Nyufaundlend - Atlantika okeanidagi orol. Shimoliy Amerikaning sha-rqiy qirgʻoqlari yaqinida, Kanadaga qarashli Nyufaundlend provinsiyasi tarkibida. Maydoni 111 ming km². Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Ayrim te-paliklarining balandligi 200–300 m, eng baland joyi 814 m. Koʻl va botqoklik koʻp. N. materikdan antropogen davrida ajralgan. Iqlimi moʻʼtadil, dengiz iklimi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —4° dan — 10° gacha, iyulniki 10—15°. Yiliga 750–1500 mm yogʻin yogʻadi. N., asosan, igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Gro-Morn va Terra-Nova milliy boglari tashkil etilgan. Baliq ovlanadi, yogʻoch tayyorlanadi. Bosh shahri — Sent-Jons. N. soxillariga dastlab yevropaliklardan 11-asrda normannlar borganlar.[2]

Nyufaundlend
Geografiya
Maydoni 108 860 km2
Dengiz sathidan balandligi 814 m.
Eng baland nuqtasi The Cabox
Ma'muriyat
Davlat Kanada
Mintaqa Nyufaundlend va Labrador
Demografiya
Aholisi 479 538[1]
Qo'shimcha ma'lumot

Manbalar

tahrir
  1. (unspecified title)Statistics Canada.
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES