Segregatsiya (lotincha: segregacio – ajratish) – biron irq yoki etnik guruhni chegaralangan hududga majburlab yoki ixtiyoriy yoʻl bilan koʻchirish yoxud alohida maktablar, transport vositalari, xizmat koʻrsatish korxonalari tashkil etish yoki boʻlmasa, boshqa diskriminatsiya choralari orqali ajratib qoʻyish. S. – diskriminatsiyaning alohida koʻrinishidir. Tarixda qonunlashtirilgan S. hollari boʻlgan. Chunonchi, S. AQSH janubida 19-asr 2-yarmining boshida negrlar ozod qilingandan soʻng 20-asrda ham uzoq vaqt saqlanib turdi. JARda 20-asrning 90y.lari boshigacha S.ning eng yomon shakli – aparteid mavjud edi. Irqiy kamsitishning har qanday shaklini tugatish toʻgʻrisidagi 1965-yilgi xalqaro konvensiyaga muvofiq, unda ishtirokchi davlatlar irqiy S. va aparteidni qoralash bilan birga oʻz xududlarida bunday tusdagi har qanday harakatga yoʻl qoʻymaslik, taqiqlash va yoʻqotish majburiyatini oldilar. [1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  NODES
os 11