Ostonaqul qoʻshbegi— (chigʻatoycha: آستانه قولى بك‎; 1860, Buxoro amirligi — 1923, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi) Muhammad Sharif oʻgʻli davlat va harbiy arbob[1], diplomat, devonbegi, bosh zakotchi, moliya vaziri, bosh vazir[2] . Qarshi va Chorjoʻy viloyatlari hokimi (1879—86). U Buxoro amirligida qoʻshbegi — bosh vazir (1886 — 1910) lavozimiga ko‘tarilgach, amir Abdulahadxon barcha davlat ishlarini unga topshirib, oʻzi Karmanada oʻtirgan. Ostonaqul qoʻshbegi amir nomidan faoliyat yuritib, Rossiya imperiyasining Buxorodagi siyosiy agenti bilan muomala qilgan. Bir necha marta Rossiyaga borgan.

Ostanaqulbiy
chigʻatoycha: آستانه قولى بك
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi Buxoro amirligi
Vafoti Buxoro Xalq Sovet Respublikasi
Otasi Muhammad Sharif
Dini Shia

Amirlik hududida sovet hokimiyati oʻrnatilgach, Ostonqulbiy Buxoro Xalq Sovet Respublikasining vaqflar ishlari boʻyicha boʻlimiga rais etib tayinlanadi.

Kelib chiqishi

tahrir

Ostonqulbiyning asl kelib chiqishi eroniylarga borib taqaladi. Uning otasi Muhammad Sharif amirlikda davlat va harbiy arbob, diplomat, bosh zakotchi va inoq martabasiga ega boʻlgan. Ostonqul biyning bobosi Mulla Muhammadbiy amir Muzaffarning eng yaqin kishilaridan biri bo‘lib, qullikdan Buxoro maʼmuriyati boshlig‘i darajasiga o‘tib, qo‘shbegi lavozimini egallagan[3].

Siyosiy faoliyati

tahrir

Amir Muzaffar davrida Ostonqulbiy Qarshi va Chordjuy bekliklariga hokim etib tayinlanadi.

 
Amir Abdulahadxon va taxt vorisi Sayid Olimxon

88-yilda otasi Muhammad Sharif oʻldirilgach, Ostonaqulbiy amir amir Abdulahadxondan otasi ilgari egallab turgan inoqlik va bosh zakotchi lavozimini oladi. U ham xuddi otasi kabi Buxoro hukumati bilan Rossiya siyosiy idorasi oʻrtasida aloqa olib borgan, amir nomidan turli rasmiy bayonnomalar, bitimlar va boshqalarni imzolagan. Keyinchalik u bir vaqtning oʻzida bosh zakotchi va qo‘shbegi lavozimlarida ishlagan.

1893 va 1903-yillarda Ostonaqulbiy amir Abdulahadxonga Rossiya safarlarida hamrohlik qilgan. U ko‘plab Buxoro va Rossiya ordenlari bilan taqdirlangan.

1910-yil yanvar oyida Buxoroda shialar va sunniylar oʻrtasida katta gʻalayonlar boʻlib oʻtdi. Ostonqulbiy Buxoro amirligi hukumati boshligʻi boʻlib, shialarga muqaddas Ashuro bayramini davlat poytaxtida ochiq nishonlash uchun ruxsat berdi, bunga avval faqat Eron kvartalida ruxsat berilgan edi. Biroq, sunniy olomon Buxoroning asosiy ko‘chalarida bo‘lib o‘tayotganda shia marosimlarini masxara qila boshladilar. Natijada gʻazablangan eronliklar olomonga hujum qildi, natijada bir buxorolik halok boʻldi. Shundan soʻng shialarning ko‘chishi boshlandi, ular rus qoʻshinlari himoyasida Yangi Buxoroga qochishga majbur boʻldilar. Chor qo‘shinlari yordamida mojarolar to‘xtatildi, biroq sunniylar va shialar o‘rtasidagi to‘qnashuvlar shahar tashqarisida bir muddat davom etdi. Ushbu sunniy-shia qirgʻini natijasida 500 ga yaqin buxorolik va eronlik halok boʻldi. Shundan so‘ng Ostonaqulbiy amir Olimxon tomonidan yuqori lavozimlardan chetlatildi.

Hokimiyatdan chetlashtirilgach, Ostonaqulbiy avval Ziyovuddinga, keyin Xatirchi bekligiga bek etib tayinlanadi.

Amirlik hududida sovet hokimiyati oʻrnatilgach, Ostonqul biy Buxoro Xalq Sovet Respublikasi vaqflar ishlari boʻyicha idorada ishladi Ostonaqul qoʻshbegi, amir Muzaffar davrida boy berilgan Buxoroning mavqei tiklanishi uchun harakat qilgan. U Buxoroda aroqxoʻrlik va ishratbozlik bazmlarini taqiqlagan, poraxoʻrlikka qarshi kurashgan, raʼiyat farovonligi uchun intilgan. Buxoroda 1910 i. yanvar voqealari, yaʼni shialar va sunniylar oʻrtasidagi xunrezlikdan foydalanib, dushmanlari uni qoʻshbegilikdan olib tashlashga amirni koʻndirishga muvaffaq boʻlishgan.

Adabiyot

tahrir
  • Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Muhammad Ali Baljuvoniy, Tarixi nofeiy (Foydali tarix), T., 2001.[4]

Manbalar

tahrir





  NODES
os 46