Nikaho (yaponcha: にかほ市 Nikaho-shi?) Yaponiyaning Akita prefekturasida joylashgan shahardir. 2019-yil 31-dekabr holatiga koʻra, shaharda 9371 xonadonda 24291 nafar aholi istiqomat qilgan, aholi zichligi esa har kvadrat kilometrga 100 nafarni tashkil qiladi[1]. Shaharning umumiy maydoni 241,13 kvadrat kilometr (93,10 mi²) ga teng.

Nikaho

にかほ市
Shahar
Skyline of Nikaho
Nikaho
Bayroq
Nikaho
Gerb
39°12′10.8″N 139°54′27.8″E / 39.203000°N 139.907722°E / 39.203000; 139.907722
Mamlakat Yaponiya
{{{mintaqa_turi}}} Tohoku viloyati
Asos solingan 1955-yil 31-mart
Maydon 24,113 km2 (9,310 kv mi)
Iqlim turi nam subtropik iqlim
Rasmiy til(lar)i yapon
Aholisi
 (2019-yil dekabr)
24 291
Zichligi 100 kishi/km2
Vaqt mintaqasi UTC+9:00
Nikaho xaritada
Nikaho
Nikaho
Nikaho va Chokay togʻi

Geografiyasi

tahrir

Nikaho Akita prefekturasining eng janubi-gʻarbiy burchagida joylashgan boʻlib, gʻarbda Yapon dengizi va janubda Yamagata prefekturasi bilan chegaradosh. Shaharning bir qismi Chokai Kvazi-milliy bogʻi chegaralarida joylashgan[2].

Qoʻshni munitsipalitetlar

tahrir

Iqlimi

tahrir

Nikaho nam subtropik iqlimga ega (Köppen iqlim tasnifi Cfa), katta mavsumiy harorat farqlari kuzatiladi, issiq (va koʻpincha nam) yoz va sovuq (baʼzan qattiq sovuq) qish fasli bu hudud iqlimiga xosdir. Yogʻingarchilik yil davomida sezilarli boʻlsa-da, lekin avgustdan oktyabrgacha eng kuchli darajasi qayd etilgan. Nikaxoda oʻrtacha yillik harorat 13,0 °C ni tashkil etadi. Yillik oʻrtacha yogʻingarchilik 1877 mm boʻlib, sentyabr esa eng seryogʻin oy hisoblanadi. Avgustda eng yuqori harorat 24,4 °C, eng past harorat esa yanvarda, −0,9 °C atrofida boʻladi[3].

Nikaho (1991−2020) iqlimi
Koʻrsatkich Yan Fev Mart Apr May Iyun Iyul Avg Sen Okt Noy Dek Yil
Mutlaq maksimal, °C 16,5 20,0 23,0 28,8 28,5 34,4 37,4 38,1 38,2 32,3 24,1 21,7 38,2
Oʻrtacha maksimal, °C 5,1 5,4 8,4 13,8 18,9 22,7 26,4 28,7 25,3 19,6 13,8 8,2 16,4
Oʻrtacha minimal, °C −0,2 −0,3 1,7 5,8 11,3 15,8 20,3 21,6 17,7 11,8 6,4 2,0 9,5
Mutlaq minimal, °C −6,8 −8,7 −5,8 −2,4 3,6 7,2 12,0 12,7 8,8 3,1 −4,5 −6,4 −8,7
Yogʻingarchilik meʼyori, mm 126,8 87,6 90,3 86,4 93,8 105,9 166,5 160,1 152,4 166,5 175,3 169,8 1 567,9
Manba: Yapon Meteorologiya Agentligi[4][5]

Demografiyasi

tahrir

Yaponiya aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra[6], Nikaho aholisi soni soʻnggi 30 yil ichida kamayib bormoqda.

Aholining oʻsishi
YilAholi±%
192020,229—    
193022,958+13.5%
194027,215+18.5%
195035,706+31.2%
196035,414−0.8%
197030,542−13.8%
198031,428+2.9%
199031,838+1.3%
200030,347−4.7%
201027,545−9.2%
202023,435−14.9%

Tarixi

tahrir

Edo davrida hozirgi Nikaho hududi Tokugava syogunati ostida Kubota domenini boshqargan Satake sulolasi hukmronlik qilgan qadimgi Ugo viloyatining bir qismi boʻlgan. Meidzi davri boshlangandan soʻng, u 1878-yilda zamonaviy munitsipalitetlar tizimining tashkil etilishi bilan Yuri tumani, Akita prefekturasi tarkibiga kiritildi. Hirasava qishlogʻi 1889-yil 1-aprelda tashkil etilgan va 1902-yil 4-iyunda shaharcha maqomiga koʻtarilgan. 1955-yil 31-martda Koide va Innai qishloqlari bilan birlashgandan soʻng uning maqomi Nikaho shahriga oʻzgartirildi.

Nikaho shahri 2005-yil 1-oktabrda qoʻshni Kisakata va Konoura shaharlari bilan qoʻshilishi natijasida tashkil etilgan.

Hukumat

tahrir

Nikaho toʻgʻridan-toʻgʻri saylanadigan mer va 18 aʼzodan iborat bir palatali shahar qonun chiqaruvchi organiga ega boʻlgan mer-kengash boshqaruv shakliga ega. Shahar Akita prefekturasi assambleyasiga bir aʼzo qoʻshish huquqi mavjud. Milliy siyosat nuqtai nazaridan, shahar Yaponiya Diet quyi palatasining 3-Aichi tumani tarkibiga kiradi.

Iqtisodiyoti

tahrir
 
Bolalar ferrit (temir) va fan muzeyi

Nikaho iqtisodiyoti baliq ovlash tijorati va qishloq xoʻjaligiga asoslangan. Sanoat asosi TDK elektronika firmasining yirik zavodini oʻzida qamrab oladi.

Taʼlim tizimi

tahrir

Nikahoda shahar hukumati tomonidan boshqariladigan toʻrtta davlat boshlangʻich maktabi va uchta davlat oʻrta maktabi shuningdek, Akita prefekturasi taʼlim kengashi tomonidan boshqariladigan bitta davlat oʻrta maktabi faoliyat yuritadi.

Transporti

tahrir

Temir yoʻl

tahrir

  Sharqiy Yaponiya temir yoʻl kompaniyasi — Uetsu magistral liniyasi

  • Kosagava - Kamihama — Kisakata — Konoura - Nikaho

Magistral yoʻl

tahrir
  • Nihonkai-Tōhoku tezkor yoʻli
  • Milliy yoʻli 7
 
Kisakata Kujukusima orollari manzarasi

Chokai togʻi

tahrir

Chokay togʻi Akita prefekturasi va Yamagata prefekturasi oʻrtasidagi chegarada joylashgan faol boʻlmagan vulqondir. U 2236 metr balandlikka ega boʻlib, Tohoku hududidagi ikkinchi eng baland togʻ hisoblanadi. Bu togʻ changʻichilar, sayyohlar va alpinistlar orasida mashhur.

Akita tomondan Chokai togʻiga chiqish uchun ikkita asosiy yoʻl bor. Bitta yoʻl boshi Nikaho shimolidagi Akitadagi Yurihonjo shahrida boshlanadi. Ikkinchisi, Nikahoda, Nakajima toʻxtash joyidan boshlanadi. Nakajimadan bir tomonlama harakatlanish odatda 4 soat davom etadi va Yaponiya dengizi qirgʻoqlari hamda Nikaho hududining yam-yashil oʻsimliklarining ajoyib manzaralarini koʻrish imkonini beradi.

Togʻning oʻziga xos Alp togʻlari oʻsimliklari dunyosi bor, masalan, Chokai qushqoʻnmasi yoki Chōkai Fusuma (yaponcha: チョウカイフスマ?) oʻsimliklari shunday endemiklar sirasiga kiradi.

Mahalliy hunarmandchilik, sanʼat va oziq-ovqat

tahrir
  • Sake (guruch sharobi)
    Shaharda bitta mustaqil sake pivo zavodi bor: Hiraizumi (yaponcha: 平泉?)
  • Hatahata Zushi (yaponcha: はたはたずし?)
    xom hatahata baliqlaridan tayyorlangan mahalliy sushi turi.
  • Oyster va abalone (dengiz mahsulotlari)
    Nikaho qirgʻoqlaridan ovlanadigani oyster va abalone bilan mashhur.
  • Karinto
    mahalliy jigarrang shakar bilan qoplangan konfet.
  • Chōjin Neiger (yaponcha: 超人ネイガー?)
    Nikahoda tugʻilgan super qahramon nomi bilan nomlanuvchi shirinlik.

Qardosh shaharlar bilan munosabatlari

tahrir

Nikahoning taniqli odamlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. Nikaho City official statistics (yaponcha)
  2. „Natural Parks of Akita Prefecture“ (yaponcha). Akita Prefecture. 2013-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 29-fevral 2012-yil.
  3. Nikaho climate data
  4. „ja:観測史上1~10位の値(年間を通じての値)“. JMA. Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  5. „ja:気象庁 / 平年値(年・月ごとの値)“. JMA. Qaraldi: 28-fevral 2022-yil.
  6. Nikaho population statistics
  7. „International Exchange“ (inglizcha). List of Affiliation Partners within Prefectures. Council of Local Authorities for International Relations (CLAIR). 2015-yil 21-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-noyabr 2015-yil.

Havolalar

tahrir
  NODES
INTERN 2