birligi — Afrika franki.

Tibbiy xizmati

tahrir

Kamerunda shifokorlar Yaunde sh.dagi universitet tibbiyot-sanitariya markazida tayyorlanadi.

Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼri-fiy muassasalari

tahrir

6—12 yoshdagi bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Taʼlim Sharqiy Kamerunda fransuz, Gʻarbiy Kamerunda ingliz tilida olib boriladi. Bolalarning 85% oʻqishga jalb etilgan. Davlat maktablaridan tashqari xususiy maktablar ham bor. Hunar-texnika taʼlimi boshlangʻich maktab negizida tashkil etilgan. Oliy oʻquv yurtlari: Yaunde universiteti (1962), Oliy politexnika maktabi (1971), Oliy jurnalistika maktabi (1970), Milliy qishloq xoʻjaligi kolleji, Milliy maʼmuriy maktab, Milliy sport instituti, Oliy aloqa maktabi va b. Ilmiy muassasalari: Ilmiy va amaliy tadqiqotlar kengashi (1962), Fan-texnika tadqiqotlari milliy byurosi (1965), Fan rivojiga koʻmaklashish uyushmasi (1972), Afrika tillarini oʻrganish mintaqa ilmiy tadqiqot markazi, Qishloq xoʻjaligi tadqiqot instituti, Demografiya tadqiqotlari instituti, Geogr. milliy instituti, Konchilik-geol. tadqiqotlari byurosi (1959), Paxta instituti va b. Kutubxonalari: Yaundeda milliy arxiv (1952), Yaunde universiteti kutubxonasi, Oliy normal maktab kutubxonasi, Yaundedagi milliy kutubxona, Demografiya tadqiqotlari institutining kutubxonasi va b. Ebolovda Markaziy Kamerun xalqlari sanʼati muzeyi, Bafusamda bamilike sanʼati muzeyi, Fumbanda bamum sanʼati muzeyi bor .

Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi

tahrir

Kamerunda bir qancha gazeta va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Kamerun tribyun" ("Kamerun minbari", ingliz va fransuz tilidagi kundalik gazeta, 1974-yildan), "Kamerun autluk" ("Kamerun istiqboli", ingliz tilidagi xususiy gazeta, 1971-yildan), "Kamerun nuvo" ("Yangi Kamerun", fransuz tilidagi xususiy gazeta, 1984-yildan), "Kamerun tayms" ("Kamerun vaqti", ingliz tilidagi xususiy gazeta, 1960-yildan), "Ofjektif" ("Maqsad", fransuz tilidagi oylik jurnal, 1979-yildan). Kamnyus — hukumat axborot agentligi 1978-yilda tashkil etilgan. Kamerun radio va telekoʻrsa-tuvi — hukumat mahkamasi, 1988-yilda tuzilgan, umuman radioeshittirishlar 1955-yildan olib boriladi.

Adabiyoti

tahrir

Xalq ogʻzaki ijodiyoti Kamerun xalqi hayotida muhim rol oʻynaydi. 20-asr boshlarida bamum yozuvi paydo boʻlib, bu yozuvda tarix, tibbiyot va dinga oid 3 asar yaratildi. 30-yillardan mahalliy (bulu, duala) tillarda badiiy asarlar (asosan, folklor harakterida) yaratila boshladi. Hoz. adabiyoti, asosan, fransuz, qisman, ingliz tillarida boʻlib, milliy ozodlik harakati bilan chambarchas bogʻlangan. Koʻpchilik yozuvchilar moziyga murojaat etsalar ham, ularning asarlarida 20-asr 50-yillaridagi ozodlik kurashining taʼsiri sezilib turadi (E.E. Yondonning "Kamerun! Kamerun!" sheʼriy toʻplami va boshqa). Romannavislar jamiyatning turli qatlamlari hayotini koʻrsatdilar, mustamlakachilikni tanqid qildilar (Mongo Betining "Shafqatsiz shahar", "Tugallangan missiya" romanlari va hokazo). Kamerun mustaqillikka erishgach, Kamerun madaniyati jamiyati, Kamerun shoirlari va adiblari uyushmasi tuzildi. 1963-yildan madaniyat masalalarini yoritadigan "Abbia" jurnal chiqa boshladi. Adabiy asarlarda eskilik sarqitlari (koʻp xotinlik, qalin olishberish)ni fosh etish, ozodlik kurashi tarixi, yangi turmush qiyinchiliklari va b. mavzular asosiy oʻrin tutadi. Dramaturgiya durust muvaffaqiyatlarga erishdi. Shoirlardan R. Filombe, F. Senga-Kyuo, F. Bebey va b. xalq ogʻzaki ijodiyoti anʼanalarini davom ettirish bilan birga hozirgi zamon muammolarini ham qalamga oladilar. S. M. Eno-Belinganing lirik-falsafiy sheʼrlardan iborat "Negrcha niqoblar" toʻplami keyingi yillardagi salmoqli asar boʻldi.

Meʼmorligi va tasviriy sanʼati

tahrir

Loy, tosh, yogoch va bambukdan qilingan aylana, toʻgʻri burchakli, qamish tomli kulbalar, idishga oʻxshatib loydan qurilgan 6–8 m li konussimon uylar koʻp. 19-asr oxirida yirik shaharlar (Yaunde, Duala) vujudga keldi, ularda arabcha va yevropacha uslub qorishib ketgan binolar qad koʻtardi. Keyingi yillarda zamonaviy meʼmoriy inshootlar mahalliy meʼmorlarning loyihalari asosida ham qurila boshladi (Dualadagi "Kokotye" mehmonxonasi, savdo palatasi; Yaundedagi prezident qarorgohi, fransuz madaniy markazi, vokzal binolari). Kamerun xalqlari oʻrtasida yogʻoch oʻymakorligi (uy jihozlari, yogʻochdan yasalgan odam, hayvon haykalchalari va ularga naqsh solish) rivojlangan. Zamonaviy yogʻoch oʻymakorlaridan Mombe Massanga, uning ugli G. Muafo, shuningdek, Isam Kanko eng mashhurlaridir.

Musiqasi

tahrir

Kamerun aholisining milliy tarkibi xilma-xilligi musiqa madaniyatining oʻziga xosligini belgilaydi. Cholgʻu asboblari ham turlicha: urma cholgʻulardan katta-kichik barabanlar, ksilofon, balafon; torli-tirnama sozlardan ngombi, mvet, molori va b.; puflama sozlardan kakaki, sanri kabilar. Har bir xalqning qushiqlari, cholgʻu dastalari tarkibi, ijro uslubi har xil. Ayrim tumanlarda mehnat jarayoniga joʻr buladigan musiqa: baliqchilar qoʻshigʻi, makkajoʻxori uqalovchi ayollar qoʻshigʻi va b. mavjud. Ayrim qoʻshiqlar yakkaxonlikda, boshqalari joʻr ovozlikda hamda koʻp ovozliqda ijro etiladi. Koʻpgina qoʻshiqlarni raqsdan ajratib boʻlmaydi. Pigmeylarning qoʻshiq-raqs anʼanasi ham oʻziga xos. Ularning "mvet" musiqa tomoshalari gʻoyat jozibador. Xalq musiqa ijodi bilan birga anʼanaviy professional (saroy) musiqa janrlari ham rivoj topgan.

20-asrda Yevropa va Amerika musiqasining taʼsiri kuchaydi. Zamonaviy kompozitorlar, dirijyorlar, sozandalar yetishib chikdi, ashula va rake ansambllari tashkil topdi. Kamerun musiachilar va kompozitorlar uyushmasi tuzildi (1972). Folklor namunalarini toʻplash va oʻrganish yoʻlga qoʻyildi.

Teatri

tahrir

Kamerun xalqlari oʻrtasida qadimdan raqs-musiqa oʻyinlari — pantomimalar odat boʻlgan. Ayrim raqslar baʼzan tomosha sahnasiga aylanib, xalq, teatriga oʻxshab ketadi. 1955-yil Yaundeda yosh artistlar uyushmasi tashkil etildi. Truppa rahbari S. Avona oʻzining "Ebutuning uylanishi", "Ishsiz" pyesalarini sahnalashtirdi. 1961-yilda Dualada Kamerun xalq, teatri ochildi. Keyinchalik tashkil etilgan "Afrika avangardi" dramatik truppasi mahalliy mualliflarning asarlarini saqnalashtirdi. Yaunde va Dualada havaskor jamoalarning koʻriklari, sanʼat festivallari oʻtkazildi.

Kamerunda yaratilgan dastlabki filmlar etn. tusida edi: "Tam-tam Parijda" (1963, rejissyor T. Sita-Bella), "Bambilikening katta uyi" (1966, rejissyor J. P. Ngassa). 1966-yilda Axborot vazirligi huzurida kino boʻlimi ochildi. 1973-yilda kino sanoati jamgʻarmasi taʼsis etilib, filmlar yaratish uchun shu jamgʻarmadan mablagʻ berila boshladi. Rejissyor J. P. Dikong-Pipaning "Shoxlar" (1964) va "Otamni qaytarib beringlar" (1965) qisqa metrajli filmlaridan keyin "Begona bola" (1975), "Ozodlik qadri" (1979) filmlari shuhrat qozondi. Rejissyor. D. Kamva "Belanchak" va "Bizning qizimiz" nomli hajviy filmlar yaratdi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES
Intern 1
mac 1
os 66