Moldavan tiliroman tillaridan biri, Moldova Respublikasida va unga qoʻshni davlatlarda tarqalgan; 3 mln. ga yaqin kishi soʻzlashadi. Shevalari shim.-gʻarbiy, shim.-sharqiy, markaziy va jan.-gʻarbiy guruxdarga ajratiladi. Rumin va moldova tillari bir xil til deb hisoblanadi. Sovet davrida rumin tili kirill alifbosida yozilib, “moldova tili” deb atalgan va sovet olimlari uni mustaqil til deb bilishgan. Hozirda u rumin yoki moldova deb ataladi. Faqat adabiy meʼyor sohasida, xususan, fonetikada (talaffuz jonli tilga yaqin) va leksikada (rus tilidan oʻzlashgan soʻzlar koʻp) baʼzi tafovutlar kuzatiladi. Moldavan tilida 4 artikl, lablanmagan unlilardan I, E, diftonglar, 2 ta grammatik jins kategoriyasi mavjud.[1]

1989-yilda lotin alifbosi asosidagi yozuvga oʻtish haqida qaror qabul qilingan.[2]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir




  NODES