Qurama — oʻzbek xalqi tarkibiga kirgan etnik guruhlardan biri.

Qurama soʻzi „aralashganlar“ maʼnosini bildirgan. Qurama qabilaviy ittifoqi taxminan XVII asrda shakllangan. XIX asr oxiri — XX asr boshlarida oʻzbeklar tarkibiga kirgan quramaliklar Toshkent, Namangan va Andijon viloyatlarida yashab kelganlar. Quramaliklarning urugʻchilik tizimiga urugʻ, toʻp va ata boʻlimlari kirgan.

Quramaliklar tarkibida qadimiy va oʻrta asr turkiy qabilalarining quyidagi urugʻ vakillari boʻlgan: jaloyir, kerait, uyshun, qanjigʻali, oʻngut, yetti urugʻ, telov, moʻgʻul, qangʻli, olchin, chigʻatoy, doʻrmon, qalmoq, tama va boshqalar. Quramaliklar, asosan, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanib kelishgan. 1926-yil maʼlumotlariga qaraganda, Oʻzbekistonda 50 mingdan ortiq quramalik roʻyxatga olingan.

Quramaliklarning ayrim guruxlari qozoq, qirgʻiz, qoraqalpoq va turkman xalqlari tarkibiga kirgan.

Adabiyot

tahrir
  • Fayziyev T., Qurama, T., 1963.




  NODES