Suyuqlanish – moddaning qattiq kristall holatdan suyuq holatga utishi; issiqlik yutilishi bilan kechadigan jarayon. Suyuqlanayotgan moddaning tarkibi oʻzgarmasa kongurent suyuqlanish, oʻzgarsa inkongurent suyuqlanish deyiladi. Suyuqlanish jarayonida moddaning tartibli kristall tuzilishi buziladi, kristallar yuzasida va kristallitlarning oʻzaro chegaralari yaqinida suyuq mikrotomchilar paydo boʻladi. Qizdirilgan sayin bu mikrotomchilar yiriklashadi va bir-biriga quyilib, suyuq faza boʻlib shakllanadi, kristallar esa fragmentlar shakliga oʻtib to toʻliq yoʻqolgunga qadar oʻlchamlari kichiklashadi. Mayda kristall polidispers moddalarning suyuq holatga oʻtishi oʻzgarmas temperaturada emas, balki maʼlum temperaturalar oraligʻida amalga oshadi; eng mayda kristallarning suyuqlanish temperaturasidan boshlanadi va eng yirik kristallarning suyuqlanish temperaturasida tugaydi. Qattiq eritmalar ham oʻnlab temperatura oraligʻida suyuladi. Bu temperatura oraligʻi holat diagrammasiga mos ravishda eritmalar tarkibiga bogʻliq.

Anorganik holat moddalar 275 °C dan (geliy 4Ne) 3380 °C gacha (volfram W) temperatura oraligʻida suyuqlanadi. Suyuqlanish temperaturasi eng yuqori boʻlgan birikmalarga gafniy nitrid HfN (3300 °C), sirkoniy karbid ZrC (3887 °C), tantal karbid TaS (3985 °C) va gafniy karbid HfC (3890 °C) kiradi. Organik moddalar 350—850 °C da suyuqlanadi. Suyuqlanish tabiatda (Yer yuzasida muz va qorning erishi, minerallarning magmalar hosil qilib suyuqlanishi va boshqalar), fan va texnika, quyish, kavsharlash, sof moddalar olishda muhim ahamiyatga ega.

Adabiyotlar

tahrir



  NODES