Terapiya (yun. therapeia - davolash) — konservativ usullar: dori-darmonlar (farmakoterapiya), antibakterial (kimyoterapiya, antibiotikoterapiya) va gormonal moddalar; zardob va vaksinalar, turli ionlovchi nurlar (nur bilan davolash); iqlim, balchiq, mineral suvlar, massaj, elektr toki va boshqa fizik omillar (sanatoriy va kurortlarda davolash, fizioterapiya, shifobaxsh badantarbiya; parhez va boshqa yoʻllar) bilan davolash; ichki kasalliklar tibbiyoti, ichki kasalliklar klinikasi, ichki a‘zolar kasalliklari, ularning paydo boʻlish sabablari (etiologiya), rivojlanish mexanizmlari (patogenez), kasallikni aniqlash (diagnostika), davolash va oldini olish usullarini oʻrganuvchi klinik fan.

Yunoniston, Qadimgi Rim, Sharqning Uygʻonish davrida Sharq va Yevropaning buyuk shifokorlari (Gippokrat, Galen, Ibn Sino, Ar-Roziy, Paratsels va boshqalar) ilk bor tibbiyotda muhim ilmiy sistemalar va yoʻnalishlarni asoslab berdi. XVII asrda ingliz shifokori Sidenxem Gippokratning bemorni shifokor qarovida kuzatish usullariga asoslanib, kasallik jarayoni bosqichlari haqidagi tushunchani shakllantirdi va koʻpchilik kasallik belgilarini tavsifladi. Ilmiy anatomiyaning asoschisi A.Vezaliynish ishlari, U.Garveyning qon aylanishini kashf etishi, patologik anatomiya sohasida erishilgan yutuqlar, bemorni soʻrash (M.Ya.Mudrov, G.A.Zaxarin), tanani barmoq bilan urib koʻrish, paypaslash, eshitish kabi usullarning qoʻllanishi hamda kasallikni aniqlashda eksperimental usullardan foydalanish terapiyaning tibbiy-ilmiy fan sifatida rivojlanishiga zamin boʻldi.

Terapiya XIX asrgacha tibbiyot bilan bogʻliq holda rivojlandi. Rentgen nurlarining kashf etilishi, rentgenodiagnostikannng kuchayishi, elektrokardiografiya va arterial bosimni oʻlchash usulini amalda tatbiq etish terapiyaning yanada rivojlanishiga olib keldi. Kimyo fanining oʻsishi terapiyada turli labaratoriya tekshiruvi usullaridan diagnostikada foydalanish hamda turli dori-darmonlar ishlab chiqarish imkonini berdi. Mikrobiologiya va immunologiya sohasidagi yutuqlar vaksina va zardoblarni davoprofilaktika maqsadida qoʻllashga, serodiagnostikani vujudga kelishiga sabab boʻldi.

Tibbiyotning taraqqiyoti natijasida XIX asrga kelib, dermatologiya, nevropatologiya, gematologiya, endokrinologiya, keyinchalik yuqumli kasalliklar va boshqa mustaqil fan sifatida terapiyadan ajralib chiqdi.

Patologiya xarakterining oʻzgarishi, klinik fanlarning boʻlinishi, diagnostikada labaratoriya va instrumental usullarning keng joriy etilishi va boshqa zamonaviy terapiyaning muhum masalalaridan boʻlib qolmoqda.

T.ning tarmoklanishi (mas., xirurgiya, urologiya, fiziologiya, eksperimental patologiya va boshqalar) kardiologiya, gastroenterologiya, nefrologiya, fizioterapiya va hokazo fanlarning ham mustaqil ilmiy soha sifatida ajralishiga olib keldi.

T. sogʻliqni sakdash tamoyillariga va oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimotga asoslanadi. Oʻzbekistonda tibbiyot oliy oʻquv yurtlari —1 va 2Toshkent tibbiyot intlari, Samarqand tibbiyot instituti, Andijon tibbiyot instituti, Buxoro davlat tibbiyot instituti, Toshkent tibbiyot pediatriya instituti, Toshkent vrachlar malakasini oshirish institutida T. kafedralari bor. Oʻzbekistonda T. fanining shakllanishi Toshkentda ishlagan terapevt olimlar A.N.Kryukov, N.I.Ragoza, M.I.Slonim, I.A.Kassirskiy; rivojlanish tarixi esa A.A.Asqarov, N.I.Ismoilov, E.I.Otaxonov, Z.M.Umidova, R.A.Katsenovich, K.B.Bahodirov, N.A. Mirzoyan, R.A.Abdullayev, K.gʻgʻ.Yoʻldoshev, A.M.Ubaydullayev, E.Gʻ.Qayumov, E.Y. Krsimov va boshqa nomi bilan bogʻliq.

Hozirgi oʻzbek olimlari Oʻzbekistonning oʻziga xos iqlimi sharoitida turli kasalliklar, jumladan, meʼdaichak yoʻli, qalqonsimon bez, yuraktomir va nafas sistemasi, gipertoniya, ateroskleroz, stenokardiya, miokard infarkti, revmatizm kabi kasalliklarning qay tarzda kechishi, ularning oldini olish, davolash va organizmning funksional holatini tiklash, shuningdek, bu kasalliklarni zamonaviy tibbiyot apparatlari yordamida tekshirish, issiq iklimning yuraktomir sistemasiga taʼsiri, klinik endokrinologiyaning turli dolzarb muammolarini oʻrganish ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda (yana qarang Tibbiyot).



Manbalar

tahrir


  NODES
os 31