Semyon Mixaylovich Budyonniy Sovet otliq askari,Rossiya fuqarolar urushi, Polsha-Sovet urushi va Ikkinchi jahon urushi yillarida harbiy qoʻmondon va siyosatchi boʻlgan.

Semyon Mixaylovich Budyonniy
Budyonniy,1912-yil
Budyonniy,1912-yil
Tavalludi 25-aprel 1883-yil
Rostov viloyati , Rossiya Imperiyasi
Vafoti 26-oktabr 1973
Moskva, SSSR
Xizmatdagi yillari 1903 — 1954
Jang/urush Ikkinchi jahon urushi

Biografiyasi

tahrir

Semyon Mixaylovich Budyonniy janubiy Rossiya imperiyasining Don Qozoq viloyatidagi (hozirgi Rostov viloyati) Salsk shahri yaqinidagi Kozyurin fermasida kambagʻal dehqon oilasida tugʻilgan. U Don Qozoqlar hududida oʻsgan boʻlsa-da, Budyonniyning oilasi Voronej viloyatidan boʻlgan etnik ruslar edi. Semyon Mixaylovich Budyonniy 1903-yilning kuzigacha Rossiya imperiyasi armiyasi safiga chaqirilgunga qadar u turli xil kasblarda faoliyat yuritdi misol uchun: fermer, doʻkondor, temirchi shogirdi, bugʻ mashinasida haydovchi boʻlib ishladi. Budyonniy 1903-yilda Rossiya imperiyasi armiya safiga chaqirilgan. Birinchi jahon urushi]], Avliyo Georgiy xochi ordenining toʻrtta darajasini olgan. Rossiyada fuqarolar urushi boshlanganda Budyonniy bolsheviklar gʻalabasida muhim rol oʻynagan 1-otliqlar armiyasiga asos soldi [1]. Budyonniy urushda koʻrsatgan jasorati bilan mashhur boʻldi va bir qancha mashhur vatanparvarlik qoʻshiqlarining mavzusiga aylandi [2].

Birinchi jahon urushi yillarida Budyonniy Daniyaning Xristian IX 18-Severskiy dragun polkining Sharqiy jabhadagi Kavkaz otliq diviziyasida 5-eskadronning ofitseri boʻlgan. U Bjezina yaqinidagi nemis taʼminot kolonnasiga qilgan hujumi bilan mashhur boʻldi va Avliyo Georgiy xochi ordeni, 4-darajasiga ega boʻldi. 1925-yilda Semyon Mixaylovich Budyonniy temiryoʻlchining qizi, qoʻshiqchi Olga Stefanovna Mixaylova bilan turmush qurdi. Ular turmush qurgandan soʻng, Olga Moskva konservatoriyasiga oʻqishga kirdi, 1930-yilda oʻqishini tugatdi, keyin Bolshoy teatriga ishga kirdi[3][4]. 1937-yilning Avgustoyida Semyon Mixaylovich Budyonniy Olga Stefanovna Mixaylova bilan ajrashdi va Olganing 33 yoshli jiyani Maria Vasilevna bilan turmush qurdi va umrining soʻngiga qadar Maria Vasilevna bilan yashadi, ularning 2 oʻgʻil farzandi Sergey, Mixayl va Nina ismli qizi boʻgan[5].

Manbalar

tahrir
  1. Simon Sebag Montefiore, Stalin: The Court of the Red Tsar (2003), p. 331,
  2. Budyonny, Semyon. The Path of Valour. Moscow: Progress Publishers, 1972. 
  3. Ciliga, Ante. The Russian Enigma. London: Ink Links, 1979 — 65–66-bet. ISBN 0-906-13322-X. 
  4. „A Legendary Marshal and His… Women“ (2016-yil 24-dekabr).
  5. Vasilieva. Kremlin Wives — 92–94-bet. 
  NODES
os 22