Nasx (arabcha: bekor qilish) — Qurʼon oyatlaridan ayrimlarining qiroati va yozuvini oʻzgarishsiz saqlagan holda, ularni faqat amaldan qoldirish, tatbiq etmaslik. Shu kabi oyat — „mansux“ (bekor qilinuvchi), uni bekor qiluvchi oyat — „nosix“ deb ataladi. Islom tarixiga koʻra, Qurʼon oyatlari yaxlit emas, balki vaqt-vaqti bilan, zarurat va ehtiyojga koʻra, 23 yil mobaynida nozil qilingan. Bu asnoda shariatning ayrim hukmlari oyat va hadislar koʻrsatmasi bilan yangilanib turgan. Shuning uchun baʼzi oyatlar mazmuni bir-biriga zid tuyuladi. Bunday vaqtda ulardan qaysi biri keyin nozil qilingan boʻlsa, oʻshanisi nosix, oldin nozil qilingani esa, mansuxdir.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
os 9