Portal:Tojikiston
Tojikiston portaliTojikiston (tojikcha: Тоҷикистон), Tojikiston Respublikasi (tojikcha. Ҷумҳурии Тоҷикистон) — Oʻrta Osiyoning janubi-sharqida joylashgan davlat. Maydoni 143.100 ming km². Aholisi 8,486,300 kishi (2014). Gʻarbiy va shimoli-gʻarbiy tomonidan Oʻzbekiston bilan, shimoliy tomonidan Qirgʻiziston, sharqiy tomonidan Xitoy bilan va janubiy tomonidan Afgʻoniston davlatlari bilan chegaradosh. Poytaxti — Dushanbe shahri. Maʼmuriy jihatdan Togʻli Badaxshon muxtor viloyati, 2 viloyat va 45 tumanga boʻlinadi. Tojikistonning dengizga chiqish imkoniyati yoʻq. Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon. Bosh Vazir: Qohir Rasulzoda. (Full article...) Tanlangan maqola -Tojik tili — hind-yevropa tillari oilasidagi eroniy tillar guruhining janubi-gʻarbiy guruhchasiga mansub til. Asosan, Tojikiston va Afgʻoniston shimolida, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston va Qozogʻistonning ayrim tumanlarida, qisman Eronda tarqalgan. Tojik tilida jami 35 mln.dan ortiq (mas., Tojikistonda 10 mln.dan, Oʻzbekistonda 2 mln (rasmiy), Fonetik tizimida 6 unli va 24 undosh fonema bor. Urgʻu dinamik xususiyatga ega, koʻpincha soʻzning oxirgi boʻgʻiniga tushadi. Grammatik qurilishi agglyutinativ xususiyatga ega. Ot, sifat, son turkumlaridagi soʻz oʻzgarishining qadimda rivojlangan tizimi hozirda yoʻqolgan. Jins va kelishik kategoriyalari mavjud emas. Kelishik munosabatlari sintaktik usulda ifodalanadi. Izofa otlar aloqasida eng keng tarqalgan vositalardandir. Feʼl sohasida koʻplab analitik shakllar va birikmalar uchraydi. 4 ta mayl (aniqlik, buyruq, shart va ehtimollik) bor. Hozirgi zamon tilshunosligidagi muammolardan biri tojik tilining til yoki dialekt ekanligi boʻlib qolmoqda. Bugungi kunda koʻpchilik tilshunoslar tojik va dariy tillarini umumiy fors tilining dialekti sifatida eʼtirof etishmoqda. Tojik tili bugungi nomini 1929-yil lotin yozuviga oʻtish bilan birga qabul qildi. Dariy tili esa, 1964-yilgi siyosiy oʻyinlardan keyin hozirgi nomiga ega boʻlgan. Shu voqealargacha bu ikki tilning ham nomi forsiy (yo porsiy) edi. Bu 3 til (tojik, dariy va fors tillari) shunchalik yaqinki, til sohiblari oʻzaro suhbatlashishsa, bir-birlarini hech qanday muammosiz yuz foiz tushunadilar. (Full article...)Bilasizmi? -TurkumlarUmumiy tasvirlarQuyida Vikipediyadagi Tojikistonga oid turli maqolalardan olingan suratlar keltirilgan.
Lua xatosi: No content found on page "Tojikiston tarixi". Tegishli portallarTojikistondagi dinlar Postsovet davlatlari Boshqa mamlakatlar MavzularSiz qila oladigan narsalarUshbu maqolalarni yozishni taklif qilamiz: Tanlangan rasmVarzob, Tojikiston
VikiloyihalarAssotsiatsiyalangan Wikimedia
Portallar yordamida Vikipediyani kashf eting.
|