Yengil sanoat — xilma-xil xom ashyodan keng isteʼmol mahsulotlari va buyumlari ichki chizimga ixtisoslashgan sanoat tarmoqlari majmui. Yengil sanoatda xom ashyoga ham dastlabki ishlov berish, ham tayyor mahsulot ichki chizimda amalga oshiriladi. Ye.s.da paxta, ipak, zigir, kanop, jut tolalari, hayvonlar terisi, juni, sunʼiy tolalar, sunʼiy charm xom ashyo sifatida foydalaniladi. Uning asosiy tarmoqlari toʻqimachilik, tikuvchilik, koʻnchilik, moʻynadoʻzlik, poyab-zal sanoatlari hisoblanadi. Yengil sanoat maq-sulotlari, shuningdek, mebelsozlik, aviatsiya, avtomobil, oziq-ovqat va b. sanoat tarmoqlarida, qishloq xoʻjaligi, transport, sogʻliqni saqlash va boshqalar. sohalarda ishlatiladi.[1]

Yengil sanoat yirik fabrika industriyasining tarmogʻi tarzida 18-asrning 2-yarmida barpo qilindi. Yengil sanoatning qadimiy tarmoqlaridan biri boʻlgan toʻqimachilik sanoatida texnika taraqqiyoti toʻqimachilik sanoatining kapitalistik manufaktura bosqichidan yirik mashinalashgan industriya bosqichiga oʻtishi uchun baza yaratgan 18-asrdagi ulkan kashfiyotlar bilan bogʻliq. Lekin qoʻlda paxta va jundan ip tayyorlash va toʻqish, charmdan poyabzal tikish uchun terini kayta ishlashning oddiy usullari Hindiston, Xitoy, Misr, Oʻrta Osiyoda mil. avval bir necha asr ilgari maʼlum boʻlgani tarixiy adabiyotlarda qayd etilgan va arxeologik topilmalar bilan tasdiqlangan. Hoz. Oʻzbekiston hududida 19-asrning oxiriga qadar xoʻjalik taraqqiyoti xonaki, kosibchilik,hunarmandchilik ishlab chiqarishidan iborat edi. Sanoat usulida ishlab chiqarilgan kiyim-kechak, poyabzal, trikotaj mahsulotlari, gazmollar asosan Rossiyaning markaziy shaharlaridan olib kelingan, chetga, asosan Rossiyaga paxta tolasi, xom ipak, teri va boshqa xom ashyo turlari chiqarilgan.

Oʻzbekistonda Yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ichki chizimga 19-asrning oxirida, 1874-yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan asos solingan. 20-asr boshlarida Yengil sanoat sohasi asosan paxtani qayta ishlash korxonalaridan iborat boʻlib, yalpi sanoat mahsulotining qariyb 4/5 qismi shu sohaga toʻgʻri kelgan. 1920-yillardan paxta tozalash zavodlari, pillakashlik, yigiruv-toʻquv, tikuvchilik, charm-galantereya, poaybzal fabrikalari qurila boshladi, respublikaning oʻzida yetishtirilgan xom ashyodan tayyor mahsulot ichki chizim maqsadlarida mayda tarqoq hunarmandlarni birlash-tirib, sanoat asosi yaratildi. 1926-yilda Toshkentda "Qizil tong" tikuvchilik fabrikasi, 1927-yilda Toshkent poyabzal fabrikasi, 1928-yilda Toshkent koʻn zavodi, 1926-yilda Fargʻona tikuvchilik fabrikasining birinchi navbati (10000 urchuq va 300 toʻquv dastgohi) ishga tushirildi. Fargʻona (1927), Samarqand (1927), Buxoro va Margʻilon (1928) pillakashlik fabrikalari, Samarqand shoyi toʻqish fabrikasi (1930) ishga tushirilishi bilan Oʻzbekistonda ipakchilik sanoati poydevori yaratildi. 1937-yilda toʻqimachilik sanoati gigantlaridan biri — Toshkent toʻqimachilik kombinati ishlay boshladi. Ikkinchi jahon urushigacha boʻlgan davrda trikotaj sanoati tarmogʻida Qoʻqon ip yigiruv-paypoq toʻquv kombinati, Fargʻona va Toshkentda trikotaj buyumlari fabrikalari ishga tushirildi. Urushdan keyingi yillarda Yengil sanoat tarmoqlari yanada rivojlandi, bu sanoatning texnika bazasi takomillashtirildi.

60-yillarda respublikada trikotaj ichki chizimi ancha taraqqiyotga erishdi, Toshkent "Malika" trikotaj ichki chizim birlashmasi, Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi qurildi. 70—80-yillarda Xivada gilam kombinati, Buxoro toʻqimachilik kombinatining 1-navbati, Andijon toʻqimachilik kombinati, viloyatlarning kichik shaharlari va tuman markazlarida nisbatan kichik quvvatli yigiruv, toʻquv, yigiruv-toʻquv fabrikalari ishga tushirildi. Respublikada Yengil sanoatning eng yangi sohasi boʻlgan chinni va fayans buyumlari Toshkent (1952), Samarqand (1970), Kuvasoy (1978) chinni zavodlari, Angren keramika kombinati (1967)da ishlab chiqariladi.

Oʻzbekistonning mustaqillikka erishishi bilan Yengil sanoat tarmoqlari yangi sifat bosqichiga koʻtarildi. Respublika hukumati qaroriga koʻra tarmoqdagi deyarli hamma korxonalar davlat tasarrufidan chiqarish dasturiga koʻra ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlariga va mulkchilikning boshqa shakllariga aylantirildi. 1991-yilda respublika Yengil sanoati vazirligi tugatilib, uning negizida majmuada davlat boshqaruvini amalga oshiradigan, Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqaradigan davlat uyushmasi — "Oʻzbekengilsanoat", 1998-yil 30 martda pillachilik va ipakchilik tar-moklariga rahbarlikni amalga oshiradigan "Oʻzbek ipagi" uyushmasi tashkil qilindi (qarang Ipakchilik sanoati). 2000-yil 4 martda koʻn-poyabzal sanoati korxonalari "Oʻzbekcharmpoyabzal" uyushmasiga birlashdi.

1991—2000-yillarda tarmoq boʻyicha 22 loyiha amalga oshirildi, jumladan Koreya Respublikasining "Kabul Tekstaylz" firmasi ishtirokida Toshkent va Toʻytepa shaharlarida joylashgan "Kabul-Oʻzbek Ko" (quvvati yiliga 47,0 ming t yigirilgan paxta ip va 24 mln. m gazlama), Fargʻona toʻqimachilik kombinatini qayta jihozlash asosida "Kabul Fargʻona K°" (loyiha qiymati 110 mln. AQSH dollari) qoʻshma korxonalari ishga tushirildi. Namanganda Turkiyaning "Aston" firmasi bilan hamkorlikda "Asnam tekstil" (quvvati yiliga 30,2 ming t yigirilgan ip), "Timas" va "TIMI" firmalari bilan "Kosonsoy-Tekmen" (yillik quvvati 4,2 mln. m jun va movut gazlamalar) qoʻshma korxonalari, Qarshida "Pashtete", Gurlanda "Gurlanteks", Andijonda "Anteks" toʻqimachilik majmualari va b. qurildi va ishga tushirildi (ularning yillik quvvati 18,0 mln. dona tikuvchilik va trikotaj buyumlari). "Fargʻonapoyabzal" aksiyadorlik jamiyati bilan Germaniyaning "Salamander" firmasi ishtirokida "Oʻzsalaman" qoʻshma korxona ishga tushirildi (1995, yillik loyiha quvvati 500 ming juft poyabzal).

Hozirgi davrda Oʻzbekiston Yengil sanoati koʻp tarmoqli indoʻstrial majmua boʻlib, uning tarkibida paxta tozalash zavodlari, toʻqimachilik, trikotaj, pillakashlik, shoyi toʻqish, tikuvchilik, koʻn-poyabzal, gilamchilik, chinni-fayans buyumlari va attorlik mollari ichki chizim sohalarida 150 ga yaqin korxona bor. Shulardan 14 tayen 1994—2000-yillarda chet'el kapitali ishtirokida tashkil qilingan qoʻshma korxonalardir [(bu korxonalar tarmoqda ishlab chiqarilgan umumiy mahsulot hajmining 20,6% ni, eksportga chiqarilgan mahsulot hajmining 88,1% ni beradi (2000)]. Respublika sanoat mahsuloti umumiy hajmida Yengil sanoat hissasi eng katta salmoqqa ega va 2000-yilda 20,1% ni tashkil qildi (1995-yilda 19%).

"Oʻzbekengilsanoat" davlat uyushmasi tomonidan respublika Yengi sanoatni rivojlantirishning 2000 — 2005-yillarga moʻljallangan dasturi ishlab chiqilgan. Dasturda Oʻzbekistonga chetdan ilgʻor texnologiyani keltirish, chet'el investitsiyasini jalb etish, bank kreditidan foydalanib yangi zamonaviy korxonalar qurish, jahon bozoriga raqobatbardosh mahsulotlar chiqarish, eksport imkoniyatlarini oshirish va b. belgilangan. Dasturga koʻra 2000—2005-yillarda ipgazlama tarmogʻida 33 ta korxonani qayta jihozlash, 17 korxonani qurib bitkazish, tikuvchilik-trikotaj tarmogʻida 5 korxonani qayta jihozlash, 1 korxonani qurib tugallash moʻljallangan. Respublika hududida qayta ishlanadigan paxta tolasi hajmi 1999-yildagi 110,2 ming t dan 2005-yilda 476,4 ming t ga yetkaziladi, ip gazlama ichki chizimini 1,8 marta, gilam ishlab chiqarishni 2,7 marta, trikotaj matolarini 2,9 marta, tibbiyot momigʻini 30,9 marta, trikotaj buyumlari ichki chizimini 1,5 marta koʻpaytirish koʻzda tutiladi, qoʻshimcha 37,7 ming dan ortiq yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi. Yengil sanoat tarmoqdaridagi ilmiy-texnologik, loyihalash, konstruktorlik muammolari bilan "Yengilsanoat" loyiqa instituti (Toshkent), "Shoyi" tadqiqot instituti (Margʻilon shahri) va uning Toshkentdagi shoʻʼbasi, Respublika kiyimlar modellari uyi, Respublika poyabzal modellari uyi, Respublika trikotaj mahsulotlari modellari uyi va boshqalar shugʻullanadi.

Tarmoqdardagi korxonalar uchun injener-texnik kadrlar Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoati instituti va uning shoʻʼbalari, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent politexnikumi va viloyatlardagi kollejlarda tayyorlanadi. Yengil sanoat jahondagi koʻpgina mamlakatlarda, jumladan Italiya, Fransiya, Chexiya, AQSH va boshqalarda gʻoyat taraqqiy etgan va shu mamlakatlar eksportida muhim oʻrinda turadi (yana q. Koʻn-poyabzal sanoati, Trikotaj sanoati, Toʻqimachilik sanoati, Chinni-fayans sanoati).

Manbalar

tahrir
  1. Musayev, Nuriddin; va Alimboyev, Erkin."Yengil sanoat" OʻzME. Ye-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


  NODES
mac 12
os 52