Magniy xlorat [Mg (C1O3)26H2O] — sirtdan taʼsir etuvchi defoliant, desikant. Suvda eruvchan 60% li kukun. Rangi oqish kulrang yoki qoʻngʻir. Gʻoʻza, soya, dukkakli va boshqa ekinlarning hosilini yigʻishdan avval bargini toʻkishda (qarang Defoliatsiya) va tupini quritishda (qarang Desikatsiya) koʻllaniladi. Koʻpgina gʻoʻza tuplarida 1—4 koʻsak ochilgandan soʻng defoliatsiya oʻtkaziladi. Preparat ning sarf normasi: 8–20 kg/ga, ish suyukligi traktor purkagichlari qoʻllanilganda 200 l/ga. Desikatsiyada preparatning sarf meʼyori: 25–35 kg/ga; ish suyukligi defoliatsiyada olingan sarf meʼyoriga teng. Magniy xlorat Fargʻona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasida 1965-yildan ishlab chiqariladi. Zahari kam. Sichqonlar uchun OʻD50 5300 mg/kg.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES