Shafoat Rahmatullayeva
Shafoat Rahmatullayeva (1941-yil 4-yanvar, Qoʻqon – 2024-yil 24-dekabr) – oʻzbekistonlik teatr va kino aktrisasi. Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1980), Oʻzbekiston xalq artisti (1992).
Shafoat Rahmatullayeva | |
---|---|
Tavalludi |
4-yanvar 1941-yil |
Vafoti |
24-dekabr 2024-yil (83 yoshda) |
Turmush oʻrtogʻi |
Erkin Qosimov (Sana mavjud emas) |
Mukofotlari |
Hayoti
tahrirShafoat Rahmatullayeva 1941-yil 4-yanvarda Furqat tumanida tugʻilgan[1]. Otasi Muqaddasxon kolxoz raisi boʻlgan boʻlib, uning toʻrt qizi boʻlgan. Dastlab, u Pedagogika texnikumida oʻqigan va u yerdagi teatr aktyorlari drama toʻgaragi sabab aktrisa boʻlishga qiziqib qolgan. Lekin otasi bunga qarshilik qilgan. Shu vaqtlarda „Maftuningman“ filmiga kasting boʻlgan va u kastingdan muvaffaqiyatli oʻtib, Sayyora roliga tasdiqlangan. Buni ota-onasiga oʻzi aytolmagan. Oʻqituvchisi bu haqida otasiga aytgan, lekin u yana qarshilik qilgan. Soʻng otasining fikri oʻzgarib, bungan rozilik bergan:[2]
Faqat bir shart bilan rozilik beraman. Televizor va radioga chiqadigan, xalq tan oladigan artist boʻling. Etagini boshiga qoplab, toʻyma-toʻy yuradigan artist boʻlsangiz, rozi emasman.
Otasi rozi boʻlganidan keyin Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutida oʻqishni boshlagan. 1965-yil oʻqishni tugatib, Sirdaryo teatrida oʻz faoliyatini boshlagan[3]. Qoʻqon teatrining aktrisasi (1963—1965; 1971—1975; 2000-yildan), 1965—1971-yillar Jizzax, 1975—2000-yillar Sirdaryo teatrlarida aktrisa boʻlib faoliyat yuritgan. Rahmatullayeva keng diapazonli aktrisa boʻlib, musiqiy va dramatik hamda komediya, tragediya janrlaridagi spektakllarda ijod qilib keladi: Maysara (Hamza, „Maysaraning ishi“), Narzi (3. Fatxullin, „Vatan ishqi“), Poshsha xola, Zebo (M. Boboyev, „Qaydasan, jon bolam“, „Yer tomiri“), Gonorelya (U. Shekspir, „Qirol Lir“), Zuhra (Abdulla Qahhor, „Ogʻriq tishlar“), Jurden xonim (Molyer, „Soxta oqsuyak“), Tosh xola (J. Mahmudov, „Ayollar faryodi“), Maʼmura kampir (Jan Sarron, „Maʼmura kampir“) kabi rollari bilan tanildi. 1995-yil Poshsha xola va Maʼmura kampir rollari uchun yilning „Eng yaxshi ayol roli“ sovrini bilan taqdirlandi[4]. U filmlardagi birinchi rolini „Masxaraboz“ filmida ijro etgan. Lekin uning xalq orasida tanilishiga „Sevginator“ filmidagi ijarachi xola roli sabab boʻlgan[3].
Shafoat Rahmatullayeva 2024-yil 24-dekabrda vafot etgan[5].
Shaxsiy hayoti
tahrirShafoat Rahmatullayeva Sirdaryo teatrida ishlab yurganida samarqandlik Erkin Qosimov degan akkordeonchi yigit bilan tanishib qolgan. Ular turmush qurishgan, lekin ularning farzandi chaqaloqlik paytida vafot etgan. 8 yildan soʻng ham farzandli boʻlishmagan va Shafoat Rahmatullayeva oʻz xohishi bilan ajrashgan[3].
Filmografiyasi
tahrirYil | Nomi | Rol | Izoh |
---|---|---|---|
1994 | Masxaraboz | Epizod[6] | |
1996 | Mehrobdan chayon | ||
1997 | Piyoda | Momo | |
2005 | Orzu ortida | Buvi | |
2006 | Chashma | Buvi | |
Osmon yaqin | Epizod | ||
2007 | Sevginator | "Anakonda" xola | [7] |
2009 | Oʻzimdan oʻzimgacha | [7] | |
2010 | Sevginator 2 | Bosh rol | |
2011 | Er bermoq – jon bermoq | Folbin | |
Hi-Fi bolakay | |||
Fidoyilar | |||
2013 | Poyga | ||
2014 | Sehrli qalpoqcha 2 | Robiya, Xoshimjonning buvisi | Bosh rol |
2015 | Maftuningman | ||
2016 | Zurriyod | Bosh rol[8] | |
2017 | Maftuningman 2 | ||
Josus kampir 007 | Bosh rol[9] | ||
2019 | Elparvar | [10] | |
2023 | Hokim buva | Serial |
Mukofotlari
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Shafoat Rahmatullayeva“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „“Farzandsiz o‘tish peshonamga yozilgan ekan”. Otasining ta’ziyasida sahnada rol ijro etgan va bir o‘limdan qolgan aktrisa Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshda (foto, video)“. Daryo.uz (2024-yil 5-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Hechdan koʻra kech yaxshi: 40 yoshdan keyin mashhurlikka erishgan o‘zbek san’at vakillari (foto)“ (2023-yil 14-iyul). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ „Shafoat Rahmatullayeva“ OʻzME. Sh-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- ↑ „Oʻzbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva vafot etdi“. Gazeta.uz (2024-yil 24-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ „“Masxaraboz” filmidagi aktyor Ergash Mo‘minov nega ekranlarda ko‘rinmay qoldi? (foto)“. Daryo.uz (2021-yil 10-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ 7,0 7,1 „Ubaydulla Omon, Shafoat Rahmatullayeva, Janob Rasul va Toshkentda yashamay, san’atda muvaffaqiyatga erishgan boshqa mashhurlar (foto)“. Daryo.uz (2022-yil 10-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ „Toshkentda “paxta ishi” qurbonlariga bag‘ishlangan badiiy film namoyish etildi“. Daryo.uz (2016-yil 22-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ „“Josus kampir 007” — “Zumrasha”dan chiqqan rejissorning oilaviy muammolarga bag‘ishlangan debyut filmi“. Daryo.uz (2016-yil 25-avgust). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
- ↑ „Toshkentda “Elparvar” tarixiy filmi taqdimoti o‘tkazildi“. Daryo.uz (2018-yil 28-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 24-dekabr.
Havolalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |