Moʻgʻullar istilosi — XIII asrda Chingizxon va uning avlodlari qoʻshinlarining Osiyo va Sharqiy Yevropadagi urushlari va yurishlarini anglatadi. Moʻgʻullar imperiyasining istilolari keng hududlarning vayron boʻlishiga, koʻplab xalqlarning bosib olinishiga, shaharlar va madaniy yodgorliklarning vayron boʻlishiga olib keldi. Bosib olingan yerlarda Chigʻatoy ulusi, Oltin Oʻrda, Hulokuiylar davlati va boshqa davlatlar vujudga keldi.

  Moʻgʻul istilosi

Moʻgʻul noʻyonlari harbiy tashkilot tuzib, koʻp xalqlarni bosqinchilik urushiga tortdilar. Ular qoʻshinining asosiy kuchi — koʻchmanchilardan iborat koʻp sonli va juda harakatchan otliq askarlar edi. Ular bosqinchilik urushlarida bosib olgan mamlakatlarining harbiy kuchi va texnika yutuqlaridan ham foydalanganlar. Qoʻshin birlashgan qoʻmondonlikka ega boʻlib, qattiq institutizom va yaxshi qurollanganligi hamda oʻzining jangovar sifatlari bilan qoʻshni mamlakat qoʻshinlarida,n ustun turar edi. Osiyo va Sharqiy Yevropaning juda koʻp mamlakatlaridagi ichki nizolar va rahbar tabaqaning xoinligi moʻgʻullarning osonlik bilan gʻalabaga erishishiga qoʻl keldi.

Moʻgʻullar istilosi Chingizxon boshchiligidagi moʻgʻullar davlatining tashkil topishidan boshlanib, XIII asr oxiriga qadar davom etgan. 1207—1211-yillarda Sibir va Sharqiy Turkiston xalqlari (buryatlar, yoqutlar, oyrotlar, qirgʻizlar va uygʻurlar) boʻysundirildi. Tangut davlati (Si-Sya)ga qarshi bir qancha yurishlar qilindi (1227-yilda butunlay vayron qilindi). 1211-yil Chjurchjen davlati (Shimoliy Xitoy)ga hujum boshlandi, 90 ga yaqin shaharni vayron qilib, 1215-yil Pekinni bosib oldilar. 1217-yil Xuanxe daryosining shimolidagi yerlarning hammasi moʻgʻullar qoʻliga oʻtdi.

Moʻgʻullarning Movarounnahrni istilo qilishi

tahrir

Oʻtror voqeasi va undan keyin Chingizxon elchisi Ibn Kafroj Bugʻroning oʻldirilishi, Movarounnahrga Chingizxonning bostirib kirishi uchun bahona boʻldi. Bu yurishda Chingizxon dastlab Sharqiy Turkiston va Yettisuvni zabt etdi. Chingizxonning Movarounnahrga bosqini avvaldan puxta tayyorgarlik koʻrib rejalashtirilgan edi. Chingizxon Gʻarbga harbiy yurishini boshlamasdanoq oʻz dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarligi toʻgʻrisida savdogarlar orqali toʻplagan maʼlumotlarini sinchiklab oʻrganib, Xorazmshohlar davlatinmng ichki ahvolidan toʻla voqif edi. Xorazmshohlar davlati koʻp sonli turkiy qoʻshin va yaxshi qurollangan koʻngillilar lashkari hamda yetarli oziq-ovqat zaxirasiga ega edi. Afsuski, Muhammad Xorazmshoh bilan sarkardalar oʻrtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq bunday ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Kengashda fikrlar boʻlinib ketdi. Xorazmning mashhur faqihi, muftiy Shahobiddin Xivaqiy barcha qoʻshin (400 ming askar)ni Sirdaryo boʻyiga toʻplab, uzoq yoʻl safarida toliqib kelayotgan moʻgʻullarni qarshi olish, dushmanga hali oʻzini oʻnglab olmasidan turib, bor kuch bilan katta jangda toʻsatdan zarba berish toʻgʻrisida birdanbir toʻgʻri fikr bayon qiladi. Biroq Muhammad Xorazmshohga bunday fikr maʼqul boʻlmaydi. Chunki, u oʻzining oliy lashkarboshilaridan boʻlgan qipchoq lashkarboshilarga tamoman ishonchsizlik bilan qarar edi. Shuning uchun ham u katta qoʻshinni bir joyga toʻplashdan va ular fursatdan foydalanib uni taxtdan agʻdarib tashlashlaridan qoʻrqar edi. Askariy kuchini qalʼa va istehkomlarga boʻlib yuborib, ayrim shaharlarni moʻgʻullarga qarshi qoʻyish bilan dushmanga zarba bermoqchi boʻldi. Xorazmshoh moʻgʻullarning asosiy zarbasi Movarounnahrning Zarafshon vodiysiga qaratilsa kerak degan fikr bilan Samarqand va Buxoro shaharlarini mustahkamlashni buyurdi. Samarqandning tashqi devorini qayta qurish maqsadida shahar aholisidan hatto bir yil ichida 3-marta xiroj ham yigʻib olinadi. Barcha koʻrilgan choratadbirlarga qaramasdan xorazmshox. hujumga tayyor emas edi. 1219-yilning kuzida Chingizxon xorazmshoh saltanatiga qarshi yurish boshladi. Jami askari 200 mingga yaqin boʻlgan moʻgʻullarga uygʻur xoni Idiqut va Olmaliq hukmdori Sigʻnoq teginlar ham oʻzlarining harbiy kuchlari bilan qoʻshilgan edi. Chingizxon Oʻtror shahri yaqinida, Movarounnahr va Xorazmni qisqa muddat ichida zabt etish uchun qoʻshinini 4 qismga boʻladi. Uning bir qismini oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoy boshchiligida Oʻtrorni qamal qilish va uni egallash uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Joʻji boshliq etilib, Sirdaryo etagi tomon yuboriladi va unga Sigʻnoq, Oʻzgan, Barchinligʻkent, Jand, Yangikent va boshqa shaharlarni bosib olishni buyuradi. 5 ming kishilik uchinchi qoʻshinni Oloq noʻyon hamda Suketu-cherbi qoʻmondonligida Banokat va Xoʻjand shaharlari tomon yuboradi. Chingizxonning oʻzi asosiy kuchlari bilan Qizilqum orqali Buxoro tomon lashkar tortadi. Inolchiq rahbarligida oʻtrorliklar shaharni mudofaa qilib 5 oy davomida oʻz qoʻllarida ushlab turadilar. Nihoyat moʻgʻullar shaharni egallashga muvaffaq boʻladi. Aholini shahardan tashqariga haydab chiqaradilar va qatl etadilar, shaharni esa talaydilar. Shu asnoda Buxoroga yoʻnalgan Chingizxonning asosiy kuchlari yoʻlda Zarnuq va Nur qalʼalarini ishgʻol qiladilar. 1220-yil fevralda Chingizxon Buxoroga yetib boradi (qarang Buxoro mudofaasi). Moʻgʻullar Buxoroni vayron qilgandan keyin Samarqandga yoʻl oldi. Chingizxon Buxorodan haydab keltirgan asirlardan tashqari oʻgʻillari Chigʻatoy va Oʻqtoylarning Oʻtrordan olib kelgan bandilarini ham Samarqand qamaliga safarbar etadi (qarang Samarqand mudofaasi), Muhammad xorazmshoh Subutoy bahodir va Jebe noʻyon bosh boʻlgan moʻgʻul qoʻshinining taʼqibidan qochib, Kaspiy dengizining janubidagi orollardan birida panoq topadi va sal vaqt oʻtmay gʻariblikda zotiljam kasali bilan va-fot etadi. Bu davrda moʻgʻullarning Joʻji boshliq askariy qismlari Sirdaryo etaklarida bosqinchilik qilmoqda edi. Joʻji shaharni jangsiz taslim boʻlishini talab qilib, Sigʻnoqqa elchi sifatida yuborgan Hasanxoja ismli savdogarni sigʻnokliklar oʻldiradilar. Bundan dargʻazab boʻlgan Joʻji shaharga hujum boshlaydi. Bosqinchilar shaharni talab, aholisini bitta qoldirmay qiradi. Bu voqeadan dahshatga tushgan Oʻzgan shahri aholisi moʻgʻullarga jangsiz taslim boʻladi, ammo, Barchinligʻkentni olishda yana kuch ishlatadilar. 1220-yil Jandga hujum boshlaydilar. Jand noibi Qutlugʻxon shaharni tashlab Xorazmga qochadi. Bosqinchilar Jandni qarshiliksiz egallab, uni talaydilar. Aholisining qurollangan qismi qatl etilib, shahar vayron qilinadi. Bu vaqtda Oloq noʻyon, Suketu cherbi va Toʻgʻay kabi moʻgʻul sarhanglari 5 ming qoʻshin bilan Banokat va Xoʻjand shaharlari ustiga yuradi. Banokat himoyachilari qilichdan oʻtkazilib, qolganlari qullikka mahkum etiladi. Shahar zabt etilgach, navbat Xoʻjandga keladi. Asli nasabi turk boʻlgan Temur Malikning shaxsiy qaxramonligi bilan xoʻjandliklar moʻgʻullarga kutilmagan qarshilik koʻrsatadilar. Juvayniy va Rashiduddinlarning asarlarida Xoʻjand qamalida 20 ming moʻgʻul va 50 ming asir qatnashganligi aytilgan. Biroq, himoyachilarning kuchi teng boʻlmaganligidan Temur Malik shaharni tashlab chiqib ketishga majbur boʻladi. 1220-yilning yozida Movarounnahr janubida shu vaqtgacha bosib olinmagan shaharlarni zabt etishga Chingizxonning shaxsan oʻzi kirishadi. Avval u Nasafga bostirib kiradi. Shaharliklar dahshatga tushib shahar darvozalarini ochib beradilar. U Termizga askar tortadi. Termizning noibi Faxriddin Habash qattiq qarshilik koʻrsatadi. Termiz shahri va aholisi ham moʻgʻullarga qarshilik koʻrsatgan boshqa shaharlar fojiasini boshidan kechirdi. Sirdaryo havzasi, Zaraf-shon va Qashqadaryo vohalari, Amudaryo oʻrta oqimining oʻng sohili viloyatlari zabt etilgach, Chingizxon asosiy kuchni xorazmshoxlar davlatining markazi Gurganjga tashlaydi. Bu harbiy kuchni Chingizxonning oʻgʻillari Joʻjixon, Chigʻatoyxon va Oʻqtoyxonlar boshqaradi (qarang Urganch mudofaasi). Xorazmshohlar davlati bosib olingach, moʻgʻul jangarilari oʻz kuchini yirik savdo va madaniyat markazlari boʻlmish Balx, Hirot, Marv va Gʻazna kabi shaharlarga yoʻnaltiradi. Ammo bu yerda ular Jaloliddin Manguberdinnnt qattiq qarshiligiga uchraydi. Moʻgʻul qoʻshinining atoqli jangchilari Jaloliddinga qarshi tura olmaydilar. Moʻgʻullarning Parvon dashtidagi magʻlubiyatidan keyin (qarang Parvon jangi) Chingizxon harbiy harakatlarni shaxsan oʻzi boshqaradi. Chingizxon Gʻaznaga lashkar tortadi. Jaloliddin esa urushsiz Sind (Hind) daryosi sohillariga chekinadi. Daryo boʻyida 1221-yilning noyabrda ikki oʻrtada qattiq jang boʻladi. Moʻgʻullarning pistirmaga qoʻygan 10 ming nafarli saralangan lashkari jang oqibatini hal qiladi (qarang Sind daryosi boʻyidagi jang). Raqibining jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon uni taʼqib qilish fikridan qaytadi. 1225-yilga kelib, moʻgʻul qoʻshinlarining asosiy qismi Moʻgʻulistonga qaytib ketdi.

Moʻgʻullarning Yevropaga hujumi

tahrir

Jebe noʻyon va Subutoy bahodir qoʻmondonligidagi moʻgʻul qoʻshini gʻarbda urushni davom ettiradi va shimoliy Eron orqali Zakavkazyega bostirib kirdi. Gruziya va Ozarbayjonning bir qismini vayron qildi. Kaspiy dengizi sohili boʻylab harakat qilib, alanlar yeriga bostirib kirdi va ularni tormor keltirdi (1222). 1223-yil 31-mayda Kalka jangida moʻgʻullar birlashgan rusqipchoq qoʻshinini yengib, uni Dnepr daryosi etagigacha quvib, keyin Oʻrta Volgaga chekindi. Biroq, Volgakama Bulgʻoriyasida magʻlubiyatga uchrab, Moʻgʻulistonga qaytib ketdi (1224). Bu moʻgʻul otliq askarlarining kelgusida gʻarbga qilinadigan yurishlari oldidan olib borgan razvedkasi edi. Chingizxon vafot etgach (1227), Oʻqtoyni Ulugʻ xon (qoon) deb koʻtargan qurultoy (1229) dan soʻng Moʻgʻullar istilosi 2 yoʻnalishda olib borildi. Sharqsa Shimoliy Xitoy toʻla bosib olindi (1231—34) va Koreya bilan urush boshlandi (1231— 32). Moʻgʻullar bir qancha yirik yurishlar (1236, 1254, 1255, 1259) dan soʻng 1273-yil Koreyaning kattagina qismini bosib olishga muvaffaqboʻlgan. 1229-yil Subutoy bahodir 30 ming kishilik qoʻshini bilan Yoyiq daryosi boʻyiga chiqdi. Joʻji ulusining hukmdori Botuxon qoʻshini bilan birgalikda Kaspiy boʻyi dashtlaridan saksin va qipchoqlarni siqib chiqarishga erishdi. 1232-yil moʻgʻul qoʻshinlarining Volgakama Bulgʻoriyasiga yorib kirishga urinishlari bekor ketdi. Joʻji ulusining kuchlari bilan gʻarbga qilingan hujum qam natija bermadi. 1235-yil qurultoy chaqirilib, unda boshqa uluslar harbiy kuchlarini Botuga yordamga yuborishga qaror qilindi. 14 moʻgʻul xoni ishtirok etib qoʻshinning umumiy soni 150 mingga yetdi. 1236-yil kuzida moʻgʻul qoʻshinlari yana Volgakama Bulgʻoriyasiga qujum qilib, uni vayron qildi. Ular 1237-yilning bahori va yozida alanlar, qip-choqlar va Oʻrta Volgaboʻyi xalqlari bilan urushni davom ettirib, kuzda Shim.-Sharqiy Rusga yurish qilish maqsadida hozirgi Voronej atrofiga toʻplandi. 1237-yil qishning boshlarida Botu Ryazan knyazligiga hujum qiddi, 6 kunlik qamaldan soʻng Ryazan taslim boʻldi. 1238-yil Kolomna ostonasida Vladimir knyazligi askarlarini tor-mor qildi. Moʻgʻul qoʻshinlari Kolomna va Moskvani vayron qilish bilan birga 1238-yil fevral oyi mobaynida 14 rus shaxrini (Rostov, Uglich, Yaroslavl, Kostroma, Kashin, Ksnyatin, Gorodets, Galich-Mer-skiy, Pereyaslavlzalesskiy, Yuryev, Dmitrov, Voloklamskiy, Tver, Tor-jok)ni bosib oldi. 1240-yil kuzida Janubiy Rusga yurish boshlandi. Dekabrning oxirlarida Kiyev, Vladimirvolinskiy, Galich va boshqa shaharlar bosib olindi.

1241-yil bahorida moʻgʻul qoʻshinlari rus hamda Sharqiy Yevropaning boshqa xalqlari koʻrsatgan qahramonona qarshiligiga qaramay, Gʻarbga tomon ilgariladi. Botu qoʻshinining asosiy qismi Karpat dovonlari orqali Vengriyaga kirib bordi va qirol Bela IV ning 60 minglik qoʻshinini tormor keltirdi. Vengriya poytaxti — Pesht shahri ishgʻol etilib, vayron qilindi, mamlakatning koʻp qismi harobaga aylantirildi. Baʼzi moʻgʻul otryadlari Sharqiy Chexiyagacha kirib bordi, Birok qirol Vatslav I tomonidan qattiq qarshilikka uchrab orqaga qaytdi. 1241-yil oxirlarida Botu oʻz qoʻshinining Avstriya va Xorvatiya orqali Adriatika dengizi tomon boshladi. 1242-yil sohilda joylashgan qalʼalarni zabt eta olmagan Botu Bosniya, Serbiya va Bolgariya boʻylab orqaga qaytgan. Shunday qilib moʻgʻullarning Markaziy Yevro-paga qilgan hujumi tugadi.

Moʻgʻullar istilosi Gʻarbda — Kichik Osiyo va Yaqin Sharkda uzoq muddatga choʻziddi. Moʻgʻullar Zakavkazyeni bosib olgach, Koʻniya sultonligink tormor keltirdi. 1256-yilda Huloku Eron va Mesopotamiyani, 1258-yil esa Arab xalifaligining poytaxti — Bagʻdodni boʻysundirdi. Moʻgʻullar Suriyani ishgʻol qilib, Misrga qarshi hujumga tayyorlana boshladilar. Biroq, 1260-yil Misr sultoni qoʻshinlari bilan boʻlgan jangda magʻlubiyatga uchraganlar. Moʻgʻullar istilosi Gʻarbda shuning bilan tugadi.

13-asrning 2-yarmida moʻgʻullar Sharq va Jan.-Sharq mamlakatlarini zabt qilishga kirishdi. Moʻgʻul qoʻshinlari Janubiy Sun imperiyasiga chegaradosh Dali davlati (1252—53) va Tibet (1253)ni bosib oldi. 1258-yil moʻgʻul qoʻshinlari har tomondan Janubiy Xitoyga bostirib kirdi, biroq Mun/sening toʻsatdan vafot etganligi tufayli Janubiy Sun imperiyasini zabt etish kechikdi. 1267— 79 yildagina Janubiy Xitoy yangi Ulugʻ xon — Xubilay tomonidan ishgʻol qilindi. 1281-yil Yaponiyani bosib olish maqsadida 1000 kema, 100 ming kishilik Koʻshin joʻnatilgan. Ammo, mazkur flot toʻfonda qolib gʻarq boʻlgan. Moʻgʻullar oʻzlarining Jan.Sharqiy Osiyoga qilgan yurishlarida Xitoy armiyasi va flotidan foydalangan boʻlsalarda, muvaf-faqiyatga erisha olmaganlar. Moʻgʻul-xitoy qoʻshinlari bir necha yurishlar (1277 i. 2-marta va 1282, 1287-yillarda) dan soʻng Birmani ishgʻol qildi, biroq tezda (1291) u yerdan haydab chiqarildi. Moʻgʻul-xitoy qoʻshinlari va floti bir necha marta Vyetnamga hujum qilib (1257, 1258, 1284, 1285, 1287-88), uni boʻysundira olmadi. Tyampu davlati (Hindixitoyning janubi-sharqida) ham oʻz mustaqilligini moʻgʻullardan himoya qila oldi. Moʻgʻullar istilosi 1300-yil Birmaga qilingan yangi yurishdan soʻng tugadi.

Moʻgʻullar istilosi davrida tarixiy va madaniy yodgorliklar vaxshiylarcha yakson qilindi. Moʻgʻullar istilosi va hukmronligi davrida magʻlub va mazlum boʻlgan xalqlarning yagona halokati shu boʻldiki, ular dushmanga qarshi barcha ichki nizolarni chetga surib, birgalikda kurashning zarurligini anglab yetmadilar.

Рашидаддин, Сборник летописей, т. 1-3, М. Л., 1952-1956.

Adabiyot

tahrir
  • Бартольд В.В., Туркестан в эпоху монгольского нашествия, Сочинения, Т.1, М., 1963;
  • Владимирцов В.Я., Общественных строй монголов, Л., 1934;
  • История Монгольской Народной Республики, M., 1954;
  • Чулууни Далай, Монголия в XIII—XIV веках, перевод с монгольского, M., 1983;
  • Семёнов В.Ф., Ўрта асрлар тарихи, [русчадан таржима], Т., 1973.

Abdulahad Muhammadjonov, Shodmonqul Pirimqulov[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES