Libido (lot. libido — mayl, istak, ehtiros) — seksologiyada jinsiy mayl. 3. Freyd psixologik tahlilining asosiy tushunchalaridan biri, koʻproq gʻayrishuuriy jinsiy maylni, umuman sevgi, istakni anglatadi. Bunday mayl murakkab psixik oʻzgarishlarga olib kelishga qodir. L. tushunchasi tibbiy, falsafiy va psixologik adabiyotlarda 19-asrning 2-yarmida M. Benediktning "Elektroterapiya" (1868), A. Mollning "Shahvoniy libidoni tadqiq qilish" (1898) va boshqa asarlarda jinsiy istak yoki jinsiy instinktni ifodalash uchun qoʻllangan. 20-asr boshida bu atama keng tarqaldi. U ongsizlikning psixologik taxlil nazariyasida atroflicha tavsiflab berilgan. Individning ongsizlikdagi ruhiy quvvati batamom sirli koʻrinishga ega boʻlib, u L.da mujassamlashadi. Individning barcha jinsiy xatti-harakatlarining namoyon boʻlishi L. orqali tushuntiriladi. Xuddi shu bois L. inson xulqining ustuvor motivi sifatida baholanadi. Hatto shaxs ijodiyotini uning L. quvvati natijasi deb izohlanadi. L.ning muayyan qismi muhabbat va doʻstlikka asoslangan juftlikka yoʻnaltiriladi, qolganlari esa shaxsning oʻziga qaratilishi bilan tavsiflanadi.

Ergash Gʻoziyev.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES