Kattaqoʻrgʻon – Oʻzbekiston Respublikasining Samarqand viloyatidagi shahar.

Kattaqoʻrgʻon
shahar
39°53′45″N 66°15′56″E / 39.89583°N 66.26556°E / 39.89583; 66.26556
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Samarqand viloyati
Aholisi
90,600 (2 021 yil)
Vaqt mintaqasi UTC+5
Kattaqoʻrgʻon xaritada
Kattaqoʻrgʻon
Kattaqoʻrgʻon
Kattaqoʻrgʻon xaritada
Kattaqoʻrgʻon
Kattaqoʻrgʻon

Zarafshon vodiysi, Narpay kanalining chap sohilidan 485 m balandlikda joylashgan. Kattaqoʻrgʻon tumani hududida, temir yoʻl stantsiyasi o'tgan. Samarqand shahridan 88 km shimoliy-gʻarbda joylashgan. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi –2°, iyulniki 27,2°. Yillik yogʻin 282 mm ni tashkil etadi. Aholisi 76,3 ming kishi (2002).

Tarixi

tahrir

Qadimgi davri

tahrir

Koʻpgina arxeologik qazilmalar qadimgi Kattaqoʻrgʻonning boy madaniyatidan darak beradi. 1908-yilda oʻtkazilgan arxeologik qazishmalar vaktida ossuariy (sopol tobut)lar topiladi. Ossuariylarda odam suyaklari va dafn marosimlaridagi diniy urf odatlarni tasvirlovchi rasmlar saqlanib qolgan. 1958-yilda Kattaqoʻrgʻondan 7 km gʻarbdagi kondan yogʻoch sandiq qoldiqlari chiqdi. Sandiqning mis bezaklarida qad. shahar madaniyatini aks ettiruvchi rasmlarni koʻrish mumkin. Jezdan ishlangan qorachiroq va ayollar taqinchoqlari topilgan. Makedoniyalik Iskandar Samarqandni vayron qilgandan keyin, Kattaqoʻrgʻon ancha muddat Sugʻdning siyosiy markazi boʻlib turgan.

Oʻrta asrlar davri

tahrir

Kattaqoʻrgʻondan bir oz gʻarbrokda qadimgi madaniyat oʻchogʻi boʻlgan Rabinjon sh. qoldiqlari aniqlandi. XII asrda uni Xorazmshoh El Arslon egallagan. Rabinjon shahridan unchalik uzoq boʻlmagan joyda qadimiy Kushoniya shahri boʻlgan. Hozirgi Kattaqoʻrgʻon (eng qadimiy qismi „eski shahar“) XVII asrning oxirgi choragida (1683-1684) tashkil topgan.

Rivoyatlardan birida aytilishicha, shaharning paydo boʻlish tarixi amir amaldorlari – oʻzbek Ktay oilasidan chiqqan aka-uka Farhod otaliq, Alla Nazarboy va Soʻfi Olloyorlarga tegishli[1]. Soʻfi Olloyor qurilish uchun joy tanlagan va shayx huzuriga fotiha uchun ketgan. Farhod otaliq esa akasining qaytishini kutmay, tepalik ustida katta qal’a qurishga kirishgan. Qaytib kelgan Soʻfi Olloyor tepalikda katta shaharni koʻrib, hammasi usiz boshlanganidan gʻazablanib, Gʻuzor bekligiga joʻnab ketadi va u yerda 1721-yilda vafot etadi.

Bu yerdagi aholi punkti Kattaqoʻrgʻon nomi bilan mashhur boʻlib, oʻzbek tilidan „buyuk qalʼa“ deb tarjima qilingan. Farhod otaliqning oʻzi dastlab Kattaqoʻrgʻonda oilasi va xizmatkorlari bilan yashagan. Vaqt oʻtishi bilan aholi punkti kengayib, tepalik yangi hududlar bilan kengaytirilib, devor bilan oʻralgan va istehkom Oʻrda deb atala boshlagan.

Buxoro amirligi davri

tahrir

XVIII asrda Kattaqoʻrgʻon ancha katta shahar boʻlgan (170 ga joyni egallab, 25 guzarga boʻlingan). Shahar paxsa devor bilan oʻralib, 4 darvozasi boʻlgan: janub tomonida Samarqand darvoza, sharqda Aydar chavon darvoza, shimolda-Bozordarvoza, gʻarbda Buxoro darvozasi. Shahar markazida qal’a joylashgan. Masjidlar va diniy maktablar faoliyat koʻrsatgan. Aholi gʻisht pishirish, kunjut va paxta yogʻlari ishlab chiqarish, paxta tozalash, zargarlik, kosibchilik va b. hunarlar bilan shugʻullangan. Kattaqoʻrgʻon adabiy muhitiga mansub shoirlardan Shavqiy, Nodim, Xiromiy. Eshonxoja Vola, Miriy, Vidodiy, Dust va b. ijod qilgan. XIX asrda Kattaqoʻrgʻonda bitta madrasa va bir necha oʻnlab masjidlar boʻlgan. Aholisi tarkibini oʻzbeklar, arablar, tojiklar, yahudiylar, loʻlilar va boshqalar tashkil qiladi. A.Vamberining yozishicha, Kattaqoʻrgʻonda amirlikning eng yaxshi etikdoʻzlari yashagan.

Kattaqoʻrgʻonni rus bosqinchilari egallagunga qadar shahar Buxoro amirligi tasarrufida boʻlgan. 1868-yilda Buxoro amirligi magʻlubiyatga uchragach, Kattaqoʻrgʻon Rossiya imperiyasi tarkibiga kirgan. Keyinchalik Samarqand viloyatida tuman shahar maqomiga ega edi. 19-asr oxirida Krasnovodsk (hoz. Turkmanistondagi Turkmanboshi sh.)– Samarqand temir yoʻl qurilishi bilan shahar sanoati rivojlana boshladi. 1890-yil bugʻ dvigateli bilan ishlaydigan paxta tozalash va 1896-yil pressli yogʻ zavodlari ishga tushdi.

Sovet ittifoqi davrida

tahrir

Ikkinchi jahon urushi yillarida Kirsanovdan Gomel harbiy piyodalar bilim yurti Kattaqoʻrgʻon shahriga koʻchirildi.

1946-yilda suv ombori qurilishi chogʻida yaxshi loyihalashtirilgan ventilyatsiyasi va koʻplab loy xumlari boʻlgan yer osti labirint xonalari koʻrinishidagi katta zardushtiylik qabri topilgan.

Iqtisodiyoti

tahrir

Kattaqoʻrgʻonda yogʻ-moy, goʻsht, sut-moy, non, un kombinatlari, paxtachilik uchun mashinalar ishlab chiqaradigan „Paxtamash“ zavodi, gʻisht, paxta tozalash zavodlari, meva konservalash, qandolatchilik, mahalliy sanoat korxonalari, ohak, mebel, badiiy kulolchilik sexlari, madaniy, savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari ishlab turibdi. Badiiy kulolchilik buyumlari ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi, Kattaqoʻrgʻon pillachilik zavodi (grens), volframni boyitish va qayta ishlash zavodi („Ingichki Metals“ QK) faoliyat koʻrsatmoqda.

Aholisi

tahrir

2009-yilda aholi soni 76,5 ming kishini tashkil etgan. Bu Samarqand viloyatidagi ikkinchi yirik va aholisi eng koʻp shahar (Samarqanddan keyin), viloyatga boʻysunuvchi 4 ta shahardan biri.

Yil 1970 1991 2009 2017
Aholi 44 000[2] 59 600[3] 76 500[4] 80 000

Ijtimoiy obyektlar

tahrir

Shaharda bir qancha qurilish tashkilotlari, avtokorxonalar, 18 umumiy taʼlim, musiqa maktablari, pedagogika, tijorat va tibbiyot kollejlari, transport, kasb-hunar va milliy hunarmandchilik litseylari, teatr, 6 madaniyat uyi, klublar, 15 kutubxona, madaniyat va istirohat bogʻi, muzey, kasalxona, tugʻruqxona, poliklinika va dorixonalar xizmat koʻrsatmoqda.


Kattaqoʻrgʻondan Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro va Zarafshon vodiysining boshqa shaharlari, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonga avtobuslar qatnab turibdi. Toshkent – Nukus, Andijon – Dushanba temir yoʻl yoʻnalishlari shahar orqali oʻtadi. Kattaqoʻrgʻon yaqinida Kattaqoʻrgʻon suv ombori qurilgan[5].

Madaniyati

tahrir

Shaharda „Abdulhamid Majidiy“ nomli oʻzbek drama teatri faoliyat yuritadi[6]. 1970-yilda Kattaqoʻrgʻon tergov izolyatorida „Джентльмены удачи“ filmining suratga olish jarayoni boʻlib oʻtgan[7].

Manbalar

tahrir
  1. „Шаҳар тарихи“. Qaraldi: 22-sentabr 2023-yil.[sayt ishlamaydi]
  2. po БСЭ
  3. Sovremenniy tolkoviy slovar. – M.: Bolshaya Sovetskaya ensiklopediya, 1997 god.
  4. World Gazetteer: Usbekistan – die wichtigsten Städte
  5. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  6. „Abdulhamid Majidiy (1902-1938)“ (2012-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2023-yil 22-sentyabr.
  7. Скляревский, Евгений. „Редкий снимок, сделанный в Самарканде во время съёмок фильма «Джентльмены удачи»“. Письма о Ташкенте (2015-yil 18-fevral). 2015-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 24-fevral.
  NODES
os 24