Trias sistemasi (DAVRI), trias (yun. trias — uch, uchlik) — mezozoy erasinnt birinchi davri. Bundan 230 mln. yil avval boshlanib, 35 mln. yil vaqt davom etgan. Bu sistema perm sistemasidan keyingi, yuradan avvalgi sistema xisoblanadi. Bu terminni fanga 1834-yil nemis olimi F. Alberti kiritgan. U Germaniyadagi turli rangli qumtosh, chigʻanokli ohaktosh va keyper kabi togʻ jinslaridan iborat 3 majmua litologik yotqiziklarni birlashtirib, trias deb nom bergan.

Paleozoy erasi oxirida Yer shari yuzasi juda oʻzgargan. Yuqori paleozoy geosinklinallari oʻrnida baland togʻlar paydo boʻlgan. Trias sistemasi boshlarida Shimoliy yarim sharda ulkan Lavraziya kontinenta mavjud boʻlib, uni janubidagi qad. Gondvana kontinentidan Tetis dengiz havzasi ajratib turgan. Trias sistemasi boshlarida platformalar butunlay qurib qolgan, hatto ayrim geosinklinallarda ham dengizlar chekina borib, laguna yotqizikdari toʻplana boshlagan. Oʻrta T.sda quruklik va dengizlarda koʻp oʻzgarishlar boʻlmagan. Yuqori Trias sistemasi da esa kuchli transgressiyalar sodir boʻlib, barcha geosinklinallar hamda platformalarning ayrim qismlarini suv bosgan. Trias sistemasi da dengiz choʻkindilari bilan birga qizil rangli kontinentap yotqiziklar (Shim. Afrika, Shimoliy Amerika, Yevropa, Avstraliya, Shim.Gʻarbiy Osiyoda) va laguna yotqiziqlari (Gʻarbiy Yevropa, Janubiy Amerika, Shimoliy Afrika, Sharkiy Grenlandiyada) kengtarkalgan. Bu davrda tektonik harakatlar nisbatan kuchsiz kechgan. Oʻrta T.sda Kavkaz shim., Yaponiya va Xitoyda tektonik xarakatlar boʻlgan. Kechki Trias sistemasida Xitoyning shim.sharqi, Dobrudja, Shimoliy Amerika, Janubiy Afrika (Kap togʻlari), Primorye, Baykalorti, Kavkazda intensiv harakatlarni kuzatish mumkin. Tinch okean atroflari (Sibir platformasi, Kordilyera, And togʻlari) boʻylab vulkanlar otilgan.

Trias sistemasida oʻsimliklardan dengiz va chuchuk suvli havzalarda turli suvoʻtlar, qumli qirgʻoqlarda daraxtsimon plaunlar, nam yerlarda paporotnik, sikadofit, paporotniksimon, kordait va ignabarglilar keng tarkalgan. Trias sistemasi oxirlaridagi oʻsimliklar mezozoy oʻsimliklariga oʻxshash boʻlgan.

Hayvonot dunyosi perm davrinikidan keskin farq qiladi. Bu davr boshlariga kelib trilobitlar, 4 nurli marjonpoliplar qirilib bitgan. Dengizlarda umurtkasizlar (yumshoq tanlilar)dan boshoyoqli mollyuskalar keng tarqalgan. Olti nurli marjonpoliplar, bulutlar, mshankalar, dengiz nilufarlari va dengiz tipratikanlari vujudga kelgan. Umurtqalilardan baliklar, amfibiyalar, reptiliyalar yashagan. Dinozavrlar, timsohlar, toshbaqa va kaltakesaklar ham Trias sistemasi uchun xos. Quyi triasda iklim issiq, sernam va quruq, yuqori triasda sernam, issiq boʻlgan.

Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekistondagi Trias sistemasi yotqiziqlari dengiz va kontinental togʻ jinslaridan iborat. Ular Pomir, Darvoz, Hisor togʻlari, Fargʻona vodiysi, Fargʻona tizmasida uchraydi. Trias sistemasi yotqizikdarida foydali qazilmalardan, asosan, toshkoʻmir, qoʻngʻir koʻmir hamda boksit, gil, tosh tuzi, temir rudasi, mis, neft va boshqa bor.




  NODES