Reyms — Fransiyaning shim.sharqiy qismidagi shahar. Marna departamentida. Aholisi 191,3 ming kishi (1999). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Kanallar orqali Marna va Ena daryolari bilan bogʻlangan. Mamlakatning movut sanoati va shampan vinolari ishlab chiqariladigan markazi. Mashinasozlik (ayniqsa, uyroʻzgʻor elektr priborlari i.ch.), oziq-ovqat sanoati korxonalari, universitet bor. Meʼmoriy yodgorliklaridan 2-asrga oid obidalar va 11 —18-asrlarda kuril gan SantRemi abbatligi, NotrDam gotika sobori va boshqa sakdangan. Shahar mil. av. bunyod etilgan, dastlab Durokortorum, keyinroq Remi deb atalgan. R.da 19-asr oʻrtalarigacha fransuz qirollariga toj kiydirish marosimlari oʻtkazilgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





  NODES
Done 1