Kosa (kxosa), amakosa, jan. zulu, kafrlar — Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da yashovchi bantu guruhiga mansub xalq. JARda 7,4 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari), Botsvanada 5 ming kishi yashaydi. Katta negroid irqiga mansub. Isikosa tilida soʻzlashadi. Yozuvi lotin alifbosi asosida. Dindorlari — protestantlar, anʼanaviy diniy eʼtiqodlar saqlangan. K. dehqonchilik, chorvachilik va temirchilik (qurolsozlik, zargarlik) bilan shugʻullanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES