Lingvistik tipologiya

Qiyosiy tipologiya asosan tillarni taqosslab oʻrganish bilan shugʻullanadi va ikkita yoki undan koʻproq tillarni taqqoslash orqali ular oʻrtasidagi farqni asoslab beradi
(Tilshunoslik tipologiyadan yoʻnaltirildi)

Lingvistik tipologiya yoki Tilshunoslik tipologiya (yun typos — nusxa, andoza, shakl, iz va logos — soʻz, taʼlimot) — tillar oʻrtasida genetik munosabatlardan katʼi nazar, ularning tuzilmaviy va funksional xususiyatlarini qiyosiy urganuvchi tilshunoslik sohasi. Ilmiy jihatdan Lingvistik tipologiya tillardagi farqli va uxshash alomatlarni guruxlarga, andozalarga va tiplarga ajratish yuli bilan tatbiq etish metodi hisoblanadi. Vazifasiga kura, funksional (ijtimoiy tilshunoslik) va sturuktural (tilning ichki qurilishi va tarkibi) tipologiya farqlanadi. Tillarning morfologik (tipologik) tasnifi amorf (affikslari bulmagan), agglyutinativ, flektiv, polisintetik tillarni ularning grammatik shakli (tipi) asosida farqlaydi. Lingvistik tipologiya esa bu tillar guruhlaridagi alomatlarni kategoriyalar yoki turli tuzilmaviy belgilarning leksik-semanik, fonologik, grammatik va stilistik satxlardagi ifodalanishi sifatida tadqiq etadi va, binobarin, tilning har bir sathiga xos tipologiya farqlanadi. Til tiplarining rivojlanishi va qad. tillarni rekonstruksiya qilish tarixiy tipologiyaning vazifasidir. Bu tipologiyaning ichida (baʼzan unga maʼnodosh qoʻllanuvchi) diaxronik tipologiya tillardagi tuzilmaviy oʻzgarishlarni oʻrganadi. Tillarning hozirgi holatini qiyoslash sinxronik tipologiya ga tegishlidir. Lingvistik tipologiya kengmi-qyosda tillar universaliyalari bilan bogʻlanadi.

Tilshunoslik tipologiya
Morfologik tipologiya
Soʻz tartibi

Lingvistik tipologiya tillardagi xususiyatlarning sturuktural qonuniyatlarini topishga intilsa, til universaliyalari bu alomatlar jahondagi qaysi tillarda qanday tarqalganini oʻrganadi.

Alisher Navoiyning "Muhokamat ullugʻatayn" asari Lingvistik tipologiyaga tegishli boʻlib, unda genetik jihatdan bir-biridan farqlanuvchi tillardagi semantika, qisman fonetika qiyoslangan. Hozirgi davrda ikki yoki undan ortiq tillarni oʻrganuvchi qiyosiy yoki cho-gʻishtirma tilshunoslik ham Lingvistik tipologiya ga asoslangan.[1]

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





  NODES
Done 1