Qichima, prurigo – badanga tariqdek mayda, uchi pufakchali, pushti rang yoki sogʻlom teri rangidagi toshmalar toshishi bilan kechadigan kasallik. Toshmalar qoʻl va oyoqlarning yozluvchi yuzalarida, dumbada paydo boʻlali. Irsiy omillar, baʼzi ovqat mahsulotlari, dori-darmonlarning organizmga allergik taʼsiri va boshqalar qichimaning rivojlanishiga sabab boʻladi. Bolalar va kattalarda uchraydigan hamda tugunchali qichima bor. Bolalar qichimasida balanning qattiq qichishib turishi bolaning uyqusi bilan ishtahasini buzadi, u injiq boʻlib qoladi. Badan(terisining qashlanib tirnalishi oqibatida ikkilamchi piodermiya qoʻshilishi mumkin; bunda kasallik surunkali davom etadi. Kattalar qichimasida toshmalar bel, qorin va boshqa sohalarga toshadi, ular qattiq qichishadi va bemor qashinganda pufakchalar yorilib, eroziyaga aylanadi. Undan ajralgan suyuqlik qotib, qizgʻish poʻstloqlar hosil boʻladi. Kasallik surunkali kechishi va qaytalanib turishi natijasida teri qalinlashib, unda qoramtir dogʻlar yuzaga keladi, qashinganda tirnalgan joylar oqarib, chandiqlanadi. Koʻpincha kasallik ikkilamchi infeksiya bilan murakkablashadi, bunda bemorning umumiy ahvoli oʻzgarib, asabiy holat vujudga keladi. Bolalar qichimasi koʻproq ekssudativ-kataral diatez bilan ogʻriydigan bolalarda (baʼzan, bolalikdan toshgan eshakem keyinchalik qichimaga aylanadi) kuzatilib, odatda, yuz va soch zararlanadi. Baʼzan keksalarda uchraydigan qichimada badanga hech narsa toshmaydi, faqat qashingʻan joyda tirnoq izlari qoladi. Qichimada bemorning nerv sistemasi buziladi, uyqusi yoʻqoladi, terisi quruqshab, limfa tugunlari kattalashadi.

Davosi

tahrir

Qichimani mutaxassis vrach davolaydi. Davo jarayonida bolalar, shuningdek, kattalar ovqatiga alohida eʼtibor berish lozim. Bolalarni qoʻshimcha ovqatlantirishda, albatta, vrach bilan maslahatlashib olish zarur. Ochiq havoda sayr qilish, yoz kunlari oftobda toblanish, dengizda choʻmilish tavsiya etiladi. Bola qattiq qashinmasligi uchun tirnogʻini bot-bot olib turish, terining yiringli kasalliklariga xos alomatlar paydo boʻlsa, albatta, vrachga koʻrinish kerak. Qichimaning oldipi olish uchun parhez saqlash, shirinliklar, achchiq, shoʻr, dudlangan ovqatlar isteʼmol qilmagan maʼqul. Bemorga antigistaminlar, tinchlantiruvchi dorilar, parhez buyuriladi; qichimaga qarshi kortikosteroid mazlar surtiladi, sanatoriy va kurortlarda davolapish tavsiya etiladi.




  NODES