Nodir Eliboyev

oʻzbekistonlik futbolchi

Nodir Bahodirovich Eliboyev – oʻzbekistonlik futzalchi[2][3][4].

Nodir Eliboev
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 2-oktyabr 1982-yil (1982-10-02) (42 yosh)[1]
Tavallud joyi Navoiy
Ampluasi Bosh murabbiy
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
Oʻzbekiston BMB
Milliy terma jamoa
2017— Oʻzbekiston
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futboldagi faoliyati

tahrir

1983-yil 2-oktyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 2005-yilda „Naytov“ havaskor jamoasi tarkibida mini-futbol boʻyicha Oʻzbekiston kubogida ishtirok etgan. Keyinchalik, „Stroitel Zarafshon“ klubiga qabul qilingan. 2007-yilda „Paxtachi“ futzal klubiga oʻtgan va koʻp oʻtmay, „Stroitel Zarafshon“ klubiga qaytgan. 2009—2011-yillarda „Bunyodkor“da, 2011—2012-yilgi mavsumda „Ardus“da, 2012—2013-yili „Lokomotiv“da toʻp tepgan. 2013—2014-yilgi mavsumni esa Qozogʻistonning „Oʻzenmunaygaz“ jamoasi tarkibida oʻtkazdi. 2014-yilda „Doʻstlik-AIN“ jamoasi boshligʻi Xolbek Yoʻldoshev taklifi bilan ushbu jamoaga qoʻshildi.

Toshkentning „Ardus“ klubida toʻp tepgan. José María Méndez taklifi bilan milliy futzal terma jamoasiga chaqirilgan. Toshkent shahrida oʻtgan 2010-yilgi va 2016-yilgi jahon chempionatida milliy terma jamoa safida oʻynagan[5][6][7].

Murabbiylik faoliyati

tahrir

2016-yilda faoliyatiga yakun yasadi va murabbiylikni boshladi[8]. „Ardus“ jamoasida katta murabbiy lavozimida ishladi. 2021-yildan buyon „BMB“ klubi bosh murabbiyi[9].

Yutuqlari

tahrir

Futzal boʻyicha 2010-yilgi Osiyo chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.

Futzal boʻyicha 2016-yilgi jahon chempionatida kumush medal sohibi boʻlgan.

Manbalar

tahrir
  NODES