Qiyma, deb maydalangan goʻshtga aytiladi. Qiyma goʻsht qiymalagich yoki pichoq yordamida tayyorlanadi. Bunda goʻshtga piyoz yoki sarimsoq qoʻshish mumkin.

Uy sharoitida goʻsht qiymalagich yordamida qiyma tayyorlash.
Sanoat sharoitida qiyma tayyorlash.

Qiymadan kotlet, pashtet pishirish mumkin; uni guruch bilan aralashtirib tok oshi, karam doʻlma masalligʻi sifatida ishlatish mumkin. Boshqa masalliqlar bilan qiyma dimlama[1], gamburger[2], chuchvara kabi taomlar pishirsa boʻladi.

Xavfsizlik

tahrir

Qiyma yaxlit goʻshtdan zararli bakteriyalarni koʻproq yigʻishi mumkinligi bilan farqlanadi. Sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitda goʻsht qiymalash bungacha toza boʻlgan goʻsht parchalarida mikroblar koʻpayishiga olib keladi; 1993-yili AQSh tamaddixonalaridan birida shunday qiymalangan goʻshtdan qilingan gamburgerlar tufayli yuzlab odamlar zaharlangan, ulardan toʻrt nafari halok boʻlgan[3].

Sanoat sharoitlarida tayyorlangan qiyma undagi bakteriyalarni oʻldirish uchun nurlantiriladi.

Manbalar

tahrir


  NODES