Tarix (arabcha: التاريخ, oʻtmish; davr, vaqt, era; sana) – oʻtmish voqealar haqida axborot ochish, yigʻish, tartiblashtirish va namoyish etish bilan shugʻullanuvchi darslik. Tarix bilan shugʻullanuvchi olimlar tarixchilar, deb ataladi. Tarix fani voqealar ketma-ketligini tahlil etadi, ularning sabab va samaralarini tizimlashtiradi[1][2]. Tarixchilar tarix tabiati va foydasi ustida bahs olib borishadi. Bunda ushbu fanning oʻzi ham oʻrganiladi va zamonaviy muammolarni uning yordamida hal qilishga uriniladi[1][3][4][5]. Biror madaniyatga oid, biroq tashqi manbalarga asoslanmagan hikoyalar (masalan, Alpomish haqida asotirlar) tarixiy mavzu emas, balki madaniy meros sanaladi[6][7].

Historia
Nikolaos Gysis chizgan (1892).

Tarix – 1) tabiat va jamiyatdagi har qanday rivojlanish jarayoni. Shu maʼnoda olamning yaratilish tarixi, Yer tarixi, barcha fanlar tarixi va boshqa tushuniladi; 2) insoniyat va uning mahsuli boʻlgan tamaddunlar rivoji, jamiyat va davlatlar oʻtmishi taraqqiyoti jarayonini oʻrganuvchi fan.

Tarix fani – insoniyatning butun oʻtmishi davomida jamiyat hayotida sodir boʻlgan voqea-hodisalar, jarayonlarni (jamiyat rivojini) yaxlit bir tarzda oʻrganadi. Tarix fani ijtimoiy-gumanitar fanlar (falsafa, sotsiologiya, iqtisod, psixologiya, sanʼatshunoslik va boshqalar) tizimining tarkibiy qismi. Tarix fanining bu guruhdagi oʻrni uning tadqiqot predmeti va usullari bilan belgilanadi. Turli ijtimoiy va gumanitar fanlar jamiyat hayotining alohida jihatlarini oʻrgansa, tarix fanining tadqiqot obʼyekti – aholi, jamiyat, mamlakat, davlat hayotining oʻtmishi va hoziri haqidagi faktlarni yigʻish, taxlil qilish, toʻplangan bilimlarni maʼlum bir tizimga solish va nazariy jihatdan umumlashtirishdir. Tarix fani oʻtmishda sodir boʻlgan jarayon va hodisalar orasidagi oʻzaro bogʻliqlik, ularning ildizi, tarixni harakatlantiruvchi sabablar, uning mantigʻi va maʼnosini koʻrish imkonini beradi. Ijtimoiy va gumanitar fanlar tarix tadqiqotlari natijalariga tayanadi. Fanlararo yondashuv jamiyat haqidagi yaxlit tasavvurni shakllantirib, oʻtmishni va hozirni anglash orqali jamiyat rivoji istiqbolini koʻra bilishdek muhim vazifani xal qiladi.

Tarix fanida, boshqa fanlarda boʻlganidek, muqarrar ixtisoslashuv amalga oshmoqda. Hozirgi zamon tarix fani alohida boʻlimlar va sohalardan tashkil topgan bilimlar majmuidir. Ixtisoslashish darajasiga koʻra, ularni bir necha guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruhni jamiyatning (jahon tarixi) butun va alohida tomonlarini oʻrganuvchi boʻlim va sohalar tashkil qiladi. Insoniyat tarixining ayrim hodisalari alohida oʻrganiladi. Jahon tarixi ibtidoiy jamiyat tarixi, oʻrta asrlar tarixi, yangi va eng yangi tarixga boʻlinadi. Hududiy-geografik tamoyilga koʻra, tarixan bir-biri bilan bogʻliq yirik regionlar (Yevropa va dunyoning boshqa qismlari, Qadimgi Sharq, Oʻrta Osiyoning baʼzi regionlari) va alohida mamlakatlar hamda xalqlarga ajratiladi. Kompleks muammolarni tadqiq qilish bir guruh mamlakat va xalqlar tarixida roʻy bergan bosqichiy davrlarni va hodisalarni (Uygʻonish davri, Reformatsiya tarixi va boshqalar) oʻrganish zaruratidan kelib chiqadi. Jahon tarixiga global yondashuv bilan bir qatorda mikro tarix (shahar va qishloqlar, alohida shaxslar, kundalik maishiy turmush) ham oʻrganiladi. Tarixning alohida tomonlarini oʻrganish tarix fanining alohida sohalarini ajratishni taqozo qildi (mas., harbiy tarix, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, din, fan, xotinqizlar tarixi va tender tadqiqotlari, sanʼat, intellektual, madaniyat, diplomatiya tarixi va boshqalar).

Ikkinchi guruhni yordamchi va maxsus tarix fanlari tashkil qiladi. Ularni alohida tarix fanlariga ajratilishi va rivojlanishi tarix fanining xususiy tadqiqot usullarini ishlab chiqish zaruratidan kelib chiqadi. Antropologiya, arxeologiya, etnografiya mustaqil oʻringa ega. Yordamchi tarix fanlariga – manbashunoslik, arxeografiya, paleografiya, geraldika, numizmatika kiradi. Maxsus guruh – boshqa fanlar ehtiyojidan kelib chiqadi (mas., tabiiy fanlar tarixi, texnika tarixi, davlat va huquq tarixi). Tarix fanining tarixini tarixshunoslik fani oʻrganadi.

Tarixsiz (O'tmishsiz) Kelajak Yo'q!.

Oʻzbekistonda tarix fani

tahrir

Tarix fani asrlar davomida qoʻlyozma asarlarda ifodalangan maishiy hayot, voqea-hodisalar, tarixiy personajlar va shaxslar haqida hikoya qilishdek oddiy bayonchilikdan, muayyantarixiy kontekstda tarixiy hayot yoʻlining shakllanishi, bosqichlari va umumiy qonuniyatlarini aniqlash, umumlashtirish, tahlil qilish va nazariy xulosalar chiqarish kabi murakkab ilmiy yoʻlni bosib oʻtdi.

Oʻzbekistonning eng qadimgi tarixi haqida moddiy madaniyat yodgorliklari va arxeologik topilmalar maʼlumot beradi. Mil. av. I mingyillikka oid yozma manbalar, zardushtiylarning muqaddas Avesto kitobida, ahamoniylar davri kitobalarida (Behistun, Naqshi Rustam va boshqalar) Turon va Movarounnahrning tabiati, xalqlari haqida maʼlumotlar keltirilgan. Oʻzbekistonning qadimgi tarixi haqida Gerodot, Ksenofont, Ktesiy, Polibiy, Diodor, Strabon, Kursiy Ruf, shuningdek, xitoy, arman, arab mualliflari yaratgan yozma manbalarda maʼlumotlarni uchratish mumkin. Asrlar davomida Oʻzbekiston siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, maʼnaviy xayoti tarixi haqidagi maʼlumotlar saroy yilnomachilari, tarixchilar, xonlar, podshohlar tomonidan yozilgan qoʻlyozma manbalar shaklida jamlana bordi. Oʻrta asrlar tarixnavisligida sulolaviy tarixga bagʻishlangan Bayhaqiyning „Tarixi Bayhaqiy“, Nasaviyning „Siyrat as-Sulton Jalol ad-Din Mankburni“, Nizomiddinning „Zafarnoma“, Sharafuddin Ali Yazdiyning „Zafarnoma“, Fazlulloh ibn Ruzbexonning „Mehmonnomai Buxoro“, Hofiz Tanish Buxoriyning „Abdullanoma“, Muhammad Yusuf Munshiyning „Tarixi Muqimxoniy“, Muhammad Amin Buxoriyning „Ubaydullanoma“ kabi asarlari yaratildi.

Yaʼkubiyning „Kitob albuldon“ („Mamlakatlar xaqida kitob“), Tabariyning „Tarixi Tabariy“, Beruniyning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“; maʼlum bir xudud tarixiga oid – mintaqaviy uslubdagi Narshaxiyning „Tarixi Buxoro“, Nasafiyning „Kitob alqand fi tarixi Samarqand“ („Samarqand tarixi haqida qanddek kitob“) kabi nodir qoʻlyozma manbalarda Oʻrta Osiyo mamlakatlarining geografik holati, yirik shaharlari va aholisi, ularning turmush tarzi va mashgʻulotlari, karvon yoʻllari, urushlar, gʻalayonlar, ijtimoiyiqtisodiy, siyosiy hayotiga doir turli maʼlumotlar bayon etilgan.

Oʻrta asrlar tarixshunosligida Amir Temur va temuriylar davri tarixi, ayniqsa, mufassal yoritilgan. Usha davrda yaratilgan „Temur tuzuklari“, Nizomiddin Shomiyning „Zafarnoma“, Sharafuddin Ali Yazdiyning „Zafarnoma“; Abdurazzoq Samarqandiyning „Matlaʼ us saʼdayn va majmaʼ ulbahrayn“ („Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki dengizning qoʻshilish oʻrni“); Mirxondning „Ravzat us-safo“ asarlarida Amir Temur va temuriylar saltanatining tashkil topishi, ichki va tashqi siyosati, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotiga oid muhim maʼlumotlar keltirilgan.

Oʻrta asrlarda davlat ishlari, boshqaruv tizimi haqida maʼlumot beruvchi ForobiyningFozil odamlar shahri“, Yusuf Xos HojibningQutadgʻu bilig“, NizomulmulkningSiyosatnoma“, Xondamirning „Dastur al-vuzaro“, Muhammad BoqirxonningMuvazayi Jahongiriy“ asarlari yaratildi.

Oʻrta Osiyoda 3 ta mustaqil – Buxoro, Xiva va Qoʻqon xonliklari vujudga kelishi bilan, XVII—XIX asrlarda ularning tarixiga bagʻishlab alohida-alohida asarlar yaratildi. Oʻziga xos uslub va anʼanalarga ega boʻlgan tarixnavislik maktablari shakllandi. Buxoro va Xiva xonliklari tarixi Abulgʻoziy BahodirxonningShajarayi turk“ va „Shajarayi tarokima“, Muhammad Amin Buxoriy, Muxammad Sharif, Mirzo Shams Buxoriy, Munis, Ogaxiy, Bayoniy asarlarida keng yoritilgan.

Muhammad Solih Toshkandiy, Muxammad Hakim, Avaz Muhammad, Niyoz Muhammad, Mulla Olim Maxdumhoji asarlarida Qoʻqon xonligi tarixi bayon etildi. Rossiya tomonidan Oʻrta Osiyo yerlarining bosib olinishi arafasidagi voqealar, janglar tafsilotlari, Rossiyaning mustamlakachilik siyosati, XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Ahmad Donish, Mirzo Abdulazim Somiy Boʻstoniy, Mirzo Salimbeklarning Buxoro tarixiga oid asarlarida keltiriladi. Ushbu asarlarda oʻrta asr tarixnavisligi anʼanalariga koʻra, siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy hayot, tashqi aloqalarga oid maʼlumotlar garchi muayyan bir tartibda berilmagan boʻlsada, jamiyat hayotining turli yoʻnalishlari boʻyicha qimmatli maʼlumotlarni koʻramiz.

Bu qoʻlyozma tarixiy asarlar oʻz davrining ilgʻor fikrli kishilari tomonidan yozilgan boʻlsada, oʻsha davrdagi hukmdorlar raʼyidan oʻtolmasdan, ularning manfaatlariga moye qilib yozilganligini, oʻz davri va muhiti, zamonasi tartiblari, taraqqiyot darajasi tafakkurining xos koʻrinishlari taʼsirini namoyon qiladi.

XIX asrning 2-yarmidan boshlab Rossiyaning Oʻrta Osiyoni bosib olishga qaratilgan siyosati tufayli Rossiya hukumatining maxsus topshirigʻini bajarish uchun oʻlkaga kelgan rus harbiy mutaxassislari, diplomatlari, sayyohlari, savdogarlari oʻz memuarlari, sayohati xotiralari va hisobotlarida ushbu mamlakat va uning xalqlari tarixi, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvoli, moddiy boyliklariga oid maʼlumotlarni toʻplab, yozib qoldirdilar (mas., N. Muravyevning „Puteshestvie v Turkmeniyu i Xivu v 1819 i 1820 godax“, 1822 / („1819 va 1820-yillarda Turkmaniston va Xivaga sayohat“, 1822); Y. Meyendorfning „Puteshestvie iz Orenburga v Buxaru v 1820-21 godax“, 1826 / ("Orenburgdan Buxoroga 1820-21-yillarda sayohat", 1826); N. N. Xanikovning „Opisanie buxarskogo xanstva“, 1843 / („Buxoro xonligining tavsifi“, 1843); N. I. Veselovskiyning „Ocherk istoriko-geograficheskix svedeniy o Xivinskom xanstve ot drevneyshix vremen do nastoyaщego“, 1877 / („Xiva xonligi haqidagi tarixiy-geografik maʼlumotlarning qadim zamonlardan to hozirgi kungacha boʻlgan ocherki“, 1877); Mixail Terentyevning 3 jildli „Istoriya zavoevaniya sredney Azii“, 1906 / (Oʻrta Osiyoni bosib olish tarixi), 1906; D. Logofetning „Buxarskoe xanstvo pod russkim protektoratom“, 1911 / („Buxoro xonligi rus himoyasi ostida“) 1911; va boshqalar).

Oʻrta Osiyo Rossiya mustamlakasiga aylantirilishi bilan mustamlakachilik tuzumi tartibotlari tarix sohasidagi i.tarixlar koʻlami va mavzusiga oʻz taʼsirini koʻrsatdi. Rus tarixchilarining yuqorida zikr etilgan Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston tarixiga oid asarlarining aksariyati oʻzining bir yoqlamaligi, metropoliya manfaatlariga xizmat qilishga moʻljallanganligi bilan ajralib turadi. Chor maʼmuriyati i.tarixishlari manfaatlariga xizmat qilishini nazarda tutib, maʼlum miqdorda mablagʻ ajratdi. Ayni paytda ilgʻor rus olimlari, sharqshunostarixchilarning fan manfaatlari uchun Oʻrta Osiyo tarixi tadqiqotlarini amalga oshirish tendensiyasini ham kuzatish mumkin. 1895-yilda Toshkentda Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi tashkil etildi, u Oktyabr toʻntarishigacha faoliyat koʻrsatdi, tarix, arxeologiya, numizmatika, etn. masalalarini oʻrganishga salmoqli hissa qoʻshdi. Mahalliy millat vakillaridan sharqshunos havaskorlar, sharq qoʻlyozmalarini toʻplovchilar, qad. yodgorliklarni oʻrganuvchilar yetishib chikdi: Abu Said Mahzum, Mirzo Abdurahmon, Akrom polvon Asqarov va boshqa Toshkent davlat kutubxonasining tashkil etilishi (1870), oʻlkashunoslar va olimlar faoliyatida muhim turtki boʻldi. Ushbu kutubxona fondidan bibliograf V. I. Mejov tomonidan tuzilgan Oʻrta Osiyo va Turkiston tarixiga oid maqolalar, asarlar, gazeta va jurnali materiallari toʻplangan „Turkiston toʻplami“ (594 jilddan iborat) muhim joy oldi. Oʻzbekistonni tarixiymadaniy jihatdan oʻrganishga Peterburg untining sharq fakulteti maʼlum hissa qoʻshdi. Bu davrga kelib mahalliy tadqiqotchilar guruhi shakllandi. V. L. Vyatkin Samarqand yodgorliklarini oʻrganish jarayonida Ulugʻbek rasadxonasini ochdi. V. V. Bartold qad. qoʻlyozmalar maʼlumotlaridan foydalanib, Oʻrta Osiyo va Oʻzbekiston tarixi haqida asarlar yaratdi („Turkestan v epoxu mongolskogo nashestviya“, 1898—1900; „Svedeniya ob Aralskom more i nizovyax Amudari s drevneyshix vremyon do XVII veka“, 1902; „K istorii orosheniya Turkestana“ va boshqalar).

20-asrning boshida milliy davriy matbuot „Sadoi Fartna“, „Sadoi Turkiston“, „Oyna“, „Najot“, „Hurriyat“ sahifalarida Oʻzbekiston tarixi muammolariga oid ilk makrlalar eʼlon qilina boshladi. Bu maqolalar mualliflari jadidchilik harakati namoyandalari boʻlib, ular mamlakat rivoji, millatning taraqqiysi, oʻzlikni anglashda tarix fanining roliga alohida eʼtibor qaratdilar. Xususan, Mahmudxoʻja Behbudiy faoliyatida tarix muammolarini oʻrganish muhim ahamiyat kasb etdi. Behbudiy komil inson boʻlib yetishishda va jamiyatni boshqarishda tarix fanining oʻrni beqiyosligini taʼkidlaydi. U „Tarix va jugʻrofiya“, „Turkiston tarixi“, „Sart soʻzi majhuldir“ kabi asarlarida faqatgina Vatan tarixini emas, Yevropa va jahon mamlakatlari tarixini bilish zarurligi haqida soʻz yuritadi. Uning „Moziy istiqbolning tarozisidir“, degan xitobi tarix tajribasida oʻzining hakligini isbotladi. Behbudiyning tarixiyilmiy qarashlari Oʻzbekiston tarixini va uni yaratish yoʻlida oʻziga xos ilmiy dasturdir.

Oktyabr toʻntarishi amalga oshishi bilan, Sovet tuzumining mohiyatidan kelib chiqqan holda, unga xos boʻlgan i.tarixning tashkil etishning shakl va usullarini, maqsad va vazifalarini, metodologiyasini ishlab chiqish ilgari suriddi. Kommunistik partiya mafkurasi asosiy eʼtiborni partiya tarixi yoʻnalishiga qaratdi, tarixiy izlanish maktablari yoʻq qilib tashlandi, tarix fanini jadallik bilan siyosatlashtirish va gʻoyalashtirish jarayoni yuz berdi, uslubiyatda „sinfiylik“ „bir xillik“ tamoyili yuzaga kelib „tarixni sinfning oʻzi yaratadi“ degan qoida qaror topdi.

Totalitar tuzum ziddiyatlariga qaramasdan, shunday murakkab sharoitda oliy taʼlim tizimida tarix taʼlimotining vujudga kelishi bilan mutaxassis tarixchi kadrlar tayyorlana boshlandi. Tarix fanining tashkiliy asoslari mustahkamlandi. Oʻrta Osiyo davlat unti, Samarqanddagi oliy pedagogika institutida koʻlyozma kitoblar, vaqfnomalar va vasiqalar yigʻilib, ilmiy talqin qilindi.

tarix fani rivojiga Abdurauf Fitrat salmokli hissa qushdi. Oʻzbekistonda agrar sugʻorish tarixiga oid bir qancha vaqf hujjatlarini nashr k, ildi(mas, Tri dokumenta po agrarnomu voprosu v Sredney Azii, L., 1933; Kaziyskiye dokumentoʻ XVI veka, tarix, 1937).

Oʻzbekistonda tarix fanining rivojida prof. Bulat Soliyevning oʻrni alohida. Bulat Soliyev milliy tarix boʻyicha umumlashgan asar yaratishga uringan ilk tadqiqotchi edi. U qad., oʻrta asr, zamonaviy tarixchilarning turli xil va koʻplab asarlarini, sharq qoʻlyozmalari maʼlumotlarini jamlab, ulardan tanqidiy foydalanib, „Oʻzbekiston tarixi. XV— XIX ayerning birinchi yarmi“, „Buxoro mangʻitlar sulolasi davrida“ (1926), „Oʻrta Osiyo tarixi“, „Oʻrta Osiyoda savdo kapitali“ kitoblarini yezdi. Afsuski, uning asarlarining aksariyati NKVD tomonidan yoqib yuborilgan, uning oʻzi ham Oʻzbekiston ilgʻor milliy ziyolilarining katta qismi qatorida stalincha qatagʻon siyosati qurboni boʻldi. Bu siyosat tarix fanining rivojlanishiga, albatta, salbiy taʼsir koʻrsatdi. Koʻpgina tarixchilar qatagʻon qilinganligiga qaramay, 40—60-yillar tarix fanida maʼlum yutuklar yuzaga keldi.

1943-yilda SSSR FAning Oʻzbekiston filiali Til, adabiyot va tarix instituti negizida Tarix institutining tashkil etilishi tarix fani rivojida muayyan bosqich boʻldi, tadqiqotlarni maʼlum ilmiy yoʻnalishlar va reja asosida amalga oshirish yoʻlga koʻyildi. Mutaxassis ilmiy kadrlar tayyorlash muhim ahamiyatga ega boʻldi. Keyinchalik Tarix va arxeologiya instituti tarixiy tadqiqotlar boʻyicha ilmiy markazga aylandi. Bu institutning tashkil topishi, Oʻzbekiston arxeologiyasi va tarix fani rivojida 1oʻzbek mutaxassisarxeologi Ya. Gʻulomovning oʻrni alohidadir. Ya. Gʻulomov eng qad. davrlardan Oʻzbekistonda sugʻorma deqqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida irrigatsiyaning ahamiyati; ilk shaharlarning vujudga kelishi va shaharsozlik madaniyatining taraqqiyoti tarixi, oʻrta asrlarda Oʻzbekistonning ijtimoiyiqtisodiy taraqqiyoti muammolari, qoʻshni mamlakatlar bilan aloqalari tarixini tadqiq qildi (mas., „Xorazmning sugʻorish tarixi qadimgi zamonlardan hozirgacha“, tarix, 1957, 1959). Ya. Gʻulomov koʻpgina ilmiy nashrlarga masʼul muharrirlik xam qildi, u shogirdlar tayyorlab, oʻz ilmiy maktabini yaratdi.

Tarix instituti tashkil etilgan dastlabki-yillardanoq Oʻzbekiston tarixini yaxlit bir tarzda mujassamlashtirgan koʻp jildlik kitob yaratish ishlari boshlangan edi. Bu ish 1947-yil yakunlanib, 2 jildli „Oʻzbekiston xalklari tarixi“ kitobi nashr etildi.

20-asrning 50—80-yillarida Oʻzbekistonning oʻrta asrlardagi siyosiy hayoti, ijtimoiyiqtisodiy munosabatlar, yer va undan foydalanish, agrar munosabatlar, sunʼiy sugʻorish tizimi tarixi haqida qoʻlyozma asarlar, hujjatli manbalar, arxeologik va etn. maʼlumotlar asosida yozilgan monografik tadqiqotlar vujudga keldi. Tarix fanining bu yoʻnalishini oʻrganishga A. A. Semyonov, Ya. Gʻulomov, S. Azimjonova, A. Asqarov, M. Abduraimov, R. G. Mukminova, O. Chexovich, A. Muhammadjonovlar salmoqli hissa qoʻshdilar.

Bu davrda Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligi tarixini oʻrganishda Sovet mafkurasi rasmiy andozalaridan chetga chiqishga yoʻl berilmadi, tarix fani nihoyatda siyosiylashtirilib, ilmiytarixiy tafakkur hukmron mafkura nazorati ostida boʻlgani tufayli juda koʻp masalalarning asl mohiyatini koʻrsatib berish imkoni boʻlmadi, natijada tarixni soxtalashtirish kuchayib ketdi. 1958-yilda boʻlib oʻtgan „Oʻrta Osiyoni Rossiyaga qoʻshib olishning progressiv ahamiyati“. mavzusidagi birlashgan ilmiy sessiyada Oʻrta Osiyoning Rossiya imperiyasiga „ixtiyoriy qoʻshilish“i haqidagi uydirma fanga zoʻrlik bilan kiritildi. Bu mavzu tarixi bilan shugʻullangan tadqiqotchilarning muammoni xolisona, haqqoniy yoritish imkoniyatlari cheklab qoʻyildi. Biroq bunday cheklashlarga qaramay, Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davridagi ijtimoiyiqtisodiy hayot, boshqaruv tizimi, mustamlakachilik zulmi hamda unga qarshi qaratilgan milliy ozodlik harakatlari kabi masalalarga doir koʻpgina arxiv materiallari oʻrganildi va ilmiy isteʼmolga kiritildi.

tarix fanida Sovet davri tarixini oʻrganish ham hukmron mafkura manfaatlariga moslashtirilganligi sababli, Oʻzbekistonda 1917-yilda Sovet hokimiyatining oʻrnatilishi, uning oʻlkadagi siyosati, mahalliy aholining Sovet hokimiyatiga munosabati va unga qarshi kurashlari, bolsheviklarning amalga oshirgan ijtimoiyiqtisodiy tadbirlari va ularning oqibatlari, madaniyat sohasidagi siyosat, kolxozlashtirish tarixi kabi masalalarning mohiyati haqqrniy yoritilmadi. „Partiyaning rahbarlik va yaratuvchilik roli“ni koʻrsatish tarix fanining eng muhim vazifasi deb belgilandi. Bunday yondashuv asosida yaratilgan tadqiqotlar Sovet hokimiyati siyosatini ulugʻlash maqsadlariga xizmat qildi. Sovet mafkurasining tazyiqiga, davr ziddiyatlariga qaramay, tarixchilar tomonidan juda koʻplab arxiv manbalarining ilmiy talqinini mujassamlashtirgan, jumladan, 4 jildli „Oʻzbekiston tarixi“ (1967—70-yillar), 1 jildli „Oʻzbekiston tarixi“ monografiyalari; Toshkent, Samarkand, Qoʻqon, Andijon, Xiva va Buxoro sh.larining eng qad. davrlaridan to 20-asr oʻrtalarigacha boʻlgan tarixiga bagishlangan ilk fundamental asarlar tayyorlandi. Ular Oʻzbekistonning qad. shaharlari tarixini umumlashtirilgan tarzda aks ettirgan tadqiqotlar sifatida qimmatlvdir.

80-ylarning oxiridagi oshkoralik jarayoni tarix fani sohasida taqiklangan, notoʻgʻri talqin qilingan muammolar atrofida munozara, yangi fikrlarni ilgari surish va tadqiqot olib borish imkoniyatini vujudga keltirdi. Tarix fanining eng dolzarb muammolari, ularni tadqiq qilish usuli va yondashuvlarini aniklab berishga qaratilgan ilmiy anjumanlar tashkil qilindi. Bu davrga kelib Vatan tarixi ning koʻplab yetilgan masalalariga yangicha baho berildi: ilgari „bosmachilik“ deb atalgan milliy ozoddik harakatlari, Oʻrta Osiyoning Rossiyaga „qoʻshib olingan“ligi toʻgʻrisida qizgʻin bahsmunozaralar boʻlib oʻtdi; Oʻzbekistondagi jamoalashtirish va sanoatlashtirish tarixi qaytadan koʻrib chiqila boshladi.

Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishgach, tarix fani sovet mafkurasi va uning goyaviy qoliplaridan ozod boʻldi. Jamiyat hayotida amalga oshayotgan muhim ijtimoiy jarayonlar tarix fani oldiga oʻzbek xalqining haqqoniy tarixini yaratish, taraqqiyotning turli bosqichlarida jahon hamjamiyatida uning oʻrni va rolini aniqlash, tarixiy bilimlarni ommalashtirish va targib qilish orqali millatning maʼnaviyaxloqiy qadriyatlari, madaniyati, qad. anʼanalariga qaytish vazifalarini qoʻydi.

90y.larning oʻrtalariga qadar tarix boʻyicha yangi nazariy yendashuvlar asosida bir qator maktab darsliklari tayyorlandi, 7 jildga moʻljallangan Oʻzbekiston tarixining 3jildi, K.Shoniyozov, R. Aminova kabi tadqikrtchilarning monografiyalari eʼlon qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi huzurida „Oʻzbekistonning yangi tarixi“ markazini tashkil etish haqida qaror qabul qildi. Mazkur markazda mamlakatimizning yetakchi olimlari ishtirokida 3 jildli „Oʻzbekiston tarixi“ (Turkistonning Rossiya tomonidan istilo qilinishidan qoz. davrgacha) tayyorlandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining „Oʻzbekiston FA Tarix instituta faoliyatini takomillashtirish“ haqidagi 1998-yil iyul qarori tarix fanining vazifalarini strategik jihatdan oʻzgartirdi. Tarix instituti respublikada tarix tadqiqotlarini muvofiklashtiruvchi chinakam markaz maqomiga koʻtarildi. Institutda oʻz atrofiga mamlakat tarixchilarini birlashtirib, ularning saʼyharakatlari bilan mustaqil davlat ehtiyojlariga moye yangi yoʻnalishlar zaruriyatidan kelib chiqqan Oʻzbekiston tarixiga oid tadqiqotlarni maʼlum bir tizimga soluvchi „Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi“ konsepsiyasi ishlab chiqildi. Mamlakatda tarix fani sohasidagi i.tarix lar ushbu konsepsiya doirasida amalga oshirilmoqda. Bu borada I. Karimovning tarixchi olimlar va jurnalistlar bilan uchrashuvida bayon etgan „Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq“ asari mugʻim rol oʻynadi. Unda prezidentimiz: „…tarixchilarimiz millatga uning haqqoniy tarixini koʻrsatib, isbotlab berishlari kerak. Zotan, tarix – xalq maʼnaviyatining asosidir; … biz haqqoniy tariximizni tiklashimiz, xalqimizni, millatimizni ana shu tarix bilan qurollantirishimiz zarur“, deb taʼkidlab, tarixchi.par oldiga anik, vazifalarni qoʻydi.

Sovet davrida oʻrganish taqiqlangan, notoʻgʻri talqin etilgan mavzular ilmiy xolislik asosida – milliy mustaqillik nuqtai nazaridan qaytadan oʻrganildi. Yangi SH1miy yoʻnalishlar tadqiq qilindi.

Oʻzbek xalqining etnogenezi va etnik tarixini oʻrganish bugungi kunda tarix fanining eng muhim muammosidir. Oʻzbek xalqi shakllanishining asosiy bosqichlari, ularning etnogenetik jarayonlarda qatnashuv darajasi, mintaqaning qadim avtoxton axoliyey bilan tarixiy vorisiyligi va genetik aloqalarini oʻrganishda K. Shoniyozovning „Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni“ (tarix, 2001) monografiyasi ilk qadam boʻldi.

Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixiga bagʻishlangan „Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari“(tarix, 2001) kitobi (oʻzbek va rus tillarida) yangi ilmiy yoʻnalishdagi ishlarning natijasi boʻldi.

Maʼlumki, sovet davrida Respublikada davlatchilik terminini ishlatish ham mumkin emas edi. Mustaqillikdan keyin Oʻzbekiston davlatchiligi tarixining eng kadimdan to hozirgacha boʻlgan manzarasini aks ettirgan asarlar vujudga keldi (mas., Shoniyozov K., „Qarluq davlati va qarluqlar. Oʻzbek davlatchiligi tarixidan“, tarix, 1999; Azamat Ziyo, „Oʻzbek davlatchiligi tarixi“, T, 2000; Aʼzamxoʻjayev S, „Turkiston muxtoriyati. Milliydemokratik davlatchilik qurilishi tajribasi“, tarix, 2000).

Qad. yozma manbalar talqinini amalga oshirish Oʻzbekistonning eng qad. tarixini oʻrganishda muhim ahamiyatga ega. Bu sohada jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi („Qadimgi yozma yodgorliklar“, A. Qayumov, M. Ishoqov, A. Otaxoʻjayev va boshqa, tarix, 2000; Avesto Yasht kitobi, tarix, 2001).

Oʻzbekistonning qad. davri moddiy madaniyati haqidagi asarlar yangi faktlar, dalilfarazlar va yangi xulosalarni takdim qildi. Oʻrta asrlar tarixini oʻrganishga doir ishlar oʻtgan tarixshunoslik bosqichlaridagi kamchiliklarni toʻldirmoqda (mas., Sulaymonov R., „Drevniy Naxshab“, tarix, 2000; Naselennie punktoʻ Buxarskogo emirata (A. Muhammadjonov taxriri ostida), tarix, 1999; Anorboyev A., Islomov U., Matboboyev B., „Oʻzbekiston tarixida qadimgi Fargʻona“, tarix, 2001; Mukminova R., Filanovich M., „Tashkent na perekryostke istorii. Ocherki drevney i srednevekovoy istorii goroda“, tarix, 2001; Karimov E., „Yasaviya i xodjagannakshbandiya: istoriya deystvitelnaya i vimishlennaya“, tarix, 2000; Aʼzamova G., „Soʻnggi oʻrta asrlar Oʻrta Osiyo shaharlarida hunarmandchilik va savdo“, tarix, 2000).

Amir Temur va temuriylar davri tarixi faol, kompleks tadqiq qilingan muammolardan biri boʻldi. 1996-yilda Amir Temur yubileyining 660-yilligining nishonlanishi bu mavzuga doir tadqiqotlarning yanada kengayishida, Amir Temur shaxsi haqidagi tarixiy haqiqatni tiklashda muhim voqea boʻldi. Respublika tarixchilari tomonidan mazkur mavzuga oid monografik, kollektiv tadqiqotlar, aloxdsa jihatlari tarixini oʻrganishga bagʻishlangan maqolalar eʼlon qilindi.

Rossiyaning Oʻrta Osiyodagi mustamlakachiligi va uning salbiy oqibatlari haqida maxfiy arxivlar, yangi tarixiy dalillar, tamomila yangicha yendashuvlar asosida yozilgan asarlar va maqolalar vujudga keldi (H. Ziyoyev, „Turkistonda Rossiya tajovuzi va hukmronligiga qarshi kurash“. XVIII— XX asr boshlari, tarix, 1998).

20-asrdagi maʼrifatparvarlik xarakati – jadidchilik mohiyatini oʻrganish tarix tadqiqotlarida yangi yoʻnalish boʻldi. Jadidchilikning siyosiy, ijtimoiyiqtisodiy zamini, jadidlarning maʼrifatparvarlik va islohotchilik gʻoyalari, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurashlari tarixi, jadidlar tafakkuri, milliy davlatchilik gʻoyalari yangi ilmiy dalillar asosida nazariy mushohada qilindi (Alimova D., Rashidova D., „Mahmudxoʻja Behbudiy va uning tarixiy tafakkuri“, tarix, i 1999 va boshqalar).

Oʻlkada milliy ozodlik harakatlari, mustaqillik uchun kurash tarixini yorituvchi jiddiy tadqiqotlar yaratildi. Mualliflar boy arxiv manbalarga tayanib, oʻlkadagi milliy ozodlik harakatining paydo boʻlishi, rivojlanishi va magʻlubiyatga uchrashi sabablarini keng ilmiy tahlil qildilar. Mavzu tadqiqotlariga xorij tarixshunosligi ham jalb qilindi, ular taxliliga xolislik mezoni asosida yondashildi. „Bosmachilik“ harakatining asl mohiyatini aniklash, istiklolchilik harakati tarixini davrlashtirishga urindilar [mas., „Turkestan v nachale XX veka; k istorii istokov natsionalnoy nezavisimosti“, tarix, 2000; Ziyoyeva D., „Turkiston milliy ozodlik harakati“, tarix, 2000; Rajabov K,., „Buxoroga kizil armiya bosqini va unga karshi kurash: tarix haqiqati (1920—24-yillar)“, tarix, 2002].

Sovet totalitar tuzumining asl mohiyati, siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari ilmiy xolislik bilan tadqiq etilmoqda. Oktarix toʻntarishi tufayli zoʻrlik bilan Sovet davlatining tuzilishi, Oʻrta Osiyoda oʻtkazilgan milliyhududiy chegaralanishning nokrnuniyligi va uning salbiy oqibatlari, 30—50y.lardagi qatagʻonlar, majburiy jamoalashtirish natijasida qishloq xoʻjaligining izdan chiqishi, 80y.lardagi yangi qatagonlar – „oʻzbeklar ishi“ mavzulari yangi arxiv maʼlumotlari asosida oʻrganiddi (mas., Alimova D., Golovanov A., „Oʻzbekiston mustabid sovet tuzumi davrida: siyosiy va mafkuraviy tazyiq oqibatlari“. Tarix, 2000; „Tarix shohidligi va saboklari. Chorizm va sovet mustamlakachiligi davrida Oʻzbekiston milliy boyliklarining oʻzlashtirilishi“, tarix, 2001; Shamsutdinov R., Qishloq fojeasi. Tarix, 2003 va boshqalar). Oʻzbekiston Respublikasi mustakillik davri tarixi masalalarini tarixiy nuqtai nazardan oʻrganuvchi ilk tadqiqotlar vujudga keldi („Mustaqil Oʻzbekiston tarixining dastlabki sahifalari“, Davriy toʻplam, № 3, tarix, 2000; „Mustaqil Oʻzbekiston taraqqiyotining gʻoyaviy asoslari“, tarix, 2001).

Hozir Oʻzbekistonning eng qad. davrlaridan boshlab to bugungi kunga kadar davrini qamrab oluvchi koʻp jildli fundamental tadqiqot ustida ish olib borilmoqda. Mustaqillikning asosini mustahkamlashda jamiyat tarixiy ongini hakllantirish zarurligi eʼtiborga olinib, tarixiy bilimlarni targʻib qilish yoʻlga qoʻyildi. Mustakillik davrida Oʻzbekiston tarixchilarining maxsus „Oʻzbekiston tarixi“ jurnaliga asos solindi (1998). Tarix fanining eng dolzarb muammolarini muhokama etuvchi Yahyo Gʻulomov nomidagi „Oʻzbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi“ respublika muntazam ilmiy seminari tashkil etiddi. Oʻzbekiston Respublikasi tarixchilar jamiyati tuziddi (1999). Ilk marotaba „Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ga koʻra, tarix fanining taʼlim tizimi bilan hamkorligi amaliyeti yoʻlga qoʻyildi. Fan va taʼlim mushtarakligi maktab partasidan boshlab, tarixchi kadrlar tayyorlashga yoʻnaltirilgan. Mustakillik-yillarida tarixchilarning xalqaro ilmiy hamkorligining keng imkoniyatlari vujudga keldi. Oʻzbekiston tarix fanining aktual muammolari boʻyicha ilmiy anjumanlar oʻtkaziladigan markazga aylanib bormoqda. Oʻzbek olimlari xalqaro grantlarda, YUNESKO tomonidan nashr etilayotgan „Markaziy Osiyo sivilizatsiyalari tarixi“ nomli koʻp jildlik asarni tayyorlashda ishtirok etmoqdalar.

Adabiyotlar

tahrir
  • Karimov I ., „Biz kelajagimizni oʻz qoʻlimiz bilan quramiz“ ["Tarixiy xotirasiz kelajak yoʻq"|, 7j., tarix, 1999; Axunova M., Lunin B., Istoriya istoricheskoy nauki v Uzbekistane, tarix, 1970; Saidqulov T ., Oʻrta Osiyo xalklari tarixining tarixshunosligidan lavhalar, 1-kitob, tarix, 1993; Tarixshunoslik ocherklari, 12 qism, tarix, 1994; Munirov Q., Xorazmda tarixshunoslik, tarix, 2002; Tarix fanining markazi, tarix, 2003.

Shoira Asadova.

Olimlar orasida eramizdan avvalgi V asrlik Herodot „tarix otasi“, deb hisoblanadi; u zamondoshi Fukidid bilan birga biz bilgan tarix asoslarini qurgan. Ularning taʼsiri, dunyoning boshqa tarixiy anʼanalari bilan birgalikda tarix tabiatining asrlar osha oʻzgarib kelayotgan turli talqinlariga turtki berdi. Zamonaviy tarix fani mintaqa (Italiya tarixi), davr (Yangi tarix) yoki mavzuga (Ikkinchi jahon urushi) qarab koʻp sohalarga boʻlinadi. Tarix maktab va oliy oʻquv yurtlarida oʻqitiladi.

Etimologiya

tahrir
 
tarix Frederik Dielman tomonidan (1896)

Tarix soʻzi historía soʻzidan kelib chiqqan(qadimgi yunoncha: ἱστορία). Aynan shu maʼnoda Aristotel "Hayvonlar tarixi" asarida bu soʻzni ishlatgan. [8] Ajdod soʻzi ἵστωρ Gomer qoʻshiqlarida, Geraklitda, Afina efeblarining qasamyodida va Boeotik yozuvlarda kelgan (yuridik maʼnoda maʼnoda esa „sudya“ yoki „guvoh“ yoki maʼnolarini anglatgan). Klassik lotin tiliga yunoncha soʻz tarixiy soʻz sifatida oʻzlashtirilgan boʻlib, „tadqiqot, soʻrov, tadqiqot, qayd etish, tavsiflash, oʻtmish voqealari haqida yozma maʼlumot berish, tarixni yozish, tarixiy rivoyat, oʻtmish voqealari haqida yozib olingan maʼlumotlar, hikoyalar, yoki hikoya“ degan maʼnoni anglatadi. Tarix lotin tilidan olingan (ehtimol, qadimgi Irlandiya yoki Qadimgi uels orqali) qadimgi ingliz tilida esa stær ("tarix, hikoya, qissalar „) deb nimlangan, ammo bu soʻz qadimgi ingliz davrida qoʻllanilmay qolgan. [9] Shu bilan birga, lotin tili qadimgi fransuz (va anglo-norman) tiliga ham kirib kelganligi sababli, tarix istorie, estoire va historie kabi shakllarga aylanib, yangi maʼnodagi oʻzgarishlar bilan rivojlandi: „inson hayotidagi voqealar hisobi (12-asr boshlari)., xronika, bir guruh odamlarga yoki umuman odamlarga tegishli boʻlgan voqealar bayoni (1155), tarixiy voqealarning dramatik yoki tasviriy tasviri (tax. 1240), inson evolyutsiyasiga oid bilimlar toʻplami, fan (tax. 1265), haqiqiy yoki xayoliy voqealarning hikoyasi, hikoya (tax. 1462)“. [9]

Oʻrta ingliz tiliga tarix atamasi ingliz-norman tilidan kiritilgan va u hozirgacha saqlanib qolgan. Bu atama 13-asrda Ancrene Wisse- da paydo boʻlgan, ammo 14-asr oxirida keng tarqalgan soʻz boʻlib, ,,Erta attestatsiya,, Jon Gowerning 1390-yillardagi Confessio Amantisning (VI.1383) da paydo boʻlgan: „I finde in a bok ,,kompilyatsiya | Bu yer uchun eski tarix, | Qaysi comth nou to my memuire“. Oʻrta ingliz tilida tarix atamasining maʼnosi „hikoya“ edi. „Oʻtmish voqealari bilan bogʻliq bilim sohasini tadqiq qilish; oʻtmishdagi voqealarni rasmiy qayd etish yoki oʻrganish, uchun ushbu atama qoʻllangan va bu XV asr oʻrtalarida paydo boʻlgan. [9] Uygʻonish davri bilan bu soʻzning qadimgi maʼnolari qayta tiklandi va Frensis Bekon 16-asr oxirida Tabiatshunoslik haqida yozganida bu atamani yunoncha maʼnoda ishlatgan. Uning uchun tarix „makon va vaqt bilan belgilanadigan ob’ektlar toʻgʻrisidagi bilim“ boʻlib, xotira tomonidan taqdim etilgan bilim turi edi (ilm aql, sheʼriyatni esa fantaziya bilan taʼminlagan). [10]

Lingvistik sintetik tillar va analitik tillar dixotomiyaning ifodasida, ingliz tili ham huddi xitoy tili kabi edi endilikda insoniyat tarixini va umuman hikoya qilish uchun oʻrganish uchun alohida soʻzlarni belgilaydi. Zamonaviy nemis, fransuz va koʻpgina german va roman tillarida sintetik va oʻta flektiv boʻlib, xuddi shu atama hamon „tarix“ va „hikoya“ maʼnosida ham ishlatiladi. Tarixchi „tarix tadqiqotchisi“ maʼnosida esa 1531 yildan boshlab foydalanilgan. Barcha Yevropa tillarida tarix atamasi oʻrniga hali ham „odamlar bilan sodir boʻlgan voqea“ va „boʻlgan voqeani ilmiy oʻrganish“ kabi soʻzlardan foydalanishadi, ikkinchi maʼno baʼzan bosh harf yoki tarixshunoslik soʻzi bilan ajralib turadi. [8] Tarix sifatida esa 1661 yildan, 1669 yillar oraligʻida tasdiqlangan [11]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 Professor Richard J. Evans. „The Two Faces of E.H. Carr“. History in Focus, Issue 2: What is History?. University of London (2001). Qaraldi: 10-noyabr 2008-yil.
  2. Professor Alun Munslow. „What History Is“. History in Focus, Issue 2: What is History?. University of London (2001). Qaraldi: 10-noyabr 2008-yil.
  3. Tosh, John. The Pursuit of History, 4th, Pearson Education Limited, 2006. ISBN 1-4058-2351-8. p 52
  4. „Introduction“, Knowing Teaching and Learning History, National and International Perspectives Peter N. Stearns, Peters Seixas, Sam Wineburg (eds.): . New York & London: New York University Press, 2000 — 6-bet. ISBN 0-8147-8141-1. 
  5. Nash l, Gary B. „The "Convergence" Paradigm in Studying Early American History in Schools“, . Knowing Teaching and Learning History, National and International Perspectives Peter N. Stearns, Peters Seixas, Sam Wineburg (eds.): . New York & London: New York University Press, 2000 — 102–115-bet. ISBN 0-8147-8141-1. 
  6. Seixas, Peter „Schweigen! die Kinder!“, . Knowing Teaching and Learning History, National and International Perspectives Peter N. Stearns, Peters Seixas, Sam Wineburg (eds.): . New York & London: New York University Press, 2000 — 24-bet. ISBN 0-8147-8141-1. 
  7. Lowenthal, David „Dilemmas and Delights of Learning History“, . Knowing Teaching and Learning History, National and International Perspectives Peter N. Stearns, Peters Seixas, Sam Wineburg (eds.): . New York & London: New York University Press, 2000 — 63-bet. ISBN 0-8147-8141-1. 
  8. 8,0 8,1 Ferrater-Mora, José. Diccionario de Filosofia. Barcelona: Editorial Ariel, 1994.
  9. 9,0 9,1 9,2 “history, n". OED Online. Oxford University Press, December 2014. 9 March 2015.
  10. Cf. „history, n.“ OED Online. Oxford University Press, December 2014. 9 March 2015.
  11. Whitney, W. D. The Century dictionary; an encyclopedic lexicon of the English language Webarxiv andozasida xato: |url= qiymatini tekshiring. Boʻsh.. New York: The Century Co, 1889.

Havolalar

tahrir




  NODES
INTERN 4
todo 1