Sarob — atmosferadagi optik hodisa; bunda uzokdagi narsa (yoki osmonning bir qismi) bilan birgalikda uning mavhum tasviri ham boshqa joyda koʻzga koʻrinadi. Agar narsa ufkdan pastda boʻlsa, uning mavhum tasvirigina koʻrinadi. S. narsa tagida, narsa ustida (rasmga k,.), uning yon tomonida koʻrinishi mumkin. S. atmosferaning pastki katlamlarida havo zichligi (shuningdek, temperaturasi)ni notekis taqsimlanishi taʼsirida, yaʼni uning odatdan tashkari katta vertikal yoki gorizontal gradiyentlari sababli yuzaga keladi. Natijada narsadan keladigan yorugʻlik nurlari qiyshayadi, atmosferadagi yorugʻlikning sindirish koʻrsatkichi anomal taqsimlanadi. Ustki S, koʻp hollarda yuqori kengliklarda, zichlikning balandlik boʻylab tez pasayishi, yaʼni sovuq yer yuzasida traning inversiyasi paytida (yuqoriga koʻtarilgan sari traning ortishi) roʻy beradi. Pastki S. isib turgan tekis yer (choʻl, yoʻl) ustida traning juda katta vertikal gradiyenti (yaʼni balandga koʻtarilgan sari traning tez pasayishi) natijasida paydo boʻladi. Osmonning tasviri Yer yuzasida suvga oʻxshab koʻrinadi. Yon tomondagi S. juda qizib ketgan qoyatoshlar yoki devorlar yonida koʻrinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




  NODES
Note 1
os 13